❓…бўладими?

Муштарийлар томонидан берилаётган саволларнинг жуда кўпчилиги “бўладими?” деб тугайди. Унақа қилсам бўладими, бунақа қилсам бўладими ва ҳ.к.

Ўтган йили ҳам бакалаврга, ҳам магистратурага топширсам бўладими, деган саволларга амалий жавоб бериш учун ўзим ҳужжат топшириб, бўлиши мумкинлигини исботлаб кўрсатгандим. Яъни баъзан “бўладими?” деб ўйланиб ўтирмасдан, ўша ишни қилиш керак, шунда бўлиш ёки бўлмаслиги маълум бўлади.

Ҳозир эса энг кўп берилаётган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❓Ҳозир талаба бўлиб ўқиётганлар абитуриент сифатида яна ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Хорижда ўқиётган талабалар ҳам ўқишни кўчириш учун ҳужжат топшириб, ҳам бакалаврга абитуриент сифатида рўйхатдан ўтса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат иккала имтиҳондан ҳам муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Бакалаврни тугатган битирувчи талаба ҳам магистратурага, ҳам иккинчи мутахассисликка, ҳам бакалаврга ўқишни топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат имтиҳонлардан муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Магистратурани тугатганлар яна бир бор бошқа мутахассисликка магистратурага топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади.

❓Ҳам техникумга, ҳам бакалаврга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Ҳам давлат ОТМларига, ҳам юртимиздаги бошқа хорижий ва хусусий университетларга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Давлат ОТМларига 5 тагача топширса бўлади, хорижий ва нодавлат-хусусий ОТМларга эса исталганча, хоҳланг ўнтасига, хоҳланг юзтасига ҳужжат топшириш мумкин. Фақат охирида биттасини танлаш керак.

❓Ўзбек тилида таҳсил олган абитуриент рус тили гуруҳига ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Бакалаврни давлат гранти асосида ўқиб тугатган битирувчи-талаба иккинчи мутахассисликка топширса бўладими?
❌ Йўқ, топшира олмайди. Батафсил мана бу ерда.

❓Давлат ОТМларида бешта йўналиш танлашда ҳам кундузги, ҳам сиртқини танласа бўладими?
❌ Йўқ, бўлмайди. Бешта йўналишнинг барчасида таълим шакли бир хил бўлиши керак.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum
Kechgi tarix ingliz yunalishlar qayerlarda bor
Assalomu aleykum xorijdan o‘qishni ko‘chirishda 5 ta OTM tanlasa bo‘ladimi,o‘qishni ko‘chirishda xujjat topshirish pullimi
Men toʻgʻrisi Xushnudbek siz bilan bogʻlana olmaganim uchun shu yerga oʻz murojaatimni qoldirmoqchiman. Albatta, buni siz hal qilmaysiz, ammo muhokamaga qoʻya olasiz deb oʻylayman. Murojaatim ona tili va adabiyot fani mutaxassisligida boʻlgan qoʻshimcha badiiy adabiyotlar boʻyicha. Bu adabiyotlarning ayrim joylarida axloq normalariga zid keladigan, boshqa til bilan aytilganda 18+ joylari bor. Aynan shu oʻrinlarni savol-javob qilib ham boʻlmaydi. Bu repetitorlar uchun ham, abituriyentlar uchun ham noqulay. Ona tili va adabiyot yoʻnalishidagi abituriyentlar jami 30 ta kitob oʻqishi kerak shundoq ham: 5-6-7-8-9-10-11- sinf ona tili. 10-11-sinf ona tili 2 qismdan Jami 9 ta. Adabiyot boʻyicha 5-6-7-8-9-10-11. 10-11 Adabiyot 2 qism Jami 9 ta Badiiy asarlar 12 ta jami 9+9+12=30 ta kitob oʻqish kerak. Boshqa yoʻnalishlarda darsliklar soni nisbatan kamroq. Masalan biologiya yoʻnalishida faqat 7 ta darslik oʻqish kerak. Ular shu 7 ta darslikni tugatsa boʻldi. Bu oʻrinda abituriyentlar orasida norozilik boʻlmoqda
Бахром Холбоев
Миллий сертификат биология фанидан чикмади шунинг учун сиз ташкил килган чатда ёлгон маълумот берган ДТМ вакилини хам жазоласа буладими
Qoyil hozir yoshlar uchun imkoniyatlar koʻp,bundan 10yillar oldin faqat bitta yoʻnalishni tanlab topshirardik va tunu kun kitobdan bosh koʻtarmay oʻqib imtihonga huddi jangga ketayotgan askardek kuzatishardi,kontraktga oʻqishga kirganimni bilan kunim rosa yigʻlaganman. Ota onamni oldida xijolat boʻlib. Qizbolaga nima zaril deganlar ham koʻp boʻlgan . Ollohga shukur ,ota onamga rahmat deyman. Yoshlar Olgʻa .Imkoniyatlardan foydalaning siz uchun barcha eshiklar ochiq.
Assalom aleykum Xushnudbek aka bir savolib bor edi iltimos shuni yoritib bersangiz. Biologiya fanidan Milliy sertifikat javoblarini DTM nega chiqarmayotgani haqida , qachon chiqarishi va agar qabul tugagandan keyin chiqarishsa abiturentlar nima qilishlari haqida qisqacha ma'lumot bersangiz iltimos.
Dilafruz Kuchkarboeva
O'zbek tili va adabiyotimi
Ha òzbek tili va adabiyoti faqat kechki ta'lim
Dilafruz Kuchkarboeva
Menga topshirmoqchi bo'lgan fakultetiz nomini ayting
99 745 84 77 mana shunga ochilgan telegramga yozing iltimos yordamingiz kerak yordam bersangiz sizdan umrbod minnatdor bòlaman
Хусанбой
Biologiya fanidan sertifikat qachon chiqar ekan 1 kun vaqt qoldi qacon saytga joylaymiz xushnudbek aka aniqlashga yordam bering
KING...
Ha òzbek tili va adabiyoti faqat kechki ta'lim
Men sizga bir kishini nomerini beraman 942748370 bu Orifjon Olimjonov yoshlar yetakchisi bo'ladilar ular sizga yordam beriladi eng kamida usha fakultet dekanati bilan boglanadigan raqam beradi faqat ularga yaxshilab tushuntiring uzizni tanishtiring yaxshilar juda yordam beradi sizga
𝓜𝓮𝓱𝓻𝓲𝓷𝓲𝓼𝓸 𝓕𝓪𝔂𝔃𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪
👍 sizga omad Xushnudbek .doimo savollarga shunday charchamasdan javoblar beravering
Zulfira No'monova
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka, magistraturaga hujjat topshirsak, hali qabul qilinmasdan oldin OTM ni o'zgartirsa bo'ladimi?
Show next 100 comments