Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг бир қисмини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Ушбу лойиҳада фуқаролардан жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилди.

Эртадан бошлаб, якуний босқич, яъни овоз бериш босқичи бошланади. Қайси туманда қайси лойиҳа энг кўп овоз олса, ўша таклиф ғолиб деб топилади ва бюджетдан маблағ ажратилади.

Бу жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 14 август куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори
— Отабек Бакиров, иқтисодчи, банк ходими
— Беҳзод Ҳошимов, иқтисодчи, илмий тадқиқотчи

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

200 comments

Show 89 more comments
Ассалому-алайкум мен доцент лавозимида ишлайман...
Савол: бир ставкадан юкори яъни 1,25 ёки 1.5 илшлаганимда нима учун 0.25 ёки 0.5 кушимча ишим учун ассистент нимаошини тулашади....
Assalomu alaykum Xushnudbek. Mani mutasaddilarga savolim shundan iborat.
Man openbdgetda 2050300041 kod orqali "Koʻprik qurish va yoʻlni taʼmirlash" boʻyicha tashabbus qoldirgan edim. Mobil ilova orqali rasm joylab boʻlmadi.
Taklif qilingan mablagʻ 350 000 000 soʻm. Negadir amalga oshirish qiymati 110 000 000 soʻm qilib belgilangan.
Manda savol tugʻildi. Koʻprik qurish va 400 metr masofani asfalt qilish uchun 110 million etadimi, qizigʻi ular bu erni kelib oʻrganishmadi.
Хушнудбек бу саволни олдин инестагрмигизга юборган эдим жавоб ололмаганман....
Tashabbusli byudjet zoʻr loyiha boʻldi, mahalliy byudjetga taklif berish tizimini telegram ijtimoiy tarmogʻida tashkil qilinsa yaxshi boʻlardi, juda koʻpchilik aholi qatlamiga tushunarli va qulay tarmoq
007 007
2020 Йил шартнома тузилиб ғазначиликдан рўйхатдан ўтказилган, йил якунига қадар маьлум бир кисми тўлаб берилган, қолган қисми 2021 йилга қолиб кетган. 2021 йилда хисоб рақамдан ечиб олса бўладими? (Бюжет ташкилоти)
Men tashabbus qoldirgan edim. Qishlog'imiz bir necha yildan beri tozza ichimlil suviga zor deb lekin hech qanday asossiz rad qilindi. Har doimgidek buyam bir qog'ozbozlik ekan. Navoiy viloyati Nurota tumanidan yozyapman @xushnudbek.uz
Feruzbek
Salom Xushnudbek aka men Tashabbusli budjet loyisa mahalla hududida sun‘iy mini stadion fudbol maydoni qurib berish tashabbusini olib chiqqandim. Tuman moliya bo‘limi esa bu muammo bo‘ladi. Stadionga yer topish muammo dedi., hamda uni qurgandan so‘ng unga ishchi kerak deb unga kimdir masul bo‘lishi kerak deydi. Tashabbus ro‘yxatga olingan ovoz yig‘ish boshlangan. Shu haqda ertangi chatda javob olsak kengroq malumot olsak bo‘ladimi. Bizning mahhala qishloq hududida joylashgan va sun‘iy mini fudbol maydoni qurilmagan shu paytgacha. Ammo fudbolga qiziqib shug‘ullanuvchi yoshlar Anchagina. Mahhalla yoshlari fudbol o‘ynash uchun katta magistral yo‘ldan o‘tib kechki payt boshqa mahallaga borishga to‘g‘ri kelyapti. Shuni o‘ziz savol sifatida bersayiz. Iltimos
Abdujabborov Alimardon
Assalamu alaykum hurmatli Tashabbusli byudjet loyihasi asoschilari. Men Abdujabborov Alimardon Ismoilovich Farĝona viloyati Quvasoy shahrida yashayman. Bizni qishloĝimizda ham maktab stadioni loyiha qilib kirgizilgan ekan shunga ovoz bermoqchimiz. Bizda stadion holati biz yoshligimizdan beri achinarli ahvolda. Shu stadiondan Respublika bosqichida musobaqalarga tayyorgarlik kòradigan bolalar shuĝullanib keladi. Ushbi stadionni tamirlashda amaliy yordam kòrsatishingizni sòrayman. Quvasoy shahar 19 umumta'lim maktabi stadioni...
Feruzbek
Feruzbek
