Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
Перевод бошка худудга ёки турдош булмаганга килинса супер контракт тулайсан дейишди,турдош булса бошка худудга мумкин экан ОДДИЙ контракт билан
Maktabgacha talim yonaliwini sirtqisi necha yil bopqoganini bilmiszlarmi
Битта савол: оилада 3 киши контрактда укийди,Бир карор бор Эди учта контрактга укийдиганлар биттаси контракти коплаб берилади деган каерга мурожаат килиш керак,олдиндан размат
Sen ollohdan so'ra ortig'i bn beradi.😘😘
Husnida
Maktabgacha talim yonaliwini sirtqisi necha yil bopqoganini bilmiszlarmi
5yil oshniyda 3yil shu yonalishda ozim oqiyman sirtqida
Битта савол: оилада 3 киши контрактда укийди,Бир карор бор Эди учта контрактга укийдиганлар биттаси контракти коплаб берилади деган каерга мурожаат килиш керак,олдиндан размат
Битта савол: оилада 3 киши контрактда укийди,Бир карор бор Эди учта контрактга укийдиганлар биттаси контракти коплаб берилади деган каерга мурожаат килиш керак,олдиндан размат
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka sizdan iltimos yana bir masalada ma'lumot bersangiz. Oilamizda 2 ta akam kontrakt asosida o‘qiydi. Bu yil men ham kontraktga o‘qishga kirdim. Ota-onamni esa meni ham kontrakt asossida o‘1itishga imkoniyati yetmaydi. Menga davlat tomonidan qanaqadir yordam berilmaydimi, shu masalalarda yordam bering iltimos!!
Agar sirtqidan kunduzgi talimga utkazmoqci bulsak ham wu qaror asosida buladimi oddiy kontrakt bn buladimi bitta OTM icida
@leylenurim🦋
Assalomu aleykum agar biz sirtqidan kunduzgi talimga utkazmoqchi boldak shu qaror asaosida oddiy kantrakt asosida buladim shunda
☆ يٌلدَش ☆
Assalomu alaykum savolim ichki perevod masalasida hozir men ariza tashlaganman meni ro‘yxatim na ko‘chirgan oliy ta‘lim veb saytida chiqqan ro‘yxatida bor na bir shaxsiy kabinetga javob kelgan iltimos mana shu savolga izoh bersangiz va yana bir bor iltimos
Bitta OTM ichida Turdosh yónalishga uzrli sababsiz perevod qilsa kontrakt qanday bóladi ?
Super yoki bazaviy kontrakt ?
Assalomu aleykum hurmatli Xushnudbek Xudayberdiyev men shu yili Navoiy davlat konchilik institutidan Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetiga (sirtqidan-sirtqiga) oʻqishimni koʻchirish uchun ariza qoldirgan edim. Haligacha Oliy taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilindi deb turbti. Universitet bilan boğlanganimda menga ichki perevod uchun ham super kontrakt qilasiz 82 million boʻladi deyishdi men oʻzim 1 million 500 ming so'm oylikda ishlayman. Maʼlumki, Prezidentimiz yoshlarni qoʻllab quvvatlashimiz kerak deb qancha jon kuydirib biz uchun qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshiryaptilar. Lekin 82 millionni qanday topamiz bu kam summa emasku bu uchun 54 oy ishlashimiz kerak umuman yeb ichib kiymasdan bu perevodni yoki faqat boylar amalga oshiradimi. Nega bunday bizni azob berishadi ! Iltimos amaliy yordam bering shu masalada.
Assalomu aleykum Nima uchun ertaroq aytmaysizlar shuni,super kantrakt deganiga kòpchilik arizayam yozmagandi,OTMning o'ziyam super kantrakt bòladi degandiyu
Ariza javovlari qachon chiqadi. Ezvordinglarku. Oliy ta'lim qanaqa masuliyatsizlar. Kecha OTMlarning web saytlarida ruyxati chiqadi degandinglar. Lekin kecha OTMga borganimda biz hech nima qilolmaymiz chunki vazirlik tasdiqlanmangan ruyxatni jo'natgan deb yuborishdi. Oliy ta'lim munosabat bildiring. Masuliyatsiz va javobgarsizlik qilayabdi.
Ассалому алайкум. Хориждан переводлар буйича супер контракт масаласида янгиликлар йукми?
Sirtqi talimdan kunduzgi talimga perevot qilmoqchi edim lekin menga 393-qarorda mumkin emas deb tavsiya etilmadingiz degan javob keldi.Shu to'g'rimi
930-qarorda mumkin deyilgandi
Assalomaleykum
OTM da ichki perevod yani fakultetni ozgartirishda grant kontraktga aylanadimi
Show next 100 comments