Umrim davomida 2 bor JUMA kunini o'zgacha intiqlik bilan kutganman. Biri, Sarvari olam Habibimizning muqaddas masjidlarida JUMA namozini o'qish. O'sha payt nimalarni his qilganman, tarifga so'z ojiz.
Ammo men uchun undan ham muhimroq bo'lgan JUMA bugun edi. Bu qanday JUMA bo'ldiki, xatto Masjidul Nabaviydagi JUMA namozidan ham afzal ko'rsam?
Bugun, ikki o'quvchim ilk bor, JUMA ga chiqishdi, aniqrog'i bu ularning ILK NAMOZLARI, Allohga qilgan ILK SAJDALARINI ado etishdi. Allohning azaliy va abadiy ekanliginu rad qilishdan qaytib, unga iymon keltirgan ILK KUNLARI edi.
Muqaddas OYning Muqaddas kunida. Qanday go'zal muqaddima...
To'g'risi ,anchadan beri ko'zimga yosh kelmagan edi, ammo bugun...
Alloh iymonlarini o'z dargohida qabul qilsin, o'zi ushbu yo'lda ularni sobitqadam qilsin, xalqqa, ummatga foyda tegadigan mo'minlardan bo'lishsin.
P.s. Dars jarayonida shogirtlarimga odatda faqat dars o'tmayman, mavzuga oid qiziq ma'lumotlar, hayotiy muhim prinsiplar, latifalar, ibratli hikoyalar, muhim tarixiy voqealar va samimiy maslahatlar berib borishga harakat qilaman.
Dars tugagach ikkisi yonimga kelib; "Sizni hurmat qilamiz, bizga yomonlikni ravo ko'rmasligingizni ham bilamiz, sizga havas qilamiz, shuning uchun biz shu qarorga keldik" - , deb aytib qolishdi. Rosti, o'zimni boshqacha his qildim.
Hali ham shu eyfariyadaman....
Sizlarga ham ilindim.
"Diningizni gapirmang, diningizni ko'rsating" shiorining naqadar muhim ekanligini yanada ko'proq his eta boshladim...
Men ham har doim havas qilaman kamtarligingizga va sokin inson ekanlingizga menda yana bitta ustozim bor edi fizikaga tayyorlanib yurgan paytlarim Sherzod Ismoilov u inson ham siz kabi hayotda kerak boʻladigan narsalarni oʻrgatishga harakat qilardi men 1yildan beri sizni kuzatish davomida sizdagi fazilatlarni oʻzlashtirayapman raxmat hammasi uchun ustoz