Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди
Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:
1)
битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2)
битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.
Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли
қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли
қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.
❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:
1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.
ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.
Тўлиқ суҳбат:
t.me/xushnudbek/11184👉 @xushnudbek 👈
Iltimos menga DIQQAT qilsangiz.
Men 1-kursda maktabgacha ta‘limda o‘qidim va shu yo‘nalishdan difektalogiyaga perivod qlmoqchi bo‘ldim. Lekin turdosh emas edi . Boshlang‘ich ta‘limga turdosh edi o‘tgan yili. Mana shu sabab boshlang‘ichga perivod qildm ya‘ni kelasi yil boshlang‘ichdan difektalogoyaga perivod qilish maqsadida . 2-kursda boshlang‘ichda o‘qidim. Va holanki bu yil ariza topshirdm difektalogiyaga. Lekin yana ketmonim uchmadi . Perivod bo‘lgan talabalar ro‘yxatida chiqmadim. To‘g‘risini aytsam men umuman boshlang‘ich va maktabgacha sohasiga qiziqmayman. 2019-yil 3ta yo‘nalishga topshirish imkoni bor edi. Men 1-yo‘nalishimga majbur bo‘lb qolganmdan maktabgacha deb yozb quygan edim. Lekin oxirgi 2tasiga difektalogiya deb yozgandm. Maktabgachaga ham difektalogiyaga ham kirdim o‘qishga . Ammo 1-maktabgacha bo‘lganligi sababli ana shu yo‘nalishda o‘qidm. Mana shu sabab o‘zim istagan va turdosh bo‘lgan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgandim. Men sarson bo‘lb qoldm. Sizlardan iltimos yana bir marta qayta ayrim perivod qilinmagan talabarni ko‘rib chiqsangiz. Axir odamzod o‘zi hohlagan istagan ishda ishlasa yoki o‘qisa ana o‘shandagina natija kutsh mumkinku. Bo‘ynidan boyloqli it ovga yaramaydi deyishadi. Iltimos yana qayta ko‘rib chiqinglar ketmoni uchmagan talabalar ro‘yxatini🥺🙏