Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
to`ppa to`g`ri
...Abdullayeva...
Shu taklif bildirilmaganda ham indamasdan tular edinglarku shu tulov orqali davlat budjetiga oz bulsa ham mablag buladi ham pandemiya ham Sirdaryoga yordam undan tashqari harajatlar juda kupaygan Mani fikrimcha tulov uz kuchida qolishi kerak
Қорни оч билан қорни тўқни иши йўқ дегани шу бўлса керак.
Қишлоқда одамлар маблағсиз қолди ,ИНСОФ бўса шуларниям ўйлаб гапиринг агар бўлса!
Abituriyentlani o'ylabsiz lekin studentlachi? Ulagayam biror yengillik bo'ladimi axir hammada pul muammosi bor, studentlagayam biror yengillik qilishsin
Yaxshi taklif.Abuturentlar un ham nimadur qilinishi kerakku axir.
Barnoxon Akbaraliyeva
To'lov kerakmas oldingi yillarda umuman to'lov bo'lmaganku wunday davon Etiw kerak. Bu taklifni DTMga beriw kerak
Xadichabonu
Тугри фикир купчилик хозирги Кунда ишсиз
Usha miqdorni kamaytsa boʼlmaydimi?
Meni fikrimchaa bunday qilish natogri chunki repititorga borib tayorlanyatgan abuturentlarga 111 ming pul topish muomo bolmaydi oqiyman desa harakat qilsa hammasi topiladi. Agar tolovsiz bolsa hamma topshiraveradi oqigan ham oqimagan ham va bilingki hechnarsani bilmasdan turib tavakkal bilan kirib ketyabdii bunday hol menimchaa notigri.
Assalomu alaykum. Xushnud aka. Hozirgi yuqoridagi fikrlarni ancha bir biriga zidlari ham bor. Lk ayrim insonlarning gapiga qarshiman. Pullik bölmasa topshiraveradi deyotganlari menimcha xato. Agar ularni bilimi bölmasa szga ziyoni yöq azizlarim. Chunki öqishda kuchli bölmagan odam szga raqib bölmaydi. Men özimning va men tanigan insonlar nomidan sörardimki öqishga hujjat topshirishni bepul qilsinlar. Hamma davlatda bölgan qatori bazi oilalarda moliyaviy yetishmovchilik mavjud. Fikrimizni yoqlayszlar degan umiddamiz. Katta rahmat!!!
Gulistan Jumahanovа
Дурыс коллайман
Alimbayeva
Gapingiz to'g'ri lekin hozirgi og'ir vaziyatda davlat budjetiga bu qo'shimcha xarajat bo'ladi deb hisoblayman. Menimcha tòlov summasini kamaytirish kerak!
Ibrohim
Ассалому алейкум ака хаммани Оз хохиш ва еркинлиги борку
Men ham o'z fikrimni aytdim xolos. Shunchaki bu fikrni maqullamadim sababi karantinda ishni ko'paytiragan "bilimdon" lar o'qishga kirgisi keb qoladi
Assalomu alaykum Xushnudbek menimcha xam o'sha to'lovni olish kerak chunki bu yil imthonlarda niqob va boshqa dizenfeksiyalash vositalari tarqtiladi buning uchun ham davlatimiz ozmuncha mablag' sarflamaydi.BIZ berayotgan pul bilan budjetimiz boy yoki kambagal bolib qolmaydi To'g'ri ayrim oilalarda sharoit yo'q aynanshu oilalar uchun qulaylik yaratib berish kerak oilaviy ahvolidan kelib chiqib deb o'ylayman
❤️❤️❤️❤️❤️
Shaxsan man bu fikrga qarshiman pulli boʻlsin davlatimiz byujetiga yordam boʻladi. Toʻgʻri hammani ham sharoiti koʻtarmaydi lekin byujetga ham bizning ozgina boʻlsa ham foydamiz tegsa yaxwi boʻlardi
Otabek Nabijonov
Abituriyentlani o'ylabsiz lekin studentlachi? Ulagayam biror yengillik bo'ladimi axir hammada pul muammosi bor, studentlagayam biror yengillik qilishsin
Studentlarga yöl kira sarflamay öqiyotganining özi juda katta yengillik emasmi? Shaxsan men tejab-tergab ishlatganimda har oyda kamida 400 ming yöl kiramga sarflab yuborardim. Albatta, hammaniki bosadigan yöliga qarab. Lekin har bir studentda hozir 1 oyda kamida 200 ming tejalmoqda. Shukr qilaylik, shukr!!!
To’g’r taklif!Barakalla!
Abdulatif Safarov
agar ajratilsa 100% davlat budjetidan ketadi. davlatimiz juda og'ir paytda qiynab qo'ymaymizmi. har birimizdan 100 ming qanchayu davlatdan butun xarajat qanchaga tushadi.
davlatga xech qanday og'irlik qilmaydi nechi mlrd larga mushakbozlik qlishyapti 100mln$ futbolkalarni sotib oguncha manawunga ishlatsin pulni osh 100000 so'm sizga ko'p tuyulmasligi mumkin ln bazi odamlar uchun osha 100000 ga hafta yashashadi
Yaxshi hozirgi vaziyatda hammada ham sharoit bulmasligi mumkun hozir Har qanday yingillik qilish xalqimiz uchun juda muhum
Show next 100 comments