❓…бўладими?

Муштарийлар томонидан берилаётган саволларнинг жуда кўпчилиги “бўладими?” деб тугайди. Унақа қилсам бўладими, бунақа қилсам бўладими ва ҳ.к.

Ўтган йили ҳам бакалаврга, ҳам магистратурага топширсам бўладими, деган саволларга амалий жавоб бериш учун ўзим ҳужжат топшириб, бўлиши мумкинлигини исботлаб кўрсатгандим. Яъни баъзан “бўладими?” деб ўйланиб ўтирмасдан, ўша ишни қилиш керак, шунда бўлиш ёки бўлмаслиги маълум бўлади.

Ҳозир эса энг кўп берилаётган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❓Ҳозир талаба бўлиб ўқиётганлар абитуриент сифатида яна ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Хорижда ўқиётган талабалар ҳам ўқишни кўчириш учун ҳужжат топшириб, ҳам бакалаврга абитуриент сифатида рўйхатдан ўтса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат иккала имтиҳондан ҳам муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Бакалаврни тугатган битирувчи талаба ҳам магистратурага, ҳам иккинчи мутахассисликка, ҳам бакалаврга ўқишни топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат имтиҳонлардан муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Магистратурани тугатганлар яна бир бор бошқа мутахассисликка магистратурага топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади.

❓Ҳам техникумга, ҳам бакалаврга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Ҳам давлат ОТМларига, ҳам юртимиздаги бошқа хорижий ва хусусий университетларга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Давлат ОТМларига 5 тагача топширса бўлади, хорижий ва нодавлат-хусусий ОТМларга эса исталганча, хоҳланг ўнтасига, хоҳланг юзтасига ҳужжат топшириш мумкин. Фақат охирида биттасини танлаш керак.

❓Ўзбек тилида таҳсил олган абитуриент рус тили гуруҳига ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Бакалаврни давлат гранти асосида ўқиб тугатган битирувчи-талаба иккинчи мутахассисликка топширса бўладими?
❌ Йўқ, топшира олмайди. Батафсил мана бу ерда.

❓Давлат ОТМларида бешта йўналиш танлашда ҳам кундузги, ҳам сиртқини танласа бўладими?
❌ Йўқ, бўлмайди. Бешта йўналишнинг барчасида таълим шакли бир хил бўлиши керак.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 36 more comments
Assalom Aleykum xushnudbek aka bur savolim bor edi iltimos javob kutaman.Man masalan shu yili o'zmu ga grand asosida o'qishga qabul qilindim 2 kursda buxduga perevod qilsam buxduga ham grandda o'qiymanmi yoki kontraktmi?
̲̲̲ ̲̲̲﷽̲̲̲ ̲S̲ล̲δ̲r̲.̲.̲❤
Assalomu alaykum hozir ozb OTM da oqiyotgan talaba oqishini ozini viloyatiga kochirmoqchi yani perevot qilmoqchi u abuturent sifatida hujjat topshirsa perevotga ta'siri yoqmi
Пулатова Ирода
Диплом же нужен для прохода на эгзамены в институт. У меня диплом забрали. Это законно?
ХуршидБек
Хушнуд ака сиртқи таълим йуналишига ажратилган квотада бор йуналишлар ҳужжат топширйотганда чиқмаяпти бунга нима сабаб фақат уша агентлик базасида бусангиз чиқади дейишди тушунмадим илтимос шу хақдаям малумот беринг тезроқ ҳужжат топширишга улгириб қолайлик
Assalomu alaykum. Xushnud aka savolim bor edi shu haqida ham post qiling. Viloyatdan uzurli sababi bulsa Toshkentga mos yo'nalishi bo'yicha ko'chirish mumkin dediz. Savolim Grand asosida uqiyotgan bo'lsa Grand asosida ko'chiriladimi? Shu haqida ma'lumot bering aka!!!!!!
Xushnud akani uziga qanday yozsak bòladi
Assalomu alaykum. Tojikistondagi oqishimni Ozbekistonga kochirish uchun qanday maslahat berasz
Agar talaba hujjat topshirib imtihondan o'tsa unda yo eski o‘qiyotgan institutini yoki yangisini tanlash huquqi bormi
🎓SIROJBEK🎓
Assalomu alaykum. Xushnud aka savolim bor edi shu haqida ham post qiling. Viloyatdan uzurli sababi bulsa Toshkentga mos yo'nalishi bo'yicha ko'chirish mumkin dediz. Savolim Grand asosida uqiyotgan bo'lsa Grand asosida ko'chiriladimi? Shu haqida ma'lumot bering aka!!!!!!
📌 Grantdagilar grant bo'lib ko'chmaydimi?

