❓…бўладими?

Муштарийлар томонидан берилаётган саволларнинг жуда кўпчилиги “бўладими?” деб тугайди. Унақа қилсам бўладими, бунақа қилсам бўладими ва ҳ.к.

Ўтган йили ҳам бакалаврга, ҳам магистратурага топширсам бўладими, деган саволларга амалий жавоб бериш учун ўзим ҳужжат топшириб, бўлиши мумкинлигини исботлаб кўрсатгандим. Яъни баъзан “бўладими?” деб ўйланиб ўтирмасдан, ўша ишни қилиш керак, шунда бўлиш ёки бўлмаслиги маълум бўлади.

Ҳозир эса энг кўп берилаётган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❓Ҳозир талаба бўлиб ўқиётганлар абитуриент сифатида яна ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Хорижда ўқиётган талабалар ҳам ўқишни кўчириш учун ҳужжат топшириб, ