❓…бўладими?

Муштарийлар томонидан берилаётган саволларнинг жуда кўпчилиги “бўладими?” деб тугайди. Унақа қилсам бўладими, бунақа қилсам бўладими ва ҳ.к.

Ўтган йили ҳам бакалаврга, ҳам магистратурага топширсам бўладими, деган саволларга амалий жавоб бериш учун ўзим ҳужжат топшириб, бўлиши мумкинлигини исботлаб кўрсатгандим. Яъни баъзан “бўладими?” деб ўйланиб ўтирмасдан, ўша ишни қилиш керак, шунда бўлиш ёки бўлмаслиги маълум бўлади.

Ҳозир эса энг кўп берилаётган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❓Ҳозир талаба бўлиб ўқиётганлар абитуриент сифатида яна ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Хорижда ўқиётган талабалар ҳам ўқишни кўчириш учун ҳужжат топшириб, ҳам бакалаврга абитуриент сифатида рўйхатдан ўтса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат иккала имтиҳондан ҳам муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Бакалаврни тугатган битирувчи талаба ҳам магистратурага, ҳам иккинчи мутахассисликка, ҳам бакалаврга ўқишни топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат имтиҳонлардан муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Магистратурани тугатганлар яна бир бор бошқа мутахассисликка магистратурага топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади.

❓Ҳам техникумга, ҳам бакалаврга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Ҳам давлат ОТМларига, ҳам юртимиздаги бошқа хорижий ва хусусий университетларга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Давлат ОТМларига 5 тагача топширса бўлади, хорижий ва нодавлат-хусусий ОТМларга эса исталганча, хоҳланг ўнтасига, хоҳланг юзтасига ҳужжат топшириш мумкин. Фақат охирида биттасини танлаш керак.

❓Ўзбек тилида таҳсил олган абитуриент рус тили гуруҳига ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Бакалаврни давлат гранти асосида ўқиб тугатган битирувчи-талаба иккинчи мутахассисликка топширса бўладими?
❌ Йўқ, топшира олмайди. Батафсил мана бу ерда.

