Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
Muslima
Assalomu alaykum uzrli yoki uzrsiz sababga kòra perevod bòlganimizni qayerdan bilamiz va biz perevod bolgan OTM larga qachondan borishimiz kerak
Madina
Базавий Контракт канча
Assalomu alaykum, men filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishida grant oʻqiyman, shu fakultetni ingliz tilisiga perevot qilsam ham grantda qolamanmi, yoki kontrakt boʻladimi?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka bizda ijara shartnoma asosida oilaviy Toshkentda yashaymiz shu ham sabab boʻlolmaydi
😑😒😦
Assalom alaykum Xushnudbek tashqi perevod javobi qachon chiqadi, qanaqadir ózgarish bólishi ham mumkinmi
یا الله......
Assalomu aleykum Xushnudbek aka 1 ta OTM ichida qanday uzrli sabablar bòlishi mumkin shu haqida ma'lumot bering iltimos ,javob uchun rahmat
☆☆Shahnoza☆☆
Assalomu alaykum men ichki perevodga ariza bergandim . Arizamni qabul qilishdi va tabaqalashtirilgan super kontrakt toʻlashimni aytishdi .Bu toʻgʻrimi Qayerga murojaat qilishim kerak.
Raximov G‘ayrat Xudoyqulovich
Perevodga tafsiya etilganlar royhatidan ism familyam chiqdi men nima qilishim kerak
У́ктамжонов
Ўқишни кўчиришга рухсат етилган талабалар супер тўлайдими йоки йоқми
Raximov G‘ayrat Xudoyqulovich
Kantrakt haqida hech nima deyipmadi unversitet tomonidan
Sirtqidan kunduzgiga perevod qilgandim hali atvit kelmadi uzi perevod qilsa buladimi
Farhod
Assalomu alaykum Xushnudbek Diplomlarni nosertifikatsiya qilish tartibi haqida ma'lumot bersangiz .Masalan Tojikistondagi Xo'jand DU 5 yil sirtqi ta'limda o'qib qaytsam diplom O'zbekistonda tan olinadimi ?
☁️
Shunda Toshkentdagi bitta OTM dan boshqa OTM ga oqishni ķõchirsa super bomoydi togrimi
Umuman ģaliz gapirilyapti hamma yerda. Ichki perevod deyilganda faqat yuqoridagi 2tagina holat qabul qilinsa,tashqi perevod deganda xorijdan davlatga qilingan perevod tushunilsa qolgan holatlar nima qilamiz. Boshqa viloyatdan òzi yashagan hududga perevod qilmoqchi bòlganlarchi ular nima qiladi. Asosiy sababi bòla turib ham super tòlab perevod qilaveradimi yoki bu haqda hech qayerda gapirilmagan, ochiq qoldirib ketilgan. Aslini olganda asosiy sabab perevodchilar shu emasmi??.
Asadbek Axmadov
Assalomu alaykum tashqi pervod haqida yangiliklar yuqmi
Assalomu Aleykum Men grantga kirdim Perevod qilsam Kontrakt bolb otadimi
Show next 100 comments