Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
...Abdullayeva...
Shu taklif bildirilmaganda ham indamasdan tular edinglarku shu tulov orqali davlat budjetiga oz bulsa ham mablag buladi ham pandemiya ham Sirdaryoga yordam undan tashqari harajatlar juda kupaygan Mani fikrimcha tulov uz kuchida qolishi kerak
Бу таклиф яхши,лекин шуни Олий таълим вазирлигига ҳам киритдизми такли сифатида?
Бу ерга ёзганизни фойдаси йўқда
Barchinoy Xalilova
Qani hamma abiturentlar darsga marsh
Aᴢɪᴍ Mᴇʟɪʙᴏʏᴇᴠ
Xamma gaplaring commentlar axamiyatsz xech nmani ozgartirmaydi balkim owar balkim tuwar gap DTM DA
Умуман қаршиман пулли бўлиш, шу орқали сал бўлса хам давлат буджети тежалади,ёқса яна боқимандалик....
Assalom alekum shu yildan britaniya menegment universiteti ochilibdi. Uni davlat ro'yxatidan o'tganini qayerdan bilish mumkin. Umuman chet el universitetlarini davlat ro'yxatidan o'tganini qayerdan bilish mumkin. Iloji bo'lsa, lichkamga ham jovob yozvorsez.
꧁͜͡࿇͜͡𖣐͜͡✵SARVINOZ☬✵͜͡ ͜͡𖣐͜͡࿇͜͡꧂
Har kim har xil fikrledi. Kechirasozlaru toʻlovni oshirish notoʻgʻri. Oʻzbekistonda hamma oilalar ham boy emas yoki oʻrta xol oilalardan tashqari oilalar ham .Bugungi kundagi. Ishsizlik natijasida 50 foizdan ortiq aholini daromadi tushib ketdi deyarli daromad yoʻq. Keyin davlat oʻz xalqini oʻzi qiynab qoʻymediku
Assalomu aleykum Xurshid aka va qadrli mushtariylar! Menimcha bu no'to'g'ri taklif deb o'ylayman chunki qabul komissiyasidagi xodimlarga, test jarayonlari o'tkaziladigan binolarni tayyorlashga, ularning harajatlariga, savollar varaqasini tayyorlashga ketadigan mablag'lar ham davlatning chekiga tushadi! Qabul jarayonlarida qatnashgan xar bir o'qituvchi uchun bir "minimalka" to'langan taqdirda ham ularning soni Respublika miqyosida juda ko'p chiqadi uning ustiga kamida 10 kunga pul to'lanadi oziq ovqat va boshqa harajatlar.... Masalaning yana bir tomoni kirish ballari pasayib institutga kirgan talabalarning ( kamida 70 % i adashib kirgan uzr bu gap qo'poldir lekin haqiqat) salohiyatini tasavvur qilavering! Hech bo'lmasa shu summa sabab kimlardir tavakkal fikridan qaytgan. O'tgan yilgi qabul masalasiga kelsak menimcha asosiy mablag'ning katta qismi sirtqi ta'lim "zaochniy" ga topshiradiganlar xissasiga to'g'ri kelsa kerak! Men ham sizning bir necha yillik mushtariyingiz sifatida o'z fikrimni yozdim!
꧁͜͡࿇͜͡𖣐͜͡✵SARVINOZ☬✵͜͡ ͜͡𖣐͜͡࿇͜͡꧂
Man toʻlov qilinmasligi tarafdoriman
yaxwi bòlardi lekin davlat budjetini ham inobatga olgan holda kòrib chiqilishi kerak. Shu yarim minimalka emas balki 0.25 bòlsa ham bòladi
Sport
Ochigi oylab qarasak 111 ming xammada topilsa kerak bu yil uqishga kirish uzgacha bulsa kerak bu pul topilmasa katirak tolash keraku kiyin oqishga kirganda manimcha 111 ming momoemaz azizlar
to`ppa to`g`ri
...Abdullayeva...
Shu taklif bildirilmaganda ham indamasdan tular edinglarku shu tulov orqali davlat budjetiga oz bulsa ham mablag buladi ham pandemiya ham Sirdaryoga yordam undan tashqari harajatlar juda kupaygan Mani fikrimcha tulov uz kuchida qolishi kerak
Қорни оч билан қорни тўқни иши йўқ дегани шу бўлса керак.
Қишлоқда одамлар маблағсиз қолди ,ИНСОФ бўса шуларниям ўйлаб гапиринг агар бўлса!
Abituriyentlani o'ylabsiz lekin studentlachi? Ulagayam biror yengillik bo'ladimi axir hammada pul muammosi bor, studentlagayam biror yengillik qilishsin
Yaxshi taklif.Abuturentlar un ham nimadur qilinishi kerakku axir.
Show next 100 comments