Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Баха
Оз балаларымыздан озимиз акша алыу кайта коллап кууатлауымыз керек жасларымызды
Akbarov
Avvalombor Assalomu alaykum, Bu fikriz yaxshi Xushnudbek lekin bu fikr fikrligicha qolib ketadi chunki 2 ta fandan imtixon bo'lishixam bir oydan beri muxokamada , agar sizning fikriznixam qo'ysak uni muxokama qilib tasdiqlaguncha imtixonlarni topshirib bolgan bo'lamiz .
MUSLIMBEK QOBILJONOVICH
Assalomu aleykum. Mening fikrimcha bu taklif juda o‘rinli va asosga ega. Bundan tashqari Xushnud aka yuqoridagi postingizda ham ta‘kidlaganingizdek ayrim viloyatlarimizda (misol uchun Sirdaryoda) daromad u yoqda tursin insonlarda yashash uchun uy joy sharoitlari ham og‘ir ahvolda qoldi. Bunday xonadonlarda ham 2020-yil hudo xohlasa talaba bo‘laman ota onamni orzularini ushaltiraman degan niyatidagi abituriyentlarimiz ham yo‘q emas albatta. Shunday ekan taklif sifatida shuni aytmoqchimanki viloyatdagi o‘qish istagi jo‘shib turgan lekin ochiqdan ochiq ko‘rinib turgan sharoiti tufayli bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan abiturientlarni bu yil istisno sifatida o‘qishga qabul qilish va o‘z hayotlarini izga solishlariga imkon yaratib berish maqsadga muvofiq bo‘lishini aytmoqchiman. Buni narsani men o‘zimning yoki biror bir yaqinlarimning manfatini o‘ylab gapirayotganim yo‘q. Qolaversa men ushbu viloyatdan emas balki farg‘ona viloyatidanman va ayni damda Toshkent davlat yuridik universitetining 2-bosqich talabasiman.
Agar deputatlarimiz ham ushbu masala haqida ham fikr bildirishsa yaxshi bo‘lar edi chunki ular bevosita xalqimizning vakillari hisoblanadi.
Judayam ajoyib fikr, ammo tavakkalchilarga ancha yul ochilib qoladida. Ex...
Xushnudbek bu fikriz judayam yaxshi fikr! Shu fikringizni “Mening fikrim”ga ovoz to‘plashga qo‘ysez, bundan ham yaxshi bo‘lardi, menimcha!
👍👍👍👍
Òtgan yilda 202 ming tòlamadikmi,
Judayam to'g'ri fikr bildiribsiz! Tavakkalchilar ko'payadi deb xalqni qiynab qo'ymaslik kerak! Hozir og'ir kunlarni boshimizdan kechiryapmiz. Daromad keskin kamayib ketganini xisobga olib ish qilgan maʼqul. Rahmat Xushnudbek!
Bizda afsuski kòpchilik ''qòy bergan zanģar'' qabilida fikrlaydi. Boqimandalik kayfiyati yòqori. Imkoni bor odamlarham olish va tòlamaslik uchun bahona noroziliklarni minglab keltirishadi. Aslida farzandi sifatli ta'lim olishi va farovon davlatda yashashini hoqlagan tushungan insonlar izlab imkon topadi.
Bu yil abituriyentlar nechta oliygohga hujjat topshirish imkoniga ega bòladilar
Abduvohidov Ahrorbek°°°
Judayam to'g'ri fikr.
Sizdaka fikrlaydigan insonlar ko'paysin ilohim.
Izlagan Imkon Topadi deb Oson tutayonganlar,
Boshilarga Tushsa bilasilar.
Hayotda hamma narsa bulishi mumkin.
Abduvohidov Ahrorbek°°°
.
Облокул Ашуркулов
Javohir Jalilov
2 ta mutaxasislik fanidan bo‘lishi qachon qaror bilan tasdiqlanadi
Хайр-эхсон учун хам берадиган озгина пул учун... Хаима факат узини, хаменини уйлайверса,давлатни Ким уйлайди?
bir tomondan juda tugri fikr lekin! Tulovni xaqiqatdan xam nochor oila vakillari tulamasa. Xudoga shukur tulovni ancha muncha odam kutara oladi. Byudjettan ketgan xarajatlarni qoplashga xam yordam berish kerak axir. Kupincha bemalol super kontraktni xam tulay oladigan odamlar tulov desa dunyoni boshiga kutaradi, oddiy bizga uxshagan odamlar tushunadi.
daromadim yuq davlat mani boqsin degan odamlar juda kup. telefon qilib yordam suraydi uylari qasir tagida malibu va mers. Sal insof degan narsa xam kerak
Abduvohidov Ahrorbek°°°
Judayam to'g'ri fikr. Sizdaka fikrlaydigan insonlar ko'paysin ilohim. Izlagan Imkon Topadi deb Oson tutayonganlar, Boshilarga Tushsa bilasilar. Hayotda hamma narsa bulishi mumkin.
davlatimizga shu balo kelishi bilan ularga birinchi zarba keldi. kechalari uxlamay oyoqda. oyliklari eng minimal 700-800 minga tushsayam indamay xalqim deb ishlab yurishipti.
Show next 59 comments