Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Yuqoridagila shu pulga qarab qoptimi? O'ylab yozilar. Bu pullar dtm markazi xarajatlariga urvoa xam bumaydiku. Test naxoratchilariga 15 kun ovqat, 15 kunlik xizmat xaqqi berishni o'ziga yetmaydi bu pullar. Undan boshqa qancha xarajati bor.
Mushtariy Avazova
.
Abiturientmisiz dimande
Ollohga shukur universitetda 3 kurs talabasiman
Мумина
activ_boy
Lekin avvalgidek hech kim to'lov to'lamayabdi.
Тулаяпти,укув марказларидан кимматрок тулаяпти,чунки индивидуал утиляпти zoom оркали.
Mushtariy Avazova
Ollohga shukur universitetda 3 kurs talabasiman
Sizi paytizdan 3 ta joyga topshirish bolgan. Botam man universitetda oqituvchiman. Sizdaka talabalani koramande shunchun jon kuydirib gapirvoman. Aqllili qmen qizaloq
ENDI XUSHNUDBEK BUYOG'INI JUDAA O'TKAZVORDIZ. YANA NMA XOXLISZ DAVLATDAN. O'ZIZ BIZNI INSTITUTGA KEGANDA PULLI TA'LIM XAR DOIM ENG SIFATLI TA'LIM DEB AYTUVDIZ, QAYERDA QOLDI BU GAPLAR. ENDI TEKIN BO'SA ZERIKKAN ODAMAM O'QISHGA TOPSHIRSA NMA BO'LADI AYTINGCHI. AKSINCHA MIQDORNI 0,5 EMAS 1 MINIMALKAGA OSHIRILSA TO'G'RI BO'LADI. O'SHANDA O'RTACHA YASHAYDIGAN PULI BOR BEKORCHIYAM ANCHA KAMAYARDI.
👍👍👍👍👍
Королева
Умуман пулсиз булиши керак пандемиядан бошка вактда хам илгари пулсиз булганку нимага энди пуллик булиши керак шундогам нафас олганимизга пул туламаяпмиз холос
Dilmurod Rahimov
Yaxshi taklif aholi shusiz ham hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqda
Davronbek Matkarimov
Adashibman
Hm kvota masalasini Hal qilishsa yaxshi bolardi
Mushtariy Avazova
.
Sizi paytizdan 3 ta joyga topshirish bolgan. Botam man universitetda oqituvchiman. Sizdaka talabalani koramande shunchun jon kuydirib gapirvoman. Aqllili qmen qizaloq
Universitetda ishlasez òsha bilimsiz talabalarni bilimli qilib chiqarish silani vazifalarin hisoblanadi. Keyin bizi paytimizda bitta joyga topshirilga
Assalomu aleykum vatandoshlar. Xammaning gapida jonbor bu taklifni yolaganlarxam xalqni o'ylayapti yoqlamaganlarxam xalqni o'ylayapti. Yani davlat bujetini to'lishini xoxlaganlarxam oxir oqibat shu pul baribir o'zimizni manfaatimizga ishlashini ko'ra bilyaptilar. To'lovni rad qiladiganlarxam pul shunchaki xalqda qolishini xoxlashyapti. Eni o'ylab qarasak TO'LOV TO'LANMASA- Barcha aytgani kabi DTM pul so'rab xukumatga murojat qiladi, agar bujjetimizni bir qozondeb tasavur qilsak o'sha qozondan berishga majbur yani 35 mil insonni rizqidan kesiladi.
TO'LOV TO'LANSA- DTM ni xamma xarajatlar qoplanadi o'zini o'zi taminlab oladi davlatga og'irligi tushmaydi.
Eni bu to'lovni 35 mil axoli emas faqatgina kimga oliy malumot kerak bo'lsa o'shalar to'laydi yani foyzda ko'radigan bo'lsak TO'LANMASA-100% odam to'laydi.
TO'LANSA-3%-5% gacha odam to'laydi.
Endi o'zimni shaxsi fikrimni aytsam. To'lovni to'lash kerak lekigin bu to'langan summa qayoqqa ishlatilganidan xalq xabardor bo'lishi kerak, bu ma'lumotni DTM ochiqlashi kerak. Yani xalq ichida shubxa qolmasinki bu summa kimnidir cho'ntagini qappaytirmayaptimikin degan..!
asalomu alekum iloji bolsa kanntraktni chegirmalar asosida tolashni taklif etaman chegirmala qilishmasa 4 bosqichda tolashga ruxsat berishsa yengillik bolar edi yoahlar ittifoqi qarab turmasin togdek sorab koraylik tuyafek berib qolar xudo xoxlasa
Show next 100 comments