Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
Bekzodbek Davronov Mirzohidovich
Nega perevod qilinganlik haqida malumot chiqmayabdi unversitet saytiga
Qog'ozda internet sohalarimiz tez ishlaydi amalda esa mana ko'rib turubsiz sabr qilamiz endi
𝓩𝓪𝔂𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷
Pervod javoblari chiqdi men ruyhatida bor ekanman endi qayirga murojaat qilaman kim bilsa aytib yuborsagiz oldindan rahmat
Rahmat Xushnud aka bu malumotingiz uchun
💫gulimakhmanazarova
Nega ichki perevoddan daral yuuuqqqq
𖣐࿇̱̱̱̱sardor࿇𖣐😈BEK👿
Nimaga bular adolatsizlik qilib ikki xil gapiryapti. Axir boshida OTMni ichida turdosh yonalish bolsa ham uzurli sabab bolmaydi degandiku endi bishqacha gapiryapti . Ey xudo tezro oqishni bitirib UZBdan ketay,😭😭😭😭
E super kontrak narxlari chiqdimi kim biladi
Egamberdiyeva Gózaloy Zohidjon qizi
Assalomalekum,supper kantraktni tólawda oilali ayollarga ligota bormi
Maftuna Ravshanbekovna
Nega endi unaqa boladi perevod ariza topwirmay oldin super kontrakt qiladi deyiwdi yonaliw ozgartiriw uchun ariza topwirmadik endi hamma narsa hal bolay deganda qarorlaridan ham fikrlaridan ham toniwyaptimi
💫gulimakhmanazarova
Menda ham wu
Chunki biz Axbarot tizimida 6 chida chiqdi
Assalamu alaykum, hurmatli admin.
Jiyanim Jahon tillari universitetining yapon filologiyasi yönalishidan ingliz filologiyasi yönalishiga ariza topshirgandi. Noma'lum sabablatga köra ish töxtab turipti. Shunday perevodlar bepul böladimi? Super-kontrakt bölmasligini tushundik.
1-Kurslar 1-semestirdan keyin perevot olsa boladimi
Xushnudbek aka Nimaga unda Toshqulov supper kantrakt dedi. Biz supper kantrakt bo'ladi deb perevod qilmadik singlimni. Endi ikkalamizga bitta yotoqxonadan joy bermayapti. Bo'lmasa ikkalamizam TerDuda o'qiymiz faqat aybimiz bittamiz Universitetiga bittamiz pedagogika institutida kirganimiz. Ikki kundan beri arzon kvartira qidirib sarsonmiz. Qimmat kvartirada tursam IELTSga qatnashga pul topolmayman. Hamma orzularimga nuqta qo'yiladi. Bu qanday siyosat o'zi bilim ol deysizlar ammo sharoit yo'q. Meniyam chet ellarga chiqib o'qigim kelgandi. O'zbekistonga o'qishga kirganim uchun ming ming pushaymonman😥😥😥😥
Maftuna Ravshanbekovna
Nega wuni avvalroq aytilmadi
Noturdosh fanga olsa buladimi uzini hududiga
Xushnudbek aka nima uchun oliy malumotli hamshiralarning magisturasi yopildi o‘qishimni davom ettirishim uchun ikkinchi mutaxassislikga topshirmoqchi edim bu borada arizam qabul qilinmadi iltimos shu masalada yordam bersangiz bizlarga ham keng imkoniyatlar beriladimi...
Show next 100 comments