Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
Asadbek Axmadov
Assalomu alaykum tashqi pervod haqida yangiliklar yuqmi
Assalomu Aleykum Men grantga kirdim Perevod qilsam Kontrakt bolb otadimi
Tashqi perevod qande buladi
Madina
Илтимос Базавий кантракт хакида малумот беринг
ichki perevodla qachon chiqadi
laylo rustamjonova
Assalomu alaykum xorijdan oʻqishni koʻchiruvchilar uchun super kontrakt narxlari qachon e'lon qilinadi.Shu haqida ham ma'lumot bersangiz
Assalomu alaykum bitta OTM ichida bir yo'nalishdan boshqa noturdosh yo'nalishga super kontrakt to'lamay o'tsa bo'ladi shunaqami?
Asadbek Axmadov
Tashqi pervodga uzurli sababi bulsa inobatga olinadimi masalan yosh bolali bulsa
Assalomu Alaykum Xushnudbek. Men O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida o'qiyman. Yo'nalishim - Xorijiy til va Adabiyoti ingliz tili va men Xuddi shu(O'zDJTU) universitetiga Filologiya va tillarni o'qitish Ingliz tili ga ariza topshirdim. Arizam komissiyadan o'tdi. Lekin Universitet super kontraktga o'tasan yoki o'z yo'nalishingda qolasan deyishdi.
Bu qanchalik to'g'ri???
Fayozbek
🌸🌸🌸
Sirtqidan kunduzgiga perevod qilgandim hali atvit kelmadi uzi perevod qilsa buladimi
ha sizdayam jovob chiqmadimi men kunduzgida sirtqiga qigandi arizadagi status degan joyda nma diyilgan sizda
Gulhayo
Assalomu alaykum shuni ertachiroq bilmabman😔😔bizni zamdekanimiz super toʻlaysan ,agar toʻlolmasang hozirgi oʻqishindan ham ketishing mumkin dedi toʻgʻri tushuntirmadi afsuski shunaqa insofsiz odamlar ham bor
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yanvar oyida yana shu perevod boʻlsa hech qanday uzurli sababim yoʻq hozirda 2 kursman perevod qilsam boʻladimi oʻsha institut ichida faqat yoʻnalishimni oʻzgartiraman super kontrakt toʻlaymanmi oʻshanda ham bu tartib amal qiladimi
Madina
Jamshidbek Erkinov
ichki perevodla qachon chiqadi
Бир ОТМ ичида перевод килганла Базавий Контракт туланади дейилган
institutni ichidagi perevodla natijasi qachon chiqadi
Gulhayo
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ichki perevod meniki tavsiya etildi turipti nima bo'laxi
👩‍🍳👩‍🍳Avitsenna angel👩‍🍳👩‍🍳
Assalomu aleykum bitta OTM ichida mos. Va turdosh yònalishga òqishni kòchirishda ariza natijalari qachon e'lon qilinadi va uzrli sabab mavjud bòlmasa super kontrakt asosida qabul qilinadi shunaqami? Buni faqat shahsiy kabinetdan kòriladimi shunaqami?javob uchun oldindan rahmat
Xudjageldiyeva Zulfiya
XUSHNUD AKA PEREVODNING APILATSIYA JARAYONINI KUZATING HAMMA UYIN QILADIGANLAR SHU YERDA BULADI
Shaxsiy kabinetda davlat komissiyasiga taqdim etildi degani nima degani o'zi
Show next 100 comments