Grantdagilar grant bo'lib ko'chadi qachonki o'zini yo'nalishi bo'yicha perevod qilsa, masalan Matematikadan Matematikaga, yoki pedagogikadan pedagogikaga. Buni ro'yxati shu yerda 👉 https://t.me/YQQUZB_KANAL/7232

Grantdagilar yana 2ta sababga ko'ra grant bo'lib ko'chishi mumkin.
1. Imtiyoz bilan o'qishga kirgan bo'lsa.
2. Nogironligi bor bo'lsa.

Boshqa sabablar inobatga olinmaydi va ko'chirayotgan talaba grantdan kontraktga tushadi
̲̲̲ ̲̲̲﷽̲̲̲ ̲S̲ล̲δ̲r̲.̲.̲❤
Assalomu alaykum hozir ozb OTM da oqiyotgan talaba oqishini ozini viloyatiga kochirmoqchi yani perevot qilmoqchi u abuturent sifatida hujjat topshirsa perevotga ta'siri yoqmi
📌 Grantdagilar grant bo'lib ko'chmaydimi?

Grantdagilar grant bo'lib ko'chadi qachonki o'zini yo'nalishi bo'yicha perevod qilsa, masalan Matematikadan Matematikaga, yoki pedagogikadan pedagogikaga. Buni ro'yxati shu yerda 👉 https://t.me/YQQUZB_KANAL/7232

Grantdagilar yana 2ta sababga ko'ra grant bo'lib ko'chishi mumkin.
1. Imtiyoz bilan o'qishga kirgan bo'lsa.
2. Nogironligi bor bo'lsa.

Boshqa sabablar inobatga olinmaydi va ko'chirayotgan talaba grantdan kontraktga tushadi
Assalomu alaykum! Man 4 kursni bitirdim darsga umuman bormaganman domlalarni kuziga yomon kurinma deganlar man hechkimni kuziga kurinmadim hechkimga zararim tegmagan lekin diplom bermayapti. Yordam bering
Buni uchun OTM larga imtihon topshirish kerakmi
D🅸🆈o🆁b🅴🅺 Sa🅸🅳o🆅 🖤
Assalom Aleykum xushnudbek aka bur savolim bor edi iltimos javob kutaman.Man masalan shu yili o'zmu ga grand asosida o'qishga qabul qilindim 2 kursda buxduga perevod qilsam buxduga ham grandda o'qiymanmi yoki kontraktmi?
📌 Grantdagilar grant bo'lib ko'chmaydimi?

Grantdagilar grant bo'lib ko'chadi qachonki o'zini yo'nalishi bo'yicha perevod qilsa, masalan Matematikadan Matematikaga, yoki pedagogikadan pedagogikaga. Buni ro'yxati shu yerda 👉 https://t.me/YQQUZB_KANAL/7232

Grantdagilar yana 2ta sababga ko'ra grant bo'lib ko'chishi mumkin.
1. Imtiyoz bilan o'qishga kirgan bo'lsa.
2. Nogironligi bor bo'lsa.

Boshqa sabablar inobatga olinmaydi va ko'chirayotgan talaba grantdan kontraktga tushadi
Шерзодбек 36-мактаб директори
Assalomu alaykum Xushnudbek, bo'ladimiga savol.
10-sinf bitiruvchilari ham oliy ta'limga hujjat topshirsa qabul qilyabdi. Atestatsiz, to'lovni amalga oshirib hujjat topshirish mumkinmi, ular imtixonga qo'yiladimi. Javob uchun rahmat.
Assalamu alekum grandlar ikkinchi mutaxasislik uchun hujjat topshirishga ruxsat berilmadimi bu yildan
........ ........
FVV akademiyasini tugatganlar ikkinchi mutaxasislikka topshira oladimi.Ozi umuman harbiy talim muassasalarini bitirib ikkinchi mutaxasislikka oqisa boladimi
Mahliyo Usmonova
Assalomu alaykum texnikomda oqiyotgan talaba bakalavrga topshirsa boladimi
Assalomu alaykum.Talaba hujjat topshirganda toʻlov ham qiladimi shu haqida maʼlumot bering.
Odina
Menda talim test tili deganda ruschali belgilasam lotin Bob qovotti
Kn chet tili degan joyiga yoq degan yozuv chiqvotti. Nima qisam boladi Kim biladi
Show next 100 comments