Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 22 more comments
Ulug'bek Jurabayev
Yana bir taklifni ilgari surishda yordamlashsangiz...Abiturientlarga yordam tariqasida Imtixonlarni faqat muayyan 1 kunda va maktab yoki kollejlarning binosida o'tkazilsa, epedemiya hamda kasallikni oldini olishda ancha yordam bulardi...Oldinlari shunday qilinganku... 1 oylab Imtixon olishdan ne naf hayronman...
Shahnoza
Taklifni qo‘llab-quvvatlayman 👍👍
Oqilona qaror, tez orada ijobiy hal qilinadi deb umid qilamiz
Tog'ri taklif lekin bekor qilmasa kerak kamaytirishi mumkin
Assalomu aleykum Xushnudbek aka juda yaxshi o'ylabsiz hozirgi sharoitda juda qiyin bizga.kerakli jihozlar uchun 53 mlrd som ketib qolmasa kerak. Bizni ham tushunishsa yaxshi bolardi
50% qisqartirilsa ham yaxshi bo'lardi manimcha
Men o'tgan yil yiqilgan abituriyentlardan biriman va bu kabi takliflarni qo'llab quvvatlayman Raxmat ABITURIYENTLARNI O'YLAYDIGANLAR HAM BOR
Qorni to'qning qorni och bilan nima ishi bor
Juda to'g'ri taklif! Agar e'tiborga olinsa, zo'r bo'lar edi.
Barchinoy Xalilova
Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakotuh. To'g'ri fikiringiz. Alloh (S.T) szdan rozi bo'lsin!! Amiyn!!
Magistratura uchun ham shunaqa tolov bormidi?
Yaxshi taklif maqullansa yaxshi bolardi
SADOQAT BAKHTIYOROVNA
Taklifni qo'llab quvvatlayman.Agar amalga oshsa zo'r bo'lardi
Ajoyib va oqilona fikr
Yaxshi taklif faqan buni mutasaddi tashkilotlar vakillari toʻgʻri qabul qilinishida.Bu fikringizni butun Oʻzbekiston yoshlari qoʻllab quvvatlaydi
Abdulla Dursoatov
Sizni fikringizni qo'llab quvvatlaymiz, majburiy fanlar bo'lish bo'lmasligini tezroq e'lon qilishsa, vaziyatdan kelib chiqib 2ta asosiy fandan imtihon olishsa yaxshi bo'lar edi.
tòğri taklif albatta kòp oilalarga karantin tufayli moddiy tomondan ancha afzallik bòlar edi chunki bir oiladan bir nechta farzandi òqishga topshiradiganlar ham bor.
Рита
якши булар еди карантин пайтида хамма ишсиз колди
Judayam zo'r taklif menga ham yoqdi. Yuqoridagilar ham sizdaqa fikrlab qaror chiqarishsin
$hohrux
Malades
Show next 100 comments