Xayrli kun hurmatli ota-onalar va oʻquvchilar!Xabaringiz boʻlsa kerak, kechadan buyon yana reklama koʻrish muammosi yuzaga keldi.
🔒 Yana
Google tomonidan
cheklov qoʻyildi. Bunga sabab bir necha foydalanuvchi shikoyat qilgan (spam bosgan).
Shu oʻrinda bir narsani aytgimiz keldi. Bizning ilovada boshqa ilovalar kabi majburan reklamalar chiqib kelmaydi. Faqatgina tangalarni bepul olishni xohlaganlargina reklama koʻrishlari kerak. Unda ham bolalar yoshidan chetga chiqadigan, be’mani reklamalar yoʻq. Shu holda ham shikoyat qiladiganlarni tushunib boʻlmaydi.
Reklama koʻrish yoqmasa arzimagan pulga tanga sotib oling. 1 tanga=100 soʻm, ya’ni bitta testda qatnashish 500 soʻmgina. Hozir bu pulga saqichdan boshqa narsa bermasa kerak. Hozircha faqat tangalarni sotib olish mumkin.
Ташкилотчиларга рахмат, фарзандларимиз таътилда хам бекор колишмаяпти.