Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Pul toʻlanmasligi kerak. Hamma aytilgan gaplardan tashqari abituriyent bir joyda ishlamaydi koʻpchiligi.
АКМАЛ ЯКУБОВ
Ажойиб фикр билдирибсиз.
Besh oltita joyga hujjat topshirib tavakkal kirgan chalasavod kadrlarni kopaytgandan pullik turgani yaxshi. Kopam aqllili qilurmela
Tavakkalchi kupayib ketadi deb aytyotganlarga ay baraka topgur biliming zur bulsa nega qurqasan halollab testni yorib tashla Siz aytayotgan arzimagan 111 500 sum uchun odamlar qancha mashaqqat chekmoqda 20 000 arzon bulgan un uchun odamlar mahalla raislariga yalinib yolvorib yana 15 kun kutib mahallaga qatnaydi.Tug'ri taklif zero oddiy odamlar bolalari ham uqisin.bu taklifni "Mening fikrim" portaliga tashash kerak uziku bu portalga ishonch yuqda baribir umid degan narsa bor.
Ajoyib fikr qo‘shilaman
Barrister_
Ulardi hayolizdan chiqaring
ammo qancha ko'p kishi topshirsa, shuncha javob kech chiqadi. ovvoragarchiliklarchi?
BOTIR
Текн экан деб таваккалигатопширадиганла слишком коп.
Assalomu alaykum. Sizi fikrizam tòri, lekin bilimi bopturipam 100min topomaganidan topshiromi qobketmidiyu. Qani endi qabul doim bepul bòlsa edi.
Sindrella*
Majburiy tezroq chiqsin
Assalom alaykum mening ismim Umirzoq Chiroqchidaman siz bilan qaday bog'lansam bo'ladi sizdan maslahat suramoqchiydim bilaman vaqtiz yuq iltimaos
Barrister_
Davlat fondidan katta miqdorda DTM fondiga pul tushadi bilsayiz u pular nimaga ishlatiladi shu narsalarga emasmi
Hozir òzini òzi moliyalashtirishga òtyabdi Oliy talim muassasalar ham
Shu qatorda DTM ni bosqichma bosqich wunde qilob borilyabdi. Sz bn man gapim bn hech narsa ozgarmaydi. Òznini òzi moloyalashtirish zur yul
🌍🌍🌍
Ulug'bek Jurabayev
Yana bir taklifni ilgari surishda yordamlashsangiz...Abiturientlarga yordam tariqasida Imtixonlarni faqat muayyan 1 kunda va maktab yoki kollejlarning binosida o'tkazilsa, epedemiya hamda kasallikni oldini olishda ancha yordam bulardi...Oldinlari shunday qilinganku... 1 oylab Imtixon olishdan ne naf hayronman...
Buning hammasi shaffoflikni ta'minlash, nazoratni yanada kuchaytirish uchun qilinayotgan ishlar. Ayrim chekka maktab va kollejlarda nazorat deyarli bo'lmaydi. Har kim bilganini qiladi. Shuning uchun hozirgidek bir necha kunlab imtihon olinishi to'g'ri, deb o'ylayman.Test sinovlari adolatli bo'lishi uchun davlat byudjetidan shuncha pul sarflanyapti, buni hurmat qilish va qadriga yetish kerak!
🇺🇿👨‍🎓Husinov Zafar🇺🇿👨‍🎓
Javob man aytaman. Bu yilgi imtihonlar 700 kishilik qilishi muljallangan. Endi qarang 3 m² qilinsa atrofi 1 smenada 4 mahal dizenfeksiya iwlari amalga oshirlsa himoya bositalari òrnatilsa, termometrlar olob kelinadi qancha harajatlar shunga ishlatiladi halqdi òzidan olgan pulo òziga ketadi yetmydibham u pullar.
Nimaga bizda juda kop oliygohlar bor lekin xech biri dunyo standartiga jovob bermaydi sababi manimcha shu fond borasida oliy gohlar orqasidan Davlat test markazi juda ko'p pul ishleydi endi usha pulni imtihon uchun ishlatmasdan uni ham halqdan o'marish bu ochiqchasiga talonchilik
Yo ekanku. Faqat uzb universitetlari bor ekan.
ᴍᷟᴜͧʀᷢᴏⷪᴅͩ
To‘lov olmaslik kerak to‘g‘ri taklif men bu fikrga qo‘shilaman va albatta kuchga kirishiga ishonaman .
Bekzod Qulboshev
Man abiturent emasman ammo juda yaxshi fikir.
Bu komentga judayam fikr va mulohazalarim kopidiyu nu taģin òzim muammoga ucrab qomi...biza kickina odam bòse
Maftuna 1
Ha juda tòģri fikr olib chiqibsiz. Manam qòshilaman pul tòlanmasligi kerak
Gap yôq xushnudjon aka gapizga qôshilaman. Bizni uydan 3 kishi bu yil ôqishga topshirishi kk moliyaviy ahvol esa sal... Bepul bôlganda juda yaxshi bôlardi. Bizga ôxshagan oilalarning soni mingta
Show next 100 comments