‼️Халқ таълими вазирлиги битирувчилар ва уларнинг ота-оналари билан ОТМларга киришга тайёргарлик масалалари бўйича очиқ мулоқот ташкил этади

Очиқ мулоқот бугун соат 11:00 да ХТВнинг Facebook ижтимоий тармоғидаги расмий саҳифаси орқали ўтказилади.

👉 https://www.facebook.com/uzedu

Мулоқот давомида мактаб битирувчилари ва уларнинг ота-оналари учун:

✅олий таълим муассасаларига ҳужжат топшириш;
✅йўналишларни тўғри танлаш;
✅тест синовларига тайёргарлик кўриш масалалари бўйича тавсиялар берилади.

🔹Шунингдек, олий таълим муассасаларига ўқишга кириш билан боғлиқ саволларга Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Давлат тест маркази экспертларидан ҳам жавоб олиш имкони бўлади.

🔹 Бундан ташқари битирувчилар нодавлат ўқув марказларининг энг тажрибали мутахасисларидан (репетитор) тест синовларига тайёргарлик кўриш бўйича маслаҳатлар олиши мумкин.

‼️Саволларни очиқ мулоқот ташкил этилаётган вақт давомида изоҳларда қолдириш мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

133 comments

Show 68 more comments
Sentyabrdan buyon 5 blokka tayyorlanayotganlar ahmoq ekan, agar 2 blok bòlsa. Yaxshihamki sentyabrda 5 blokdan bòladi deb òzlari aytgan ekan
Majburiy fandan ishlash u.n aynan repititor borishi shart emas. Maktabda yaxshi òqisa yetadi
Assalomu alaykum. Shu yil meni qizim ham abiturent. Bu yilgi test sinovlarida ham savollar o'tgan yilgidek soddalashtirilganmi. Biz savollar maktab programmasidan berilishini xohlardik. Javob uchun oldindan raxmat
Aziza
Abiturentlarga 5 ta blok og'irlik qiladi 3 ta blokdan imtihoni ozi ham yetarli edi. Yana 5 ta blokdan repititorga borishga ham qurbi yetmaydiganlar bor. Abiturentni ovqatlanishini aytmasa ham boladi. Sarf harajati kopaygan ovqatlanishidan tejaydi. Ayni o'sayotgan vaqtda . 😔
هلالة
Assalomu alaykum.Majburiy fanlar bo‘lgan taqdirda ham osonlashtirilsa yaxshi edi.Chunki hamma ham 5ta fanini birdaniga olib keta olmaydi.DTM dan shuni kutib qolamiz.
Hammma abituriyentlarga omad
HA TO‘G‘RI O‘ZI 2TA BLOK HAM YETARLI,3-SINI EPLASH BIROZ QIYINLIK QILADI
🌺🌹🌹🌺
2ииккита блок болса ота оналарга хам хам анча енгиллик болар еди бешта блок болиши реп пулиям шу пандимея пайтида хаммагаям осон емас мани фикрим
LKhMS
Ассалому Алейкум,рус тили фанидан сертификат олдим,бу биринчи блок (рус тили) учун кандай имтиёзга эга
Eng qizigʻi bugun ochiq muloqot boʻladi va oʻzi bittagina savol qolgan test boʻyicha. 2ta fanmi yoki 5ta degan savolga bu hali aniq emas degan javob olinadi. Aniq.
majburiy fanlarni testga kiritish g'irt axmoqgarchilik deb o'ylayman . Bu narsani umuman foydasi yo'q. Baribir ko'pchilik bu fanlarga tayyorlanishga qurbi yetmaydi.Kim shu fikrga qo'shiladi .
.
Hech nima aniq boʻlmaydi DTM daholari masʼuliyat bilan ishlagan kuni balkim kelar necha yuz ming yildan kndira
Assalomu alaykum. Facebook ka kirdim, пойду deganni boadim. Qatnasha olamanmi? Boahlansa nimani bosib kiraman? Shu haqida ma'lumot beringlar
Rosa ham kutyapman. Rostan ham savollarimizga javob berishadimi? Savollarimiz qolib ketmaydimi? Juda muhim savollarim bor
°•°•°•°•°•°•°•°•°•°•°
Assalomu aleykum men Moskva sinergiya universitetida óqiyman hozirda 1 kurs talabasiman õqishni kõchirish uchun Moskvaga borib kelish kerak lekin karantin sababli hozirda bora olmayman lekin agarda Moskvaga bormasak bizni Ôzbekistonda kõchirishmaydi yani distonsiyonniy hisoblanadi men õqiahimni qanday qilib perevod qilsam boʻladi iltimos ozgina tushuntirib yuborsaiz
Fikrimcha kupchilk majburiy blokdan tayyorlanmayapti, faqat asosiy blokni o'qishyapti. Majburiy blok sodda savollardan bulsa, maktabda yaxshi o'qish kifoya qiladi. Kim yaxshi o'zlashtirganbulsa yuqori natija kursatadi. Bilimli abituriyent 5 ta fan buladimi, 3 ta fanmi, har qanday vaziyatda ham o'zini kursata oladi. Kim munosib, bilimli bulsa o'qisin. Lekin keyingi paytlarda bilimi yuq, lekin puli borlar o'qiyapti 100 mln kab davlatga tulab. Yil davomida mehnat qilgan, lekin ozgina ball farq bilan yiqilgan abituriyent agar puli yuq bulsa o'qiyolmayapti. Ota-onasini puliga o'qishga kirganlarni kurib, qani adolat degim keladi. Tug'ri, ular budjetga pul tushum qilishgandir. Lekin bilimli abituriyent larni tanlab olishda bizda hali kamchiliklar bor, yo'q emas. Nega boyni bolasi o'qishi kerak? 56 ball bu juda past natija. 56 dan yuqori to'plab, davlatga pul to'lasa, o'qiyverish bu menimcha, adolatsizlik.Davlat test markazimi, kim nazorat qiladi buni? Uchrashuvda shu masalaga oydinlik kiritilsa yaxshi bulardi.
Show next 44 comments