Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
💫gulimakhmanazarova
Menda ham wu
Chunki biz Axbarot tizimida 6 chida chiqdi
Assalamu alaykum, hurmatli admin.
Jiyanim Jahon tillari universitetining yapon filologiyasi yönalishidan ingliz filologiyasi yönalishiga ariza topshirgandi. Noma'lum sabablatga köra ish töxtab turipti. Shunday perevodlar bepul böladimi? Super-kontrakt bölmasligini tushundik.
1-Kurslar 1-semestirdan keyin perevot olsa boladimi
Xushnudbek aka Nimaga unda Toshqulov supper kantrakt dedi. Biz supper kantrakt bo'ladi deb perevod qilmadik singlimni. Endi ikkalamizga bitta yotoqxonadan joy bermayapti. Bo'lmasa ikkalamizam TerDuda o'qiymiz faqat aybimiz bittamiz Universitetiga bittamiz pedagogika institutida kirganimiz. Ikki kundan beri arzon kvartira qidirib sarsonmiz. Qimmat kvartirada tursam IELTSga qatnashga pul topolmayman. Hamma orzularimga nuqta qo'yiladi. Bu qanday siyosat o'zi bilim ol deysizlar ammo sharoit yo'q. Meniyam chet ellarga chiqib o'qigim kelgandi. O'zbekistonga o'qishga kirganim uchun ming ming pushaymonman😥😥😥😥
Maftuna Ravshanbekovna
Nega wuni avvalroq aytilmadi
Noturdosh fanga olsa buladimi uzini hududiga
Xushnudbek aka nima uchun oliy malumotli hamshiralarning magisturasi yopildi o‘qishimni davom ettirishim uchun ikkinchi mutaxassislikga topshirmoqchi edim bu borada arizam qabul qilinmadi iltimos shu masalada yordam bersangiz bizlarga ham keng imkoniyatlar beriladimi...
Super kontrak narxlari chiqdimi
Урганч Давлат университети Давлат комиссияси Ички переводларга рухсат бермабди, ариза берган барча талабаларнинг аризалари каноатлантирилмабди.
15 chidan keyin chiqar ekan
O'qishga kirgan hududning uzoqligi uzuzrli sabab bo'ladimi ? Masalan Toshkentdan Andijondagi institutga ketsa
Kechagi gapilar bugungi gapilarga tog'ri kelmayabti nima endi bu tizim qani talim hamma narsani ohirida bilamiz noturdoshga yozganlar pulini tolemiz feganlar qolurafimi endi silar ahmoqsilar tepada otrib olib hohlagan gapilarfi gapiraslar hohlagan yonalishinga kochir pulini tola didilar hop dedik endi bunaqasiga otib oldilarmi shumi ta'alim shumi tizim hamma narsani ohiri bilamiz hohlagan gapilardi gapiraslar ariz ayozyatganimizda minimal miqdori deb katta qilib chiqarib qoydilar endi qonunga ozgartirish kiritildi diyabsilar hohlagan paytilarda ozgartirselar qani adolat qonun oyinchoq emas buyoda odamlarfi taqdiri hal bolyabti
Super kontrak qachon chiqadi narxlari
Turdow yonalwdan pr qlsaci uni tartbi qanaqa bolad
Assalom aleykum Xushnudbek aka. 1 muhim savolim bor edi. Yuridik sirtqini 1 kursdan kunduzgiga o'tkazish iloji bormi? Agar iloji bo'lsa qaysi organga murojaat qilishim kerak? Iltimos aka shu haqida ham kanalizda ma'lumot bering. Agar biladiganlar bo'lsa aytib yuboringlar iltimos!!!
Alo biladigonla bomi
SUXROB MUZAFFAROV
Assalom Xushnud aka Meni Ayolim homlador OTM ni ichida Perivod olganman turdosh yunalishga
Sabab Homladorligi va Òzi Òqib turgan yunalishida sirtqi ta'lim yuqligi sababli
Turdoshiga perivoq qilganman
Shu sababga òta oladimi endi
Iltimossss Javob bersanggiz ..
Show next 100 comments