Xayrli kun hurmatli ota-onalar va oʻquvchilar!

Xabaringiz boʻlsa kerak, kechadan buyon yana reklama koʻrish muammosi yuzaga keldi.

🔒 Yana Google tomonidan cheklov qoʻyildi. Bunga sabab bir necha foydalanuvchi shikoyat qilgan (spam bosgan).

Shu oʻrinda bir narsani aytgimiz keldi. Bizning ilovada boshqa ilovalar kabi majburan reklamalar chiqib kelmaydi. Faqatgina tangalarni bepul olishni xohlaganlargina reklama koʻrishlari kerak. Unda ham bolalar yoshidan chetga chiqadigan, be’mani reklamalar yoʻq. Shu holda ham shikoyat qiladiganlarni tushunib boʻlmaydi.

Reklama koʻrish yoqmasa arzimagan pulga tanga sotib oling. 1 tanga=100 soʻm, ya’ni bitta testda qatnashish 500 soʻmgina. Hozir bu pulga saqichdan boshqa narsa bermasa kerak.

Hozircha faqat tangalarni sotib olish mumkin.

6 comments

Shuncha bolalar uchun harakat qilishyapti. Khiso maktabi mutasaddilariga mingdan- ming rahmat. Lekin tushunmaydigan bazi insonlar nega vaziyatni bu holgacha olib kelishyapti, hayronmiz. Yoqmasa reklama pulga olinglar shikoyat qilmasdan. Shikoyat qilgudek narsani o'zi yo'q- da🤦‍♀️
Sarvinoz
Эссиз фарзандларим яна тест ишлашга кийналишарканда,Шолини ичида курмаги булгандек,хар хил фикрлайдиган инсонлар борда,ташкилотчилардан илтимос Реклама оркали танга олишни яна йулга куйинглар ,купчиликни балл олиши кийинлашиб.колади сизлар шу оркали болажонларимизни билимини чархлаб ,янада кучлироқ булишига сабаб буляпсизлар
Sarvinoz
Бошлаган хайрли ишларингни давом эттиринглар ,биз ота оналар сизлардан хурсандмиз
Hayot Salayevna Urazbayeva
Афсус, бу муаммони деб канча билимлилар катнаша олмасликлари мумкин.
Ташкилотчиларга рахмат, фарзандларимиз таътилда хам бекор колишмаяпти.
🌙🌙🌙
30kundan oshdiku hali ham tanga olib bulmayapdi. Nega?
Gulhayo
Men ham Tanga ololmayapman biladiganlar bólsa yordam bervoringlar