‼️Халқ таълими вазирлиги битирувчилар ва уларнинг ота-оналари билан ОТМларга киришга тайёргарлик масалалари бўйича очиқ мулоқот ташкил этади

Очиқ мулоқот бугун соат 11:00 да ХТВнинг Facebook ижтимоий тармоғидаги расмий саҳифаси орқали ўтказилади.

👉 https://www.facebook.com/uzedu

Мулоқот давомида мактаб битирувчилари ва уларнинг ота-оналари учун:

✅олий таълим муассасаларига ҳужжат топшириш;
✅йўналишларни тўғри танлаш;
✅тест синовларига тайёргарлик кўриш масалалари бўйича тавсиялар берилади.

🔹Шунингдек, олий таълим муассасаларига ўқишга кириш билан боғлиқ саволларга Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Давлат тест маркази экспертларидан ҳам жавоб олиш имкони бўлади.

🔹 Бундан ташқари битирувчилар нодавлат ўқув марказларининг энг тажрибали мутахасисларидан (репетитор) тест синовларига тайёргарлик кўриш бўйича маслаҳатлар олиши мумкин.

‼️Саволларни очиқ мулоқот ташкил этилаётган вақт давомида изоҳларда қолдириш мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

133 comments

Show 54 more comments
9032221133
5 ta fan bo'lishi. Bu O'zbekistonning rivojlantirishini kuchaytiradi. Ona tili o'qituvchisi Matematikani bilishi kerak.
Abituriyentlar uchun qiyindir, lekin Xalqni rivojlantiradi. Bilimini oshiradi. Boshqa davlatlarda 10 tagacha fandan imtihon bo'ladi.
Masalani yaxshi tomonini ham o'ylash kerak.

5 ta fan bo'lishini qo'llab quvvatlayman.
🐰 Yasmina🐰
Assalom u alaykum! Bu yil imtihon uchun muhokamalarga sabab bo'layotgan 5 blokli test aniq tasdiqlanganmi?
Shuningdek mazkur yilda oliy talim muassalariga imtihon topshirish hududi cheklanmagamlik haqida gi fikr to'g'rimi yoki avvalgidek 5 ta joyga topshirish mumkinmi????
N🕊
Otmga kiriw haqida telegram kanallarda har hil gaplar bolyapti bu yil 2yoki 5 blok boliwi korib chiqilyapti ,institutlarga kiriw cheksiz diyiwyapti lekin bu gaplar qanchalik toĝri ekanligini bilib bolmayapti
SHoirahon SHokirova
Xushnudbek.uz da 11-mart kuni malumotlar berishgan. Yozayotgan savollaringga ham javob bor.
yana imtihonlar karantin qoidasiga roya qiladimi
Bu yil birdan 5 ta fan boliwi abiturenlarga og'irlik qiladi wuni etabma etab kopaytirib boriwsa yaxwi bolardi masalan buyil 3 ta kelasi yil 4 ta keyin 5 ta. Mayli abiturentlaga omad
YOSH HARBIY JURNALIST
Assalomu alaykum hammaga bu yil harbiy jurnalistlarda amaliy bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi
Shovkat Iskandarov
хамма нарсани бошка давлатга такаслайсизлар лекин бошка давлатда кантрак пули биздан орзон укаетган талабага шароит яхши биздачи кантрак пули кимат оиликларга караганда
@Safiya@
Assalomu alaykum bu yil ham jurnalistika insitutining ijodiy imtihonlari bekor qilindimi???
N🕊
Telegramlarda tarqalyotgan har hil habarlar abiturientlarni ikkilantiryapti hozi mana 2blok boliwi korib chiqilyapti diyilgandan keyin kop abiturientlar 2blok boliwi mumkun ekan dip majburiy fanlarni hali bowlamagan abiturientlar bowlamay turimikan diyiwyapti hammaniyam 5ta fanga repititorga qatnawga waroiti kotarmidi
Sentyabrdan buyon 5 blokka tayyorlanayotganlar ahmoq ekan, agar 2 blok bòlsa. Yaxshihamki sentyabrda 5 blokdan bòladi deb òzlari aytgan ekan
Majburiy fandan ishlash u.n aynan repititor borishi shart emas. Maktabda yaxshi òqisa yetadi
Assalomu alaykum. Shu yil meni qizim ham abiturent. Bu yilgi test sinovlarida ham savollar o'tgan yilgidek soddalashtirilganmi. Biz savollar maktab programmasidan berilishini xohlardik. Javob uchun oldindan raxmat
Aziza
Abiturentlarga 5 ta blok og'irlik qiladi 3 ta blokdan imtihoni ozi ham yetarli edi. Yana 5 ta blokdan repititorga borishga ham qurbi yetmaydiganlar bor. Abiturentni ovqatlanishini aytmasa ham boladi. Sarf harajati kopaygan ovqatlanishidan tejaydi. Ayni o'sayotgan vaqtda . 😔
هلالة
Assalomu alaykum.Majburiy fanlar bo‘lgan taqdirda ham osonlashtirilsa yaxshi edi.Chunki hamma ham 5ta fanini birdaniga olib keta olmaydi.DTM dan shuni kutib qolamiz.
Hammma abituriyentlarga omad
Show next 58 comments