Kechagi tarixiy gʻalaba haqida hamma yozdi. Haqiqatdan ham, har kim yozsa arziydigan yutuq.

Yana bir bor vatanimizning mard oʻgʻlonlarining gʻalabasi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Nodirbek Yakubboyev futbolda bizning KHISO jamoamizdan, yaqinda u va Nilufar opasining shaxmat maktabini ochishni reja qilgandik.

Kechagi gʻalabadan ilhomlanib, yangi kitobimiz uchun tuzilayotgan testlardan birini shaxmatga oid qilib, masala qahramonlarini ham oʻzimizning qahramonlarni ismi bilan nomladik!

Siz ham yechib ko‘ring:

Nodirbek
va Javohir shaxmat o‘ynashni boshlashdi. Bir muddatdan keyin Nodirbek 1 fil, qolgani piyodadan iborat bo‘lgan butun toshlarining 25 %ini, Javohir esa 2 fil, 1 ruh va qolgani piyodadan iborat bo‘lgan butun toshlarining 50 % ini yo‘qotdi.

Shunga ko‘ra Nodirbekning qolgan piyodalari soni Javohirning qolgan piyodalari sonidan qanchaga ko‘p?

14 comments

Iyeee, men bu bola bilan futbol oʻynagan ekanman-kuu


Ehh, tanish ekanmiz Nodirbek bilan
Юсубова Нигора Эркабоевна
Шундай фарзандларни устирган ота онасига рахмат
Nodirbek va Javohir piyodalar Soni farqi 2 ta.
Shunga ko‘ra Nodirbekning qolgan piyodalari soni Javohirning qolgan piyodalari sonidan qanchaga ko'p? Javob: 2taga
Nigorik
Жавоб: 4тага
2тага коп
Sevara Tursunova
5ta Nodirbekda, 3ta Javohirda piyoda qoldi. Nodirbekda 2ta koʻp
Asadbek Abubakir Rahimovlar
1ta kõp
Xamraqulova Muxlisa
2 ta ko'p
Mirabror
2 ta koʻp
Show next 3 comments