Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 97 more comments
Asslomu alaykun. Hamma o'z fikrini bildirishi mumkin bo'lsa men bu taklifni unchalik yoqlamayman. Sababi haqiqatdan o'qishga kirish uchun tayyorlanayotgan abiturientlarni oila a'zolari va boshqalar ham bunday vaziyatda qullab yuboradi. (Unchalik katta summa emas). Agar to'lov olinmasa shunchaki test topshiradiganlar kupayib ketadi. Bu esa o'z navbatida ortiqcha xarajat va ovoragarchilikni keltirib chiqaradi.
Akmal Farmonov
яхши фикр яхшида
Zoʻr taklif bilimi yetadimi yoqmi imkoniyat berish kerak pandemiya tufayli tayyorlana olmayotgan qancha
<<< A Z I K >>>
Хушнудбек мана шундай долзарб масалаларни ёритишингиз жуда максадга мувофик манашундай блоггерларимиздан хурсанмиз.
Pul olish maqulroq bekordan bekorga topshiradiganlar kamayadi.O‘qib tayorlanganlarga bu pul hichnarsamas. Qaytangi bu o‘qiganlar uchun yaxshi, oshiqcha abituriyentlar toplanib g‘avg‘o qilishini oldini lladi
Ko'z tegmasin o'zi juda kam sonli davlatlar qatorida bizning mamlaktmizda ham virus bilan kasallanganlar davlat tomonidan bepul davolanilmoqda. Shuni ham o'ylash kerak.
Bizning xalq eng muhim rejalari uchun baribir ajratib qo'ygan puli bo'ladi.
To'g'ri umuman yo'q qilish kk 111 minga 2 kg go'sht olib 2 oy oilamiz yeydi)) Bu harna axir hozirgi sharoitda!!!
Manimcha qaysidir manoda o'tgan yilgini yarmini qilish kerak dib o'yliman chunki imtixonlar uchun ham katta isshlar qilinadiku😯
Yashang Xushnudbek Alloh qóllasin oddiy xalqni óylash hammaga ham emas. Insholloh taklifingiz ijobiy natija beradi . Nima uchun shunawa takliflani deputatlarimiz bermaydi, qachon aytilsa,qóllansa,qarsak chalishadi xolos vaholanki ularni shu oddiy xalq saylagan.
Komil Nasimov
Bizni taklifimiz nima ham bo'lardi. Biror taklif kiritsan aqilimisan deyishadi.
Toʻgʻri fikr bildirilgan 100% qoʻshilaman. Rahmat Xushnudbek bu taklifni oʻrtaga tashlaganiz uchun!!!
Mahbuba Niyozova
Menimcha, bu yaxshi taklif. Ammo har kim ham tekin-ku deb ham taxmin tavakkal topshirib ko‘radi. Menimcha 1-va 2- marta imtihonga kiradiganlarga bepul qolganlarga belgilangan miqdorning 50%ini to‘lashda, yaxshi bo‘lardi. Bu shaxsiy fikr.
Asdalomu alaykum shavkat Joraqulov fikriga qoshilaman Xushnudaka sizdan Alloh rozi bolsin yaxshi taklif
Barchinoy Xalilova
Men bitta narsaga qiziqaman shu yozgan hamma kommentni Xushnudbek aka o'qirmikanlar.
Oʻqimasalar ham lekin shunday xalq manfaati yoʻlida fidoyilik qilishiga raxmat!
Азизбек А.
узи бу суммани ёкотиш керак умуман,каршиман бунака нарсага дтм узи давлат хисобидан молиялаштирилади, кейин отган йили 70 млрд йигилди бу жуда коп бунака суммалар анча кисми кимнидир чонтагига кетади
oddiy xalqni tushunganiz uchun rahmat ayrim oilalarda 1 ta emas 2/3ta abituryent bolishi mumkin ular qanaqa qilib tulaydi bu pulni tugri uylabsiz rahmat! shaxsan bizning oilada 2kishi topshiradi shu yil
Komil Nasimov
Xushnud aka siz bilan qanday boglansa buladi .
Zebowkaaa ✿
Tugri lekn tayyorlanmaganlayam topwirib vaqtni oladi. Undan kura qimmatroq qiliwi kk. Xushnudbek aka iltimos narxini kutarishsin
Show next 100 comments