Audio
Ички «перевод»да супер-контракт бўлмайди

Ички «перевод» деганда қуйидаги 2 та ҳолат назарда тутилмоқда:

1) битта ОТМ ичида йўналишни ўзгартириш;
2) битта ҳудуд ичида бошқа ОТМга ўзгартириш.

Хабарингиз бор, жорий йилда Президентнинг ПҚ-5157-сонли қарори билан ўқишни кўчириш тартибига ўзгариш киритилди. Аммо ушбу Президент қарорида ички «перевод» ҳақида ҳеч қандай қоида белгиланмаган. Демак, ички «перевод» Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарори билан тасдиқланган Низом орқали амалга оширилади. Демак, бунда супер-контракт ҳақида ҳеч қанақа гап бўлиши мумкин эмас.

❗️Хулласи калом, ички «перевод»ларда қуйидагича ҳолат бўлиши мумкин:

1) агар узрли сабаб деб топилса ва ОТМда имконият бўлса, ариза қаноатлантирилади ва оддий контрактда ўқилади;
2) агар ўқишни кўчиришга арзийдиган узрли сабаб бўлмаса ёки ОТМда янги талаба қабул қилиш имконияти бўлмаса, унда ариза рад этилади.

ℹ️ Бу қоида бошқа ҳудудга ўқишини кўчираётганларга тааллуқли эмас.

Тўлиқ суҳбат: t.me/xushnudbek/11184


👉 @xushnudbek 👈

1003 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum hurmatli Xushnudbek Xudayberdiyev men shu yili Navoiy davlat konchilik institutidan Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetiga (sirtqidan-sirtqiga) oʻqishimni koʻchirish uchun ariza qoldirgan edim. Haligacha Oliy taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilindi deb turbti. Universitet bilan boğlanganimda menga ichki perevod uchun ham super kontrakt qilasiz 82 million boʻladi deyishdi men oʻzim 1 million 500 ming so'm oylikda ishlayman. Maʼlumki, Prezidentimiz yoshlarni qoʻllab quvvatlashimiz kerak deb qancha jon kuydirib biz uchun qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshiryaptilar. Lekin 82 millionni qanday topamiz bu kam summa emasku bu uchun 54 oy ishlashimiz kerak umuman yeb ichib kiymasdan bu perevodni yoki faqat boylar amalga oshiradimi. Nega bunday bizni azob berishadi ! Iltimos amaliy yordam bering shu masalada.
Assalomu aleykum Nima uchun ertaroq aytmaysizlar shuni,super kantrakt deganiga kòpchilik arizayam yozmagandi,OTMning o'ziyam super kantrakt bòladi degandiyu
Ariza javovlari qachon chiqadi. Ezvordinglarku. Oliy ta'lim qanaqa masuliyatsizlar. Kecha OTMlarning web saytlarida ruyxati chiqadi degandinglar. Lekin kecha OTMga borganimda biz hech nima qilolmaymiz chunki vazirlik tasdiqlanmangan ruyxatni jo'natgan deb yuborishdi. Oliy ta'lim munosabat bildiring. Masuliyatsiz va javobgarsizlik qilayabdi.
Ассалому алайкум. Хориждан переводлар буйича супер контракт масаласида янгиликлар йукми?
Sirtqi talimdan kunduzgi talimga perevot qilmoqchi edim lekin menga 393-qarorda mumkin emas deb tavsiya etilmadingiz degan javob keldi.Shu to'g'rimi
930-qarorda mumkin deyilgandi
Assalomaleykum
OTM da ichki perevod yani fakultetni ozgartirishda grant kontraktga aylanadimi
Hasanov_077
Assalomu alaykum @xushnudbek aka OTM ichidagi misol uchun O‘zMU dan O‘zMU ning filialiga perevod qisayam bo‘ladimi. Men Milliy Universitetdan uni filialiga perevod qilyapman(mos va turdoshga)
Qodirova
Assalomu alaykum nimaga Farduga perevod qilayotgan larniki chiqmayapti namuncha qiynashyapti yangi kelinlar masofa uzoqligi uchun darslarni qoldirishyapti sal eʼtiborli boʻlishsa yaxshi boʻlardi
Bularga qizigi yoq. Bular masuliyatsiz va javobgarsiz. Oliy ta'lim tasdiqlashi kerak. Tasdiqlanamngan ruyxatni OTMlarga berib yuborgan. OTMdagilar esa tasdigi yoq bu ruyxatni biz o'qishga quyolmaymiz deyishayabdi.
Бу йилги контракт нархлари чикмадими
Liil Khurram
Bu yil Yana utomagan abutrentlaga qaytadan imitxon bularmishmi faqat birinci yil topshiryapkanlaga shu rostmi
꯭Ⲕ꯭ⲏ꯭ⲟ꯭ⲙ꯭ⲓⲇ꯭ⲟⳳ꯭ⲁ ꯭Ⳓ꯭υⳑ꯭ⲛ꯭ⲟ꯭ⲍⲁ꯭🎓꯭
Sirtqi talim uchun hujjat topwiriw qachon kim biladi ??
Moonlight
Assalomu alaykum Toshkentda koyka kasbga oʻqitish markazi bor ekan shu haqida ham malumot bering toʻliqroq aniq qilib iltimos kutib qolamiz
Xorijdan perevod qildirganda rus tilidan sertifikat otadimi ball qowib beradimi bilmesizlarmi
Assalom alekum Xushnud aka bu savolim urinli emas lekn szga boshqa qanday usulda yozishdi bilmadim, bayram munosabati bilan 5kun dam olishdi ishlaydiganlar, endi mana shu dam olish kunlari sababli mehnat tatillarini qanday hisoblaymiz shu haqda bilmoqchi edim
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizdan bitta iltimosim bor edi kanalingizga chiqarsangiz men Qarshi davlat universitetining 3-kurs talabasiman yunalishim informatika uqitish metodikasi yashayotgan joyimizdagi maktablarni birida dars soati bor ekan 3-kurs bo‘lsam ham ishlashim mumkinmi shunga iltimos javob berib yuboring diriktirimiz ishga oldi zavuchimiz rayonamizni odami ekan ishga olmayabdi mumkinmas deb
Assalomu Alaykum va rohmatullohu va barakotuh


Xushnudbek aka nima uchun ichki perevod natijalari chiqadi deyishdiyu ammo faqat bir viloyatdan boshqa viloyatga perevod qilganlarni javoblari chiqyapti
Lekin bir OTM ichida fakultetdan fakultetga yoki yo'nalishga perevod qilgan va Bir hudud ichida bitta OTMdan ikkinchi bir OTMga perevod qilganlarni javoblari chiqmayapti

Bu nima uchun shunaqa bo'lyapti bunga javob beradigan masullar bormi ichki perevod diyishdimi hammasini birdan chiqarishmaydimi

Nima uchun hamma narsa o'lda jo'lda

Biz kutamiz faqat shu masalaga ham jo'yali bir javob berishsin iltimos
Show next 100 comments