❓Давлат ОТМларида бешта йўналиш танлашда ҳам кундузги, ҳам сиртқини танласа бўладими?
❌ Йўқ, бўлмайди. Бешта йўналишнинг барчасида таълим шакли бир хил бўлиши керак.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 21 more comments
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, iltimos Bu yilgi Bakalavriatni bitirganlarni Diplomini haligacha berilmaganini ham yozing. Biz Magistraturaga topshirmoqchi edik haligacha Diplom yoʻq! Qabul tugashiga esa hech qancha qolmadi. Arizani koʻrib chiqishga ham 3-4 kun vaqt ketayotgan ekan bunga kim javob beradi🤦🏻‍♂️
ХуршидБек
Рахмат Хушнуд ака бошқа биронта манба сиз каби қисқа ва туншунарли қилиб маълумот бермайди ишингизга ривож биз фақат сизни кузатамиз омад
Obetga oshga kim boradi
Karimova
Assalomu aleykum! Murojatimiz shundan iboratki, hozirgi kunda Respublika bo'yicha barcha oliy ta'lm muassalarida dolzarb mavzulardan biri bo'layotgan, OTMni davlat granti asosida tugatgan talabalarni ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirishda diplomning asl nusxasi so'ralyapti! Bunga sabab O'zb Res. ta'lim muassalarida ikkinchi va undan keyingi ta'lim olish tartibi to'grisidagi nizom tasdiqlangan. vazirligi tomonidan 2008-yil 1844-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Nizomda Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun,oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bo‘lishi lozim deyilgan . Nizomdagi talablar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga to'g'ri keladimi!?Va yana bir muammo shundaki biz tugatgan oligohimizga online xujjat topshirdik(chet elga emas) va xujjatimiz tasdiqlandi(qabul bo'ldi) online xujjat topshirganlarni barchasini qabul qilishdi xujjatlarni yig'ib olish jarayonida esa biz grantlarni qabul qilshmaslikini aytishdi,nimaga axir bizlarning oramizda ishlayotganlar xam borku birinchi diplomi uchun ishlasa ikkinchi diplomiga kontraqt to'lasa buni nimasi noqonuniy ikkinchi mutaxasislikda kirsa,bu talim sirtqi bo'lsa, bu ish faoliyatiga xalaqit bermasa ,ish faoliyatiga yaxshi tasiri boru lekin yomon tasiri bo'lmasa kerak. Xulosa o'rnida bu masalani tartibga soluvchi nizomni qayta ko'rib chiqishni va yuqoridagi muammolarga oid o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritishda, davlat granti asosida ta'limni yaqinda tugatgan(3yil to'lmagan) talabalarga ikkinchi mutaxassislikka qabul qilinishiga amaliy yordam berishingizni so'rab qolamiz! Buning ortidan menga uxshagan bir qancha grant asosida o'qishni tamomlab ikkinchi talimda o'qimoqchi bolgan yoshlarga juda katta imkoniyat bo'lar edi.Yurtboshimiz yoshlarni qo'llab quvvatlaylik yoshlar bizning kelajakimiz deb bir qancha yigilishlarda so'zlagan,iltimos muammoni xal qilib bersangizlar bizlarni oqishga bo'lgan ishtiyoqimizni so'ndirmaysizlar degan umiddamiz.Va buning ortidan ishsizlik muammosi xam ozgina bolsayam xal bo'lar edi.
Пулатова Ирода
😂😂😂
Пулатова Ирода
Совзи киймат обетга чакиралмесиз хичкими🤣🤣
Yulduz Shuhratovna
Assalomu alaykum O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishini 1-kursini tamomlab uzrli sababga ko'ra o'z hududimga turdosh bo'lgan Xorijiy til va adabiyotiga perevod qilsam bo'ladimi 1-kursdagi o'tilgan fanlar farqi ancha katta bo'lsa ham deyarli hammasi boshqa boshqa fanlar 2 tasigina mos kelyapti?
Пулатова Ирода
Я поступила в техникум. Там у меня забрали диплом выданный коледжем. Это законно?
Ўкишни хориждан кўчириш учун балл белгиландими ?
Xushnud aka, oxiridan ikkinchi yozganizni qayta tekshirib koʻring. Man bakalavrni grant asosida bitirganman 2020- yil, hozirda Iqtisodiyot institutida ikkinchi mutaxassislikka oʻqiyopman. Mumkin bu
Botir_ Joooon
Assalom alekum. Ikkinchi mutaxassislikka qanday qilib hujjat topshirishim mumkin.
OTMga diplom, ilova, pasportiz bn borib, rektor nomiga ariza yozasiz ikkinchi mutaxassislikka o'qimoqchiman deb.
Assalom Aleykum xushnudbek aka bur savolim bor edi iltimos javob kutaman.Man masalan shu yili o'zmu ga grand asosida o'qishga qabul qilindim 2 kursda buxduga perevod qilsam buxduga ham grandda o'qiymanmi yoki kontraktmi?
̲̲̲ ̲̲̲﷽̲̲̲ ̲S̲ล̲δ̲r̲.̲.̲❤
Assalomu alaykum hozir ozb OTM da oqiyotgan talaba oqishini ozini viloyatiga kochirmoqchi yani perevot qilmoqchi u abuturent sifatida hujjat topshirsa perevotga ta'siri yoqmi
Пулатова Ирода
Диплом же нужен для прохода на эгзамены в институт. У меня диплом забрали. Это законно?
ХуршидБек
Хушнуд ака сиртқи таълим йуналишига ажратилган квотада бор йуналишлар ҳужжат топширйотганда чиқмаяпти бунга нима сабаб фақат уша агентлик базасида бусангиз чиқади дейишди тушунмадим илтимос шу хақдаям малумот беринг тезроқ ҳужжат топширишга улгириб қолайлик
Show next 100 comments