Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
Jahongir Zayniddinov
ENDI NMA QILISH KERAK UNIVERSITETNING WEB SAHIFASIDAGI ROYHATTDA CHIQQANDAN KEYIN
Asalomu aleykum boshqa viloyatdan oʻzini viloyati ga perevod bolganlar oʻzini yoʻnalishiga turdosh boʻlgan yoʻnalishga oʻtgan boʻlsa tabaqalashtirgan kantrak toʻlaydimi shu savolga iltimos javob bersangiz
Diqqat!
Kimni perevod bo'yicha savoli bo'lsa @negativkauz telegram kanaliga a'zo bo'lib, keyin meni lichkamga yozsin javob beriladi. Lichka @rustamrustamovich
🌼🍂
Men Jizzaxdanman O'zMUga perevod qildim sababi yashash joyim o'sha yoqda doimiysi Jizzax men tabaqalashtrilgan kantrak tolaymanmi biladiganlar aytvoringizlar
Xamidova Xamidova
Imtiyozim bor grand bulib utamanmi ichki pervodda hali endi 1kursman
Malika
Jama
Noturdoshga sababsiz perevod qilsa superkantrrakt
Rostan shunaqami hoz osha rad etilmadimi
Jahon tillari perevodchilari haqida malumot bering
З Рузиевна 🌺💐
Ассалому алайкум. Хушнудбек ОТМ ларда укишни онлайн килиш иложи борми албатта сабаби булса
ABDURAHMONOV XUDOBERDI
Ichki perivodlarni jovobi qachon chiqadi
Xo'jamberdiyev Ro'zimuhammad
Assalomu alaykum janob Xushnudbek Toshkent davlat yuridika universitetini magistratura bo'yicha mandatni qachon e'lon qilishadi.Na Yuridikaga na DTM ga tel qilib tushib bo'lmadi.Shu masalaga yordam bering
Nazarov Tohir
Horijiy perivodlarni qachon oʻqishga chaqirishadi.iltimos javob bering kanalda.Hamma kutyapti
꧁𝑵𝒂𝒔𝒊𝒃𝒂 𝑯𝒐𝒔𝒉𝒊𝒎𝒐𝒗𝒂꧂
Nimaga Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki perevod javobi chiqmayapti. Iltimos Xushnudbek bilib bering
Assalom alaykum òqishimni sirtqi qilishga ariza yozgandim javobi chiqmayapti qayerdan javobini bilsam bóladi
Assalomu alaykum.
Kunduzgidan kechgiga perevod qilsa bo'ladimi
Мадина
Qachongacha bunaqa boladi nega aniq javob yoq ozi wuncha kutkanimiz yetar edi tofon gapi sabrr aniq javob yoq
Bahrom
Assalomu Aleykum.
Sizga Xorijda tibbiyot sohasida taxsil olayotgan talabalar va shaxsan ozim nomimdan yozayabman. Bu yil Xorijdan Oqishni kochirish DTM ga o'tdi. Ammo negadir Imtihonlarda haqqaqoniylik bo'lmadi, sabab: barcha viloyatga bir xil tipdagi va bir xil variantli testlar tushdi, va barchasi yangi testlar.
Vaholanki DTM rahbari Majid Karimov bir intervyusida O'tgan yilgi testlarni tushiramiz degan edi, ammo bu narsa bolmadi.
Aksincha bo'ldi. Bizni murojaatimizni mazmuni shuki, Tibbiyot sohasini ham o'tgan yilgidek 56.7 dan yuqori 100 balldan past ball olganlarni ham qabul qilishingizni soraymiz. Biz yoshlarning o'tgan yilgi talabalardan nima kamimiz bor? Qo'shni davlatda o'qiyitganlarni o'tgan yili imtihonsiz perevod qildi. Biz imtihon topshirdik bu yil, bizga ham shu yo'lni berishsin. oldingi yillarda viloyatlarga otish balli past bolgan, lekin bu yil barchasi baland. Men ozim bu yil perevod imtixonidan 94,2 ball topladim, viloyatlarga iloji bolsa kochirishingizni soragan bolardim.
Tabaqalashtirilgan-kontrakt masalasini ni xam boshqattan korib chiqishlaringizni xoxlardik, nega deganda, masalan  oddiy oqituvchi farzandiga bu nixoyat katta mablagni yigib berishi juda qiyin. Xozirgi sharoit va pandemiya sababli mening arizamni toliq korib chiqing!
Bu yil yoshlar yili, qolaversa hozirgi taxlikali davrda biz o'z yurtimizda bilim olishni hohlaymiz. Bizni qo'llab-quvvatlashlarini talab qilimiz Prezidentimizdan. Shu murojaatimizni ko'tarib chiqing Iltimos!
Show next 100 comments