Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг бир қисмини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Ушбу лойиҳада фуқаролардан жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилди.

Эртадан бошлаб, якуний босқич, яъни овоз бериш босқичи бошланади. Қайси туманда қайси лойиҳа энг кўп овоз олса, ўша таклиф ғолиб деб топилади ва бюджетдан маблағ ажратилади.

Бу жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 14 август куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори
— Отабек Бакиров, иқтисодчи, банк ходими
— Беҳзод Ҳошимов, иқтисодчи, илмий тадқиқотчи

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

200 comments

Show 100 more comments
#savol
Aytaylik, bizni tashabbusga 70 mln so'm ajratilibdi. Tashabbusni amalga oshiramiz deb mas'ullar hududga kelishsa, hudud o'ylaganlaridan kattaroq chiqib qoldi, ya'ni 70 mln. so'm yetmaydi, 150 mln. so'm ketishi ma'lum bo'lsa, bunday vaziyatda qanday yo'l tutiladi?
Assalomu Aleykum faqat shaharlardamas qishloqlarda tumanlarda ko‘ngil ochar bog'lar yaratilsa misol uchun Surhondaryo viloyatining Sherabod tumanida diqqatga sozovor joyni o‘zi yo‘q bolalar maydonchasi va bog‘lar yaratilsa dam olish uchun zo‘r bo‘lardi hattoki shaharda ham ko‘zga koprinadigan joyni o‘zi yo‘q faqat mablag‘ yo‘lga sarf qilinyapdi bu yo‘lar hech tiklanmaydi yoki sifatga javob bermaydi ajratilgan mablag'larni yarimini opzlashtirish bilan ovoralar meni fikrimcha faqat yo‘lgamas shahar infiratuzulmasiga ham etibor qaratish lozim faqat shaharga emas qishloqlarga ham sharoit yaratish lozim surhondaryo misolida hattoki ichimlik suvi ham yo‘q aholi bundan qiynalishadi muammo sanasak barmoq yetmaydi
Ташаббусли бюджетнинг овоз бериш босқичида фуқаролар рўйхатдан ўтиб овоз бериши мумкинми ёки фақат ташаббус киритиб ID олганларгина овоз берадими?
Эшитишимча фақат ташаббус киритганлар орасидан овоз бериларкан, бунақа бўладиган бўлса коррупция ва таниш билишчиликдан хеч хам холис эмас бу лойиҳа.
O'rol Mamasoliyev
Ta'lim sifati doim oldinda bo'lishini xohlar edik.. hamma sohadagi oliy ta'lim muasasalarida ta'lim berish sifatini, o'qituvchilarni oylik maoshi kam bo'lsa oshirish kerak,
Assalom alekum Xushnudbek aka tashabbusga ovoz berib bolmayapti, ovoz berish uchun ovoz beradigan odam ham royxatdan otish kerakmi? Shunday bolsa iltimos soddaroq qilib ishlab chiqarish kerak chunki mahalladagilar aksariyat qismi internetdan yaxshi foydalanishni bilmaydi shu masalani ham sorasangiz
Muxriddin Nizomov
Assalomu alaykum yaxshimisizlar Toshkent shaxrida xar bir mahalla bo'yicha 2 milyartdan sarflanyapti viloyatlarda esa xech qanday o'zgarish yo'q masalan Buvayda tumanida Buvayda-Qo'qon asosiy yo'lini asfaltini ko'chirib ketganiga mana 3 oy bo'ldiki xali bajarilgani yo'q viloyatdagilar xam pul ajratinglar ular xam bir xil nalog to'layapti
Assalomu alaykum bugun ovoz berish boshlangani bilan ovoz berib bòlmayaptiku. Ovoz berish tartibi qanday
Bekzod Baxtiyorovich
Xushnudbek aka meni tashabbusim tasdiqlangan lekin ovoz berub bolmayapti. Boshqalarga berib bolyapti. Monopoliyaga tortyapti goyoki GM
Assalomu alaykum Xushnudbek aka openbudget.uz saytida ro‘yxatdan o‘tmasdan ovoz berishni yo‘lga qo‘yishni ilojini qilib berilar iltimos. Chunki asosan muammolar qishloq joylarda qishloq aholisi ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini ko‘pchilik bilishmaydi. Iltimos shuni inobatga olizlar. Xushnudbek aka iltimos agar ovozli chatda savol berishni imkoni bo‘lsa. Menga vaqt bering Qashqadaryodan Qilicheva Nuriya
Bakirooo byudjet taqsimotida viloyatdagilarga ham e'tibor berilishida jonbozlik ko'rsating
openbudget.uz порталидан баъзи туман ҳокимлиги Ишчи гуруҳининг баёнларини кўздан кечирдим. Кўриниб турибдику 1 та таклифни 5-15 киши киритган ва фақат биттасига қабул қилинди, қолганларига ташаббусингиз мазмуни бир хиллиги учун рад этилди овоз беришингиз мумкин деган изоҳ билан рўйхат шакллантирилган. Бундан кўриниб турибдику ишчи гуруҳ аъзолари олдиндан тартибни билган ҳолда (аксарият фуқаролар билмаслигидан фойдаланиб) ўзлари хохлаган ташаббусларни 5-15 киши номидан киритиб амалга оширмоқда.
Коррупция ва таниш билишчиликни олдини олиш учун овоз бериш жараёнида ташаббус киритилган МФЙда яшаётган хар бир фуқаро рўйхатдан ўтиб овоз бериши керак. Шуни иложи борми???
Ташкилотларди сметалари жуда кеч тасдикланади ойликлар 2 ойлаб чузилади. 3 ойдан бери битта интеграция килолмайди. Молния вазирлиги умуман ишламайди. Бирон нарсага пул сураса тугри кнмайди пул йук дейди лекин тангасини берса хал булади Энг расво вазирлик.
Openbudget.uz da tashabbuslarimizga ovoz berib bo'mayapti. Ovozni faqat ro'yxatdan o'tganlar beradimi ?. Ro'yxatdan o'tish ham ishlamayapti
Assalom aleykum Xushnudbek kanalini rasmiy bot i bormi? Qanday boğlansam bòladi ?
Ovoz berishda bunaqada ko'plab muammolarga duch kelamiz
4%xotin qizlar uchun kvotani ballarini ham elon qilsa bolmaydimi Xushnud aka
Xumorxon
Assalomu alaykum Xushnudbek uka men boshlanģich sinf òqituvchisiman 1 -2-3-4sinf larda ham komputer sinf lar ochilsin òquvchilar ham komputer òrgansa yaxshi bòlardi 5 tashabbusda borku shu yoshlikda olingan bilim toshga òyilgan naqshdir komputer olib berilsin boshlanģichlarga yuqori sinflarda bor bizni kirgizishmaydi
Xushnud aka oflayn ovozlar degan qism ham bor tashabbusda. U ham ovoz sifatida hisoblanadimi? Agar shunday bo'lsa qanday qilib oflayn ovoz bersa bo'ladi? Bu oddiy mahalladoshlar un qulayroq bo'larmidi balki. Ko'pchilikda saytda ro'yxatdan o'tishni iloji yo'q yo qiyin
Show next 51 comments