Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 76 more comments
Rahmat sizga Xushnud aka. Shunday taklifni berganinggiz va biz qatori qorako'z abituriyentlarni to'g'ri tushunganinggiz uchun! Rasmiylar bu taklifni inobatga olishsa juda zo'r ish bo'lardi!
Yaxshi taklif, Nazoratchi-o'qituvchilarga oylik sifatida Yig'ilgan Saxovat hisobidan bersa ham bo'ladi, chunki ayrim Zamhokim va buxalterlar uyalmay xayriya pulidan umarib yotibdi.
My5 telekanalida 15 may kuni Majburiy bloklarni olib tashlanmaydi bu xabar yolg'on degan xabar tarqaldi.Sizni kanalizni My5 kuzatidimi? UZA.UZ
Zor taklif. Lekin tekin qilmasa kerak chunki bu yil shuncha tashkiliy ishlar va dizenfeksiya vositalari va boshqa harajatlar deb yigiladi. Otgan yil ozi kamera va skaner uchun deb yigilgan bu yil oshalarga qoshimcha boladi lekin otgan yil yigilgan summadagi pulga bir necha yil imtixon otkazsa bolardi. Har holda hech bolmasa kamida 50% qilsa adoltli boladi. Tekin qilsa oliyjanoblaik.
Жуда жаксы усыныс. Хамме коллап кууатлайды
Yaxshi fikir.xalqa ancha yordam bulardi.
Barchinoy Xalilova
Men bitta narsaga qiziqaman shu yozgan hamma kommentni Xushnudbek aka o'qirmikanlar.
Manimcha ham narx masalasini bu yil korib chiqish kerak, bu pandemiyadanham kora joriy etilgan karantin oddiy axolini qiynab qoydi
Shavkat Jo'raqulov
Shu kungacha o'quv yili boshida,ya'ni Sentabr-Oktabr oylarida deyarli yangilik qilmagan,yangi qarorlar chiqarmagan,Imtihonga oz qolganda esa doim qandaydir hech kim kutmagan,yangiliklari bilan Abituriyentlarni dovdiratib qo'yadi!

Xushnudbek,DTM o'z qarorlarini Avgust,Sentabrda aytsin va hadeb yil oxirida o'zgarish qilavermasin,shu haqda ham fikr bildiring!

Kim ko'proq bilimga ega bo'lsa,shu oliy ta'lim muassasasiga kirishga haqliroq!
Yaxshi fikr inshaolloh bu taklifizni qabul qilsin
Oʻzi asli haqiqiy abiturient odam iqtisodiy jihatdan juda tang vaziyatda boʻladi. Ayniqsa oʻrtahol oila farzandi oʻqish yoki ishlash tanlovi ostida oʻylanadi. Bu yil dard ustiga chipqon kabi pandemiya aholi daromadi keskin yomonlashishiga olib keldi. Shu sababli bu qaror eng yaxshi va toʻgʻri qaror deb bilaman. Toʻgʻri kim uchundir bu arzimas puldir. Lekin oddiy xalq farzandlari bunday fikrda emas. Buni muhokama qilish emas joriy qilish zarur.
Juda ham yaxshi bolardi
Javlon
O'qishga kirish uchun tayyorgarlik ko'rgan odam uchun 100000 som hech narsa emas, katta katta muammolar turganda arzimagan narsalarni muammo deyishgayam arzimaydigan narsalarni yozib nma qilasiz piar qilib, sardoba haqida yozing, uzcard haqida yozing, sanginov, ramatovlar haqida yozing, xalqni chalgitmasdan, topganingiz DTM soglikni saqlash, oliy talim. Ancha ozgargansz, oldingi xushnuddan asaram yoq, qorin toydida.
Yaxshi taklif. Lekin pandemiya sharoitida oldingi yillarga nisbatan test sinovlariga boshqacha tayyorlanishadi. Bunga ham mablag‘ kerak bo‘ladi
Xushnudbek siz faqat òz qarashlaringiz bn òylamang. Karantin sabab kòp sohalarga yengillik bòlyavdi to'g'ri lekin byudjetga tushum qayerdan bòladi. Karantin sabab odamlar yashash axvoli og'irlashdi deyishadi lekin davlat xammani oyligini beryabdi ishlamasa ham. Bitta oilada xc bulmasa bir kiwi iwlidi davlat ishida. Agar xc kim ishlamasa kam taminlanganlik nafaqasini oladi. Bòloshi mumkin malum qismi umuman ishsiz bb qolgan lekin ular kòp foizni tashkil qilmaydi barbir davlatdan oladigan manbasi bòladi. Faqat xarajat qilob daromadni bajarmasa inqiroz bòladiku. Endi iqtisodiyotimiz òsayotgan davrda yana boshidan boshlaymizmi? Abiturentlar tòlaydigan pul davlat g'aznasi tòlob qolmaydi tòg'ri lekin ularni ishlatilosh maqsadlari bor davlat xozirgi sharoitda ularni qoplab berolmaydi
Ozi faqat shu yil emas boshqa yillarda ham olmasa yaxshi bolardi
Albatta shunday bo'lgani maqul
Uylab ko'rilsa bu sharoitdan foydalanib o'qishga kirish ilinjida yurganlar ham topiladi.
Давлатда етарлича пул бор.Яхши таклиф
Show next 100 comments