❓…бўладими?

Муштарийлар томонидан берилаётган саволларнинг жуда кўпчилиги “бўладими?” деб тугайди. Унақа қилсам бўладими, бунақа қилсам бўладими ва ҳ.к.

Ўтган йили ҳам бакалаврга, ҳам магистратурага топширсам бўладими, деган саволларга амалий жавоб бериш учун ўзим ҳужжат топшириб, бўлиши мумкинлигини исботлаб кўрсатгандим. Яъни баъзан “бўладими?” деб ўйланиб ўтирмасдан, ўша ишни қилиш керак, шунда бўлиш ёки бўлмаслиги маълум бўлади.

Ҳозир эса энг кўп берилаётган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❓Ҳозир талаба бўлиб ўқиётганлар абитуриент сифатида яна ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Хорижда ўқиётган талабалар ҳам ўқишни кўчириш учун ҳужжат топшириб, ҳам бакалаврга абитуриент сифатида рўйхатдан ўтса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат иккала имтиҳондан ҳам муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Бакалаврни тугатган битирувчи талаба ҳам магистратурага, ҳам иккинчи мутахассисликка, ҳам бакалаврга ўқишни топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат имтиҳонлардан муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Магистратурани тугатганлар яна бир бор бошқа мутахассисликка магистратурага топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади.

❓Ҳам техникумга, ҳам бакалаврга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Ҳам давлат ОТМларига, ҳам юртимиздаги бошқа хорижий ва хусусий университетларга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Давлат ОТМларига 5 тагача топширса бўлади, хорижий ва нодавлат-хусусий ОТМларга эса исталганча, хоҳланг ўнтасига, хоҳланг юзтасига ҳужжат топшириш мумкин. Фақат охирида биттасини танлаш керак.

❓Ўзбек тилида таҳсил олган абитуриент рус тили гуруҳига ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Бакалаврни давлат гранти асосида ўқиб тугатган битирувчи-талаба иккинчи мутахассисликка топширса бўладими?
❌ Йўқ, топшира олмайди. Батафсил мана бу ерда.

