Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Juda ham yaxshi taklif.Haqiqatdan ham kimdir mana shu belgilangan summani toʻlawga imkoniyatsizligidan bir chekkada qolib ketaveradi.Misol,qilib aytaman men bn tayyorlanyotgan oʻrtogʻim mobil telefonini sotib ,oliy oʻquv yurtiga xujjat topwirmoqchi☹️.Bu men koʻrgan bilgan misol xolos,koʻrmaganimiz,bilmaganimiz,his qilmaganlarimiz qancha.Taklif amalda ham qoʻllab quvvatlaniwini istab qolamiz.
Judayam togri fikr...👍👍👍👍👍👍
Juda xam yaxshi taklif, aslida oliy ta'limga nima uchun xujjat topshirish pullik va uning qiymati(101ming so'm) nimani xisobiga belgilanganligini bilmayman.Nima uchun 20ming so'm emas. Xushnudbek aka taklifingizga qo'shilaman.
Agar rostdan ham shu taklif amalga oshirilsa juda ham yaxwi bõlar edi.
Lekin amalga oshirilmasa, bunday gaplar bilan abituriyentlarni umidvor qilish yaxwimas. Chunki kimlardir shu "arzimagan pulni" pulni deb OTM larga topshirolmasligi mumkin. Vaholangki,bunday ajoyib fikrdan ularning boshi kòkka yetishi mumkin, chunki hamma yoshlarimizning eng buyuk orzusi bu TALABA bòlishdir.
Iltimos, ushbu taklifni kiritish haqida yaxwilab òylab ko'ringizlar. Bu oddiy bir insonning butun bir hayotini hal qilishdir balki...
Девонхона Юсупова Нигора
Ассалому алайкум, муборак ойда эзгу ниятда халқни ўйлаб бошлаган ишларингизни хайрлисини берсин, Сизнинг бу фикрингиз ҳозирги синовли вазиятда жуда ўринли, агар иложи бўлса бепул хужжат топшириш фикри маъқулланса яхши бўлар эди, ҳужжат топширувчи абитуриентлар учун анча енгиллик бўлиб, битта муаммосининг ечими топилган бўлармиди...
Zoʻr taklif bu qogʻozlarda qolib ketmasa boʻldi
Xushnudbek eslasangiz ancha oldin Shvetsariya qonunchiligi haqida malumot ulashgandingiz. Shunaqa yaxshi fikrlar bo'lsa xalqning oddiy vakili ham hukumatga qonun loyihasi taklif qilish mumkin ekanligi kishini hayratga solgandi. Charchamang qandaydir ovoz to'plash yo'li bilan shu fikrni qonun chiqaruvchi organlarimizga havola qila olish imkoni yo'qmikan?
To'g'ri, lekin minimalkani to'lay olmagan abiturient qanday qilib oliy ta'limda o'qiy oladi. Kontrakt summasini kamaytirishni taklif qilish kerak.
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
Zo'r bo'lardi .
E toʻlov boʻlmasa tavakalchilar koʻpayadi bu raqobatni owiradi oylik toʻlov toʻlagan abutirent buni ham toʻlaydi keyin grandga kiradi inshaalloh
Laziz To'laganov
👍👍👍👍👍👍👍👍
Rahmat taklif uchun. Albatta amalga oshsa.
Sevara Saydakbarovna
Yaxshi taklif
O'zi umuman to'lov olmaslik kk. Yoki hammadan to'lov olish kk. O'tgan yili faqat yiqilganlardan oliwdi to'lovni. Masalan manga alam qildi.
Amonova
Assalomu alaykum. Yaxshi taklif kiritibsiz. To'g'ri, qaysidir ma'noda tavakkalchilar ko'payib ketishi mumkin, lekin o'ziga ishongan abituriyent uchun buni ahamiyati yo'q! Ya'ni, repititorda tayyorlanish uchun mablag' topa olgan abituriyent hujjat topshirish uchun ham mablag' topa oladi. Ammo, o'zlari mustaqil tayyorlanayotganlar ham anchagina. Besh qo'l barobar emasligini unutmaylik...
Taklifni qo'llab-quvvatlayman!
@charos
Yaxwi fikr👍
Show next 32 comments