Нима учун ҳалигача қайси йўналишга неча киши ҳужжат топширганини кўриб бўлмаяпти?
#abituriyent

Жуда кўпчилик абитуриентлар савол билан юзланиб, нима учун ҳалигача онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларни ОТМлар ва йўналишлар кесимида сонини кўриб бўлмаяпти, ахир ўтган йилларда qabul.dtm.uz сайти орқали кўрса бўлардику, дея сўрашмоқда.

ДТМ билан боғланиб, ушбу масалага ойдинлик киритишга ҳаракат қилдим. ДТМ вакилининг айтишича, ушбу сайт ҳозир тайёрланмоқда ва яқин кунларда ишга тушар экан.

Нима учун қабул жараёнларининг ярми ортда қолган бўлса ҳам, шунча пайтдан буён тизим тайёрлаб қўйилмаганидан очиғи бехабарман.

Балки бунга сабаб Давлат қабул комиссиясининг 1-баённомаси кеч тасдиқланганидир, ким билсин. Аммо ундай десак, комиссия қарори тарқатилганига ҳам 10 кун бўлди, пойдеворни олдиндан тайёрлаб қўйиб, кейин оператив тарзда базани янгилаш ҳам мумкин эди.

Ҳа, майли, нима ҳам дердик, кутиб турсангиз ишга тушиб қолар.


👉 @xushnudbek 👈

499 comments

Show 100 more comments
Ikkinchi mutaxasislik boyicha xozirgaca malumot topa olmayabmiz
Ikkinchi mutaxasisslik qachon qanday shaklda topshirish mumkin. Bu xaqda 2020-2021 yillar uchun ma'lumot topolmayabman. Kimda shu xaqda ma'lumot bor
الفرح Quvonchbek
Toshkent islom akademiyaga topshirmoqchi edim.Lekin chiqmayapti.qabuli tugab buldimi uniki
Abutur.dtm.uz orqali reg qilgan vaqtda qollej nomi xato kiritilgan bulsa qanday togirlanadi. Yoki togirlash shart emasmi?
https://t.me/magistrlar_2020 magistrga topshirmoqchi bolgan abitrenlar diqqatiga kanalga az bolila yagona kanal hamda guruh
Хушнуд ака Ассалому алайкум, факат 3 та институтни танлаб булмокда 5 та эмас нимага? Илтимос ёрдам беринг
Azizbek 😎
Ha albatta ingliz tili imtihonidan sertifikat B2 bo'lsa yaxshi biroq talim sifatini inobatga olib B1 darajani ikkinchi ya'ni 3.1 boladigan yo'nalishlarga qabul qilsa maqsadga muofiq bo'lar edi. Har holda B1 olish ham oson emas.
Qachon OTMlarni qaysi yunalishga qancha hujjat topshirilganini bilsak buladi ekan Kimda aniq ma'lumat bor
Имтхон неча соат болади 3 ми 2 ми
Ziyoda Narzullayeva
Hujjat topshirishda tolanadigan mablag bankda olinadimi hozir karantin vaqti bolsa bank bizni qishlogimizdan ancha olisdaku
Gulbaxor Muxammedova
Assalamu aleykum utgan yili tulov qilib imtixon topshirib kirolmagandim õqishga shunda bir gap eshtuvdim bir tulov qigan uch yilga utadi degan gapni shu gap rostmi .xa yana qanday qilib 5ta instutni tanlasam buladi masala 1tasi Chirchiqni maktabgacha talim yunalishi bulsa 2chisi Nizomiy kengilarini qanday topsam buladi yordam bersangiz iltimos
Gulbaxor Muxammedova
Sirtqi talim yunalishimi kechgi talim xam buladi Xushnid aka iltimos yul yuriğ kursatvoring
Sadoqat
Assalomu alekum. Bir taniwim Oliy hamwiralikka hujjat topwrolmayabdi. Buning un institutga borish shartmi
Assalomu alaykum Xushnud aka. Agar abituriyent pasportini yoʻqotib qoʻysa nima boʻladi? Roʻyhatdan oʻtgan
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar men ham oʻqishga hujjat topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish uchun saytga kirib roʻyhatdan oʻtmoqchi edim taʼlim muassasasi degan joyidan keyin hujjat seriyasini kiritmoqchi edim OʻR-A shunday edi seriyasi lekin yozsam bunday yozilmayapti shunga qanday yozsam toʻgʻri boʻladi men ORA deb kiritib qoʻydim hozir. Vaqt oz qoldi shunga yordam bering Xushnudbek yana hato qilib qoʻymaylik
Amangul Sabırova qaraqalpaq tili pàni
Assalawmu aleykum
Toshkent davlat transport universitetida maqsadli qabul uchun kvota bormi
Bor bo'lsa qaysi yo'nalishlarga
Agar maqsadli qabulni taslasam kirish test sinovlarida tasir ko'rsatadimi?
Umumiy O'zbekiston bo'yicha abiturentlar bilan bellasha olamanmi?
Assalomu aleykum. Men hujjat topshirib to'lovni ham amalga oshirdim. Shuni aniq o'tganligini shaxsiy kabinet orqali bilsa bo'larkan. Qanaqib shaxsiy kabinetimga kirib ko'rolaman shu summa o'tganligini.
Iltimos shuni tushuntirvorilar biladiganlar bo'lsa.
Show next 4 comments