Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Balki pul bergan yaxshidur,to'g'ri hozir hammada ham topilmas bu pul,ammo bu ilmli kadrlarni tayyorlash uchun bir omil bolishi ham mumkin
Inomjon Mamadiyorov
Assalomu alaykum juda yaxshi taklif boʻldi hozirgi ogʻir sharoitda bu toʻlovni vaqtinchalik bekor qilinsa ham xalqimiz uchun yaxshi yordam boʻlar edi
Inomjon Mamadiyorov
Sizga raxmat Xushnudbek aka shunday yaxshi takliflar bn xalqimiz ogʻirini yengil qilishga xarakat qilayotganiz bn
Ernazarova Iroda
Balki pul bergan yaxshidur,to'g'ri hozir hammada ham topilmas bu pul,ammo bu ilmli kadrlarni tayyorlash uchun bir omil bolishi ham mumkin
Ha sizning fikringiz òzingiz uchun tòğri. Lekin xalqning fikriga mos emas. Hozirgi kunda juda kóp insonlar ishsiz holatda. Qish bòyi yozda yoki shunga oʻxshash mavsumiy ishlarda ishlab topganini yeb tugatib boʻlgan . Bilasizki chegaralar yopilgan . Rossiya va boshqa davlatlarga borib ishlash yoʻli tòsilgan qolaversa davlat ishchilar soni siz òylab kòrish darajangizdanda kóproq . Misol davlatdagi doimiy ishsizlar, chet elga keta olmagan ishsizlar va hatto karantin qizil hududlarida doimiy ishlaydigan odamlar ham ishga boraolmagandan sòng qayerdan topsin va yana tabiiy ofatlarni ham hisobga olinchi
Yana qaytaraman Hozirgi kunda juda kóp insonlar ishsiz holatda. Qish bòyi yozda yoki shunga oʻxshash mavsumiy ishlarda ishlab topganini yeb tugatib boʻlgan . Bilasizki chegaralar yopilgan . Rossiya va boshqa davlatlarga borib ishlash yoʻli tòsilgan qolaversa davlat ishchilar soni ancha kóproq . Misol davlatdagi doimiy ishsizlar, chet elga keta olmagan ishsizlar va hatto karantin qizil hududlarida doimiy ishlaydigan odamlar ham ishga boraolmagandan sòng qayerdan topsin va yana tabiiy ofatlarni ham hisobga olish kerak.
FIKRINGIZGA MUTLAOQO QÒSHILAMAN. XALQNI QIYNAMASLIK KERAKKK
Мукаддас Саидова
Хушнудбек яхшимисиз бу йил сиртки булим буладими илтимос шу хакида малумот берсангиз олдиндан рахмат
Мукаддас Саидова
Бу ман учун жуда мухим илтимос
Sizdan bitta narsa so'ramoqchiman. Tg ga kirin.
Nime jim bo'p kettiz
Dinara Muradovna
assalomu alaykum men ham bu taklifga qoʻwilaman hozr hammani ahvoli ogʻir bu yilcha toʻlov qiliw toʻxtatib turilsa yaxwi boʻlardi
Rosdan ham yaxshi bõlardi. Ammo ba'zi raxbarlarimiz bunday ŏylashmaydida😏
✯︎Marjona✯︎✔︎
Sizning ushbu gʻoyangizga toʻla qoʻshilaman.Sababi hozirda ayrim abituriyentlar moliyaviy qiyinchiliklar sabab oʻqishga topshirishlari hatto oʻzlari uchun ham soʻroq ostida qolmoqda.Biz sizdek jonkuyar blogerlarimiz borligidan xursandmiz.Sizga katta rahmat.
Динара Муродовна Хасанова
О