Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
bir tomondan juda tugri fikr lekin! Tulovni xaqiqatdan xam nochor oila vakillari tulamasa. Xudoga shukur tulovni ancha muncha odam kutara oladi. Byudjettan ketgan xarajatlarni qoplashga xam yordam berish kerak axir. Kupincha bemalol super kontraktni xam tulay oladigan odamlar tulov desa dunyoni boshiga kutaradi, oddiy bizga uxshagan odamlar tushunadi.
daromadim yuq davlat mani boqsin degan odamlar juda kup. telefon qilib yordam suraydi uylari qasir tagida malibu va mers. Sal insof degan narsa xam kerak
Abduvohidov Ahrorbek°°°
Judayam to'g'ri fikr. Sizdaka fikrlaydigan insonlar ko'paysin ilohim. Izlagan Imkon Topadi deb Oson tutayonganlar, Boshilarga Tushsa bilasilar. Hayotda hamma narsa bulishi mumkin.
davlatimizga shu balo kelishi bilan ularga birinchi zarba keldi. kechalari uxlamay oyoqda. oyliklari eng minimal 700-800 minga tushsayam indamay xalqim deb ishlab yurishipti.
Камалова
Халкни уйлаб унинг гамини дардини кутарадиган инсонлар хар замон ва даврда булган .Хушнудбек хам худди шунака халкпарвар инсон .Лекин бунинг акси булган "инсон" лар хам жудаям куп .Муаммоларни айтиб чарчамаган халк....Уларни ижобий хал килишни уйлаб хам курмайдиган 200 минг сумни менсимайдиган фарзанди чет элда укийдиган зодагонлар....Манимча охири булмас керак....
Жуда зур фикр! Хозирги пандемия шароитда халкда иш хам пул хам йук. Агар шундай килса яхши булар эди
Oyatillo Xayrullo O'g'li
Tóğri bu taklifni amalga oshirish kerak. Hozirgi holada online kurs pulini tólashga qiynalayotganlar bor.
Улугбек Шавкатович
Boʻlmasa ixtiyoriy qilishsin sizga oʻxshaganla toʻlayversin
Agar shunday bòlsaham aniq xalqparvar òz kelajagini òylaydigan insonlar buni qiladi. ''Xalqni qiynayapti'' shiorida òzlarini òylayayotganlar emas. Bizni davlatimizda ishsiz pulsiz ochlikda qolgan hechkim yòq va shu holga etib bormaslik uchun òz xarajatingni òzing qoplashing kerak fikrimcha hechkim biror erga borib ovqatlansa qandaydir xizmatdan foydalansa tòlamaslik mumkin deb òylamaydi lekin gap davlatga kelsa bizni boqishi kerak deya dunyoni boshiga kotarib qoladi. Shu baxs bòlayotgan 111000 sòmni ''qiynalayotgan''larni kòpchiligi arzimagan narsa uchun qòl uchida ishlatadi aslida.
Zo'r taklif!! Faqat taklifligicha qolib ketmasdan amalda bo'lsa juda zo'r ish bo'lardi
Sirdaryo Buxoro Navoiy Samarqand kabi joylarda yogingarchilik sabab sel sabab ancha muncha ziyon korgan oilalar bor. Ayniqsa Sirdaryoda, bir oilada 3ta bolasi oliyga topshradiganlar bor. Ular qanday qilsin bitta oiligini tolov qilib bir oy och otrmidi-ku. Xalqni ham sharoitini tushunib bu masala kotarilgani yaxshi bolibdi...
Juda ham yaxshi taklif.Haqiqatdan ham kimdir mana shu belgilangan summani toʻlawga imkoniyatsizligidan bir chekkada qolib ketaveradi.Misol,qilib aytaman men bn tayyorlanyotgan oʻrtogʻim mobil telefonini sotib ,oliy oʻquv yurtiga xujjat topwirmoqchi☹️.Bu men koʻrgan bilgan misol xolos,koʻrmaganimiz,bilmaganimiz,his qilmaganlarimiz qancha.Taklif amalda ham qoʻllab quvvatlaniwini istab qolamiz.
Judayam togri fikr...👍👍👍👍👍👍
Juda xam yaxshi taklif, aslida oliy ta'limga nima uchun xujjat topshirish pullik va uning qiymati(101ming so'm) nimani xisobiga belgilanganligini bilmayman.Nima uchun 20ming so'm emas. Xushnudbek aka taklifingizga qo'shilaman.
Agar rostdan ham shu taklif amalga oshirilsa juda ham yaxwi bõlar edi.
Lekin amalga oshirilmasa, bunday gaplar bilan abituriyentlarni umidvor qilish yaxwimas. Chunki kimlardir shu "arzimagan pulni" pulni deb OTM larga topshirolmasligi mumkin. Vaholangki,bunday ajoyib fikrdan ularning boshi kòkka yetishi mumkin, chunki hamma yoshlarimizning eng buyuk orzusi bu TALABA bòlishdir.
Iltimos, ushbu taklifni kiritish haqida yaxwilab òylab ko'ringizlar. Bu oddiy bir insonning butun bir hayotini hal qilishdir balki...
Девонхона Юсупова Нигора
Ассалому алайкум, муборак ойда эзгу ниятда халқни ўйлаб бошлаган ишларингизни хайрлисини берсин, Сизнинг бу фикрингиз ҳозирги синовли вазиятда жуда ўринли, агар иложи бўлса бепул хужжат топшириш фикри маъқулланса яхши бўлар эди, ҳужжат топширувчи абитуриентлар учун анча енгиллик бўлиб, битта муаммосининг ечими топилган бўлармиди...
Zoʻr taklif bu qogʻozlarda qolib ketmasa boʻldi
Xushnudbek eslasangiz ancha oldin Shvetsariya qonunchiligi haqida malumot ulashgandingiz. Shunaqa yaxshi fikrlar bo'lsa xalqning oddiy vakili ham hukumatga qonun loyihasi taklif qilish mumkin ekanligi kishini hayratga solgandi. Charchamang qandaydir ovoz to'plash yo'li bilan shu fikrni qonun chiqaruvchi organlarimizga havola qila olish imkoni yo'qmikan?
To'g'ri, lekin minimalkani to'lay olmagan abiturient qanday qilib oliy ta'limda o'qiy oladi. Kontrakt summasini kamaytirishni taklif qilish kerak.
Show next 44 comments