Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Shuhrat Xo'ja
Davlatimiz bunday og'ir vaziyatda tadbirkorlarga bir nechta imtiyozlar berayotgan vaqtda xalq uchun xam shunga oxshash imtiyozlar bersa adolatdan bo'lar edi.
Yaxshi fikir 👍👍👍👍Ammo meni taklifim olish kerak faqat hamma un bir xil 50 ming so'madan mi ??
Chunki hozirgi vaziyatda Davlat budjetidan ham ozmuncha xarajalar bo'layotgani yo'q
Zebowkaaa ✿
Abdukarim Ismoilov
Nega unday deysiz? Faqat òzizi manfaatizi òylamen
Manam abituriyentman. 3 yildan buyon yiqilaman. Tayyorlanmay topwirib tayyorlanganlani vaqtni olgandan kura qimmat qiliwsa harsa uzini olib topwirmas. Bu yerda tayyorlanmaganlar haqida gap ketayapdi
Xushnutbek sizni fikrlarizni doim qo'llab quvvatlab kelaman. Adolat haqida gapirasiz, xalqni yonini olasiz. Biroq siz aytyotgan adolatni o'rnatish uchun texnika va texnologiya soz bo'lishi kk. Uning uchun katta pul kk. DTM dagi xodimlarni bilaman. Kechasi bn tinmay ishlashadi ularga moddiy yordam va qog'ozlar uchun nazorat qilish, yangi texnologiyalar. Bularni hammasi juda katta pul turadi. Oldingi xolatda faqat 1-avgust bo'lgan da mayli edi? Albatta postimni o'qiysiz degan umiddaman.
...Abdullayeva...
Hozirgi vaqtda aksincha tulov narxini kutarish kerak
Gap londasini aytaman. Hamma iwni hukumat òz buyniga olyabdi sardoba,buxor, koronavirus hamma hammasiga pul ketyabdi oz emas juda katta miqdorda pul ketmoqda tawqi qarzlar sezirarli òsdi. Endi bu holatni yengillashtiriwdan nma foyda. Naborot yaxwi taklif. 1mln abiturent hujjat topwirsa 900 ming kiwi tavakkal topshiradi. Unda yana masofa saqlash joy masalasi xarajat kopayadi. Pullik qilsa tavakkalchilar topshiriwi kamayadi karantin vaqtida,
Bu qonunga ozgartiriw kiritiw kerak emas.
Xushnudabek Xudoyberdiyevdan (https://t.me/xushnudbek/5723) Taklif:
Joriy yilda abituriyentlardan toʻlov olmaslik kerak

Pandemiya sharoitida juda koʻp sohalarda moliyaviy yengilliklar berilmoqda. Sababi oddiy - xalqning daromadlari keskin kamaydi, ayrimlarniki butunlay yoʻqoldi, desak ham boʻladi. Bunaqa vaziyatda davlat turli moliyaviy koʻmak dasturlarini amalga oshirmoqda.

Xabaringiz bor, oʻtgan yilidan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun yarim “minimalka” miqdorida (101 ming soʻm) toʻlov undirish yoʻlga qoʻyilgan edi. Oʻtgan yili ushbu tizim orqali abituriyentlardan 70 mlrd soʻmdan koʻproq mablagʻ tushgani xabar qilingan edi.

Joriy yilda bu toʻlov 111,5 ming soʻm boʻladi. Taxminan 700 ming atrofida “eski abituriyentlar” hujjat topshirishi kutilmoqda.

Biroq aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, joriy yilda test sinovlari uchun hech qaysi abituriyentlardan toʻlov olmaslikni taklif qilaman.

Xuddi 2019 yilgacha boʻlgani kabi, testlarda qatnashish bepul boʻlishi kerak va kirish sinovlari bilan bogʻliq barcha xarajatlar davlat byudjetidan qoplanishi lozim. Yoʻqsa, hozirgi murakkab sharoitda mana shu 111 ming soʻmni ham topa olmasdan, koʻpchilik yoshlar oʻqishga hujjat topshirish fikridan qaytishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi ushbu taklifni tegishli tartibda koʻrib chiqib, imkon qadar abituriyentlar uchun foydali qaror qabul qilishadi, degan umiddaman.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Pul hozirgi paytda uncha muhimmas lekin nima bulishi muhim. Hozirgi paytda aksincha bulyapti haliyam hech narsa aniqmas u kanal 5 ta fan buladi diydi ahborot tehnologiyasi 2 ta buladi deydi lekn oxirgi paytlarda dtm tashkilotidagi"AYRIM"laridan nafratlanyapman
Комилжон
Жорий йилда абутуриентлардан тулов олиш манимча нотугри
Xushnutbek sizni fikrlarizni doim qo'llab quvvatlab kelaman. Adolat haqida gapirasiz, xalqni yonini olasiz. Biroq siz aytyotgan adolatni o'rnatish uchun texnika va texnologiya soz bo'lishi kk. Uning uchun katta pul kk. DTM dagi xodimlarni bilaman. Kechasi bn tinmay ishlashadi ularga moddiy yordam va qog'ozlar uchun nazorat qilish, yangi texnologiyalar. Bularni hammasi juda katta pul turadi. Oldingi xolatda faqat 1-avgust bo'lgan da mayli edi? Albatta postimni o'qiysiz degan umiddaman.
Bu fikringizni unchalik yoqlamayman. Pullik bo'lgani ma'qul! Bo'masam shunchaki topshiradigan "aqllilar" vaqtni va xarajatlarni egallaydi!
Javlon
O'qishga kirish uchun tayyorgarlik ko'rgan odam uchun 100000 som hech narsa emas, katta katta muammolar turganda arzimagan narsalarni muammo deyishgayam arzimaydigan narsalarni yozib nma qilasiz piar qilib, sardoba haqida yozing, uzcard haqida yozing, sanginov, ramatovlar haqida yozing, xalqni chalgitmasdan, topganingiz DTM soglikni saqlash, oliy talim. Ancha ozgargansz, oldingi xushnuddan asaram yoq, qorin toydida.
Ассалому алейкум ака бу оддий ахоли ва бази бир ночор оилалар учун яхшигина муаммо болади Бир амаллаб топайотган пулини фарзандини окишига толаб окитадиганлар борда, ози умуман окишга топшириш учун пул толашни ози ахмокликда хали талабалик хавосидан нафас олиб кормаган абитуриент кандай килиб дтм учун пул толаш керак. Ва бундан ташкари бу йигилган пулларни айнан нималарга сарифлаганлигини айтишмаябти ва Ким кафолат беради бу пулларни хаммаси тогри максадда ишлатилайотганлигига!.
Qurbonova Xurshidaxon
Assalomu alaykum Xuxhnudbek.Bu fikrga qo‘shilaman.Chunki mani ikkita farzandim bu yil o‘qishga topshiradi inshaa Allah.Xozirgi paytda shunday qilishsa yaxshi.O‘qigan ham o‘qimagan ham topshiraveradi degan fikrga qo‘shilmayman.Chunki o‘qimagan abuturent topshirmoqchi bo‘lsa bu pulni shundoq ham topib topshiraveradi.
Mani fikrim Pulli bolishi kere chunki bepul bosa òqimagan ham topshiroradi òqishga
Show next 100 comments