Salom Xushnudbek aka men Tashabbusli budjet loyisa mahalla hududida sun‘iy mini stadion fudbol maydoni qurib berish tashabbusini olib chiqqandim. Tuman moliya bo‘limi esa bu muammo bo‘ladi. Stadionga yer topish muammo dedi., hamda uni qurgandan so‘ng unga ishchi kerak deb unga kimdir masul bo‘lishi kerak deydi. Tashabbus ro‘yxatga olingan ovoz yig‘ish boshlangan. Shu haqda ertangi chatda javob olsak kengroq malumot olsak bo‘ladimi. Bizning mahhala qishloq hududida joylashgan va sun‘iy mini fudbol maydoni qurilmagan shu paytgacha. Ammo fudbolga qiziqib shug‘ullanuvchi yoshlar Anchagina. Mahhalla yoshlari fudbol o‘ynash uchun katta magistral yo‘ldan o‘tib kechki payt boshqa mahallaga borishga to‘g‘ri kelyapti. Shuni o‘ziz savol sifatida bersayiz. Iltimos
Qo‘shimcha sifatida. Stadionni qurishga mahallamiz hududida davlat hisobidagi yer topiladi. Agar uni kimgadir biriktirib qo‘ysa. Masalan, tashabbuskorga, va stadionni malum bir haq evaziga xalq foydalanishi uchun topshirilsa. Soatlik haqni nazarda tutdim, undan tushayotgan pulga, ham bir kishini oylik berib ishli qilsa, ham yoqayotgan svet o‘ziga yarasha xarajatlariga yetarmidi. Ham malum bir muddatda qilingan harajat yillar hisobiga davlat hisobiga qaytarilardi. O‘rtada yoshlar uchun fudbol sport turi bn doimiy shug‘ullanib turishga imkon bo‘larmidi. Xattoki. maktab stadioni ham yomon ahvolda o‘quvchilar tuproq stadionda anchagjna changda darslarni olib borishadi. Balki. Mini stadioni maktab bn sheriklik asosida qursa kunduzgi vaqt maktab. Kechki payt mahalla yoshlari foydalanarmidi. Aytgancha. Tashabbus Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Madaniyat mahhallasidan.
Бекзод акани яхши танийман,Америка ойоқ остиларида:)
bir tiyinga qimmat loyiha chunki misol keltiradigan bõlsam xalq yõllarga sarflanishini istasa mabodo bu siz ham yõllarimizga yetarlicha mablag ajratilgan lekin õzgarishlardan darak yõq(mabodo õzgarishlar kõp dimoqchi bõsalarin man qishlogimga olib borib sizlarga keltirib beraman) bundan chiqti xalqimizzi fikri bilan yõllarimizga ovoz berilsa yana shu holat davom etadi pul ajratiladi lekin samarasidan esa darak bõlmaydi shuning uchun bu ishlar barchasi kõz bōyamachilik xolos. Bu meni mustaqil fikrim mabodo qarshilar yoki tushunmovchiliklar bõlsa bu hammasi kõz õngimizda bõlib turgan haqiqat xolos! boshqa yõnalishlar tanlangan taqdirda ham fikrim shu faqat yõlga emas!
ASSALOM ALEKUM XUSHNUD AKA PERVOD MASALANI YORITIB BERING AKA QABUL TEGADI DIB CHIQMOQDA LEKIN XECH KIM JAVOBLARINI BILOLMADI QANDAY QAY TARZDA BILIB OLISHIMIZ MUMKIN ? SHUNI ILOJISI BOLSA ANIQLASHTIRIB BERING OLDINDAN RAXMAT
@xushnudbek.uz Davlat byudjeti shaffogligini online platformasini tuzush kerak. Kim soliq tòladi va byudjetdan qayerga qancha pul tushdi.
Нурбек Утаев
Moliyachimizdan so‘rangchi oylik qachon osharkaaaaannn??????
Нурбек Утаев
O‘tgan yili bittasi chiqibolib vada berib yotudi ko‘rasilar 2021-yil oyliklar sezilarli darajada oyliklar oshadi deb. Qani vadalar o‘qituvchilarni oyligi itni keyingi oyog‘i bo‘lib yotibdiku.
Assalomu alaykum. Budjetimizda sal ortiqchoroq pulimiz bólsa har bir viloyatga quyosh va shamol elektir stansiyalarini qurishsin. Qish yaqin qoldi. Uzoqdan qol siltayabdi.Elektir muommosi yana boshladi....... Shuni akaxonlar tezroq kurib chiqishsin. Shu narsalarni ishlab chiqaradigon zavod ham qurishsin....Elektir liniyalarini tezroq korikdan ótkazib tamirlashsin. Qishda muzlab qolmaylik......
Ассалому алайкум. Бюджетда пул бўлса энг аввало йўлларни тузатиш керак. Ўзбекистонда Тошкент шаҳри ва вилоятлар марказларидан бошқа йўлларнинг аҳволи жуда ачинарли ҳолатдаку. Наҳотки шуни мутасаддилар кўришмаса! Хушнудбек, лойиҳа ташкилотчилари билан суҳбатлашсангиз албатта бу муаммони айтинг. Ишонишмаса ватанимиздаги ҳоҳлаган қишлоққа кириб чиқишсин, ўзлари кўришади йўлларимизни аҳволини.
Assalomu alaykum. Tashabbusga ovoz berish tartibini soddaroq qilishning iloji yo'qmi. Oddiy xalq ovoz bunday tartibda ovoz berishni bilmaydi. Qolaversa sayt ham juda qiyin ishlab turibdi.
FAHD | فهد
Milliy valyutamizning kelajagi haqida taxminlar bormikan iqtisodchilar da
Show next 90 comments