❓Давлат ОТМларида бешта йўналиш танлашда ҳам кундузги, ҳам сиртқини танласа бўладими?
❌ Йўқ, бўлмайди. Бешта йўналишнинг барчасида таълим шакли бир хил бўлиши керак.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 10 more comments
Bintu Tolib
Magistraturaga 2 ta joyga topshirsa boladimi
Assalom alekum. Ikkinchi mutaxassislikka qanday qilib hujjat topshirishim mumkin.
WillBeDeletedSoon
Бу постни хамма укиб утирган бир пайтда, Гишмат Хушнуднинг личкасига "окя, шуни шунака килсам буладими", деб ёзаётганди
Men bakalavrni Qo'qon davlat pedagogika institutida tugatdim , magistr topshirmoqchiman lekin diplomimizni ekektron shakli hali tayyor emas ekan , lekin boshqa OTM lardagi tanishlarik allaqachon diplomini elektron shaklida olib bo'lishdi, diplom tayyor bo'lishi nimaladga bog'liq?
Nega hammasi bir vaqtda tayyor bo'lmaydi?
Agar magistrga hujjat topshirish muddati tugaguncha tayyor bo'lmasa magistrga topshirmoqchi bo'lgan shuncha talaba nima qiladi?
Rektordan tuzukroq javob olmadik bu haqida so'rab
Nazarova
👍🤓👍
Oliy taʼlimni kontraktda tugatib oddiy abituriyent singari oʻqishga topshirib grand kirsa buladimi
Assalomu alaykum man ikkinci mutaxasislika topshirmoqci edim. Hali diplom olganim yoq, bundan tashqari ikkinchi mutaxasislik faqat kantrakka oqirkanim shu rostmi ? Iltimos ikkinchi mutaxasislikka topshirish haqida koproq malumot bersangiz Raxmat!!!
Assalomu aleykum Xushnudbek aka . Davlat grandida o'qiydigan talaba 2 chi mutaxasislikka o'qishga toshirsa bo'ladi degan qaror chiqdiku . Nimaga eski malumotni aytyapsiz .
Chemist
Хушнудбек хозирги вактдаги долзарб булган саволларга аник жавоб берилибти, РАХМАТ.
Пулатова Ирода
Пулатова Ирода
граммиф
Kакой вообще дурак сказал это? Чё прямо так бросать себя в огонь или из 10-того этажа, не спрашивая ни у кого можно или нельзя так делать. По моему тут вопрос просто в том что министерство образования потиряла контроль над всем происходящим. Вот и всё.
Ha
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, iltimos Bu yilgi Bakalavriatni bitirganlarni Diplomini haligacha berilmaganini ham yozing. Biz Magistraturaga topshirmoqchi edik haligacha Diplom yoʻq! Qabul tugashiga esa hech qancha qolmadi. Arizani koʻrib chiqishga ham 3-4 kun vaqt ketayotgan ekan bunga kim javob beradi🤦🏻‍♂️
ХуршидБек
Рахмат Хушнуд ака бошқа биронта манба сиз каби қисқа ва туншунарли қилиб маълумот бермайди ишингизга ривож биз фақат сизни кузатамиз омад
Obetga oshga kim boradi
Karimova
Assalomu aleykum! Murojatimiz shundan iboratki, hozirgi kunda Respublika bo'yicha barcha oliy ta'lm muassalarida dolzarb mavzulardan biri bo'layotgan, OTMni davlat granti asosida tugatgan talabalarni ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirishda diplomning asl nusxasi so'ralyapti! Bunga sabab O'zb Res. ta'lim muassalarida ikkinchi va undan keyingi ta'lim olish tartibi to'grisidagi nizom tasdiqlangan. vazirligi tomonidan 2008-yil 1844-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Nizomda Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun,oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bo‘lishi lozim deyilgan . Nizomdagi talablar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga to'g'ri keladimi!?Va yana bir muammo shundaki biz tugatgan oligohimizga online xujjat topshirdik(chet elga emas) va xujjatimiz tasdiqlandi(qabul bo'ldi) online xujjat topshirganlarni barchasini qabul qilishdi xujjatlarni yig'ib olish jarayonida esa biz grantlarni qabul qilshmaslikini aytishdi,nimaga axir bizlarning oramizda ishlayotganlar xam borku birinchi diplomi uchun ishlasa ikkinchi diplomiga kontraqt to'lasa buni nimasi noqonuniy ikkinchi mutaxasislikda kirsa,bu talim sirtqi bo'lsa, bu ish faoliyatiga xalaqit bermasa ,ish faoliyatiga yaxshi tasiri boru lekin yomon tasiri bo'lmasa kerak. Xulosa o'rnida bu masalani tartibga soluvchi nizomni qayta ko'rib chiqishni va yuqoridagi muammolarga oid o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritishda, davlat granti asosida ta'limni yaqinda tugatgan(3yil to'lmagan) talabalarga ikkinchi mutaxassislikka qabul qilinishiga amaliy yordam berishingizni so'rab qolamiz! Buning ortidan menga uxshagan bir qancha grant asosida o'qishni tamomlab ikkinchi talimda o'qimoqchi bolgan yoshlarga juda katta imkoniyat bo'lar edi.Yurtboshimiz yoshlarni qo'llab quvvatlaylik yoshlar bizning kelajakimiz deb bir qancha yigilishlarda so'zlagan,iltimos muammoni xal qilib bersangizlar bizlarni oqishga bo'lgan ishtiyoqimizni so'ndirmaysizlar degan umiddamiz.Va buning ortidan ishsizlik muammosi xam ozgina bolsayam xal bo'lar edi.
Пулатова Ирода
😂😂😂
Пулатова Ирода
Совзи киймат обетга чакиралмесиз хичкими🤣🤣
Yulduz Shuhratovna
Assalomu alaykum O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishini 1-kursini tamomlab uzrli sababga ko'ra o'z hududimga turdosh bo'lgan Xorijiy til va adabiyotiga perevod qilsam bo'ladimi 1-kursdagi o'tilgan fanlar farqi ancha katta bo'lsa ham deyarli hammasi boshqa boshqa fanlar 2 tasigina mos kelyapti?
Пулатова Ирода
Я поступила в техникум. Там у меня забрали диплом выданный коледжем. Это законно?
Show next 100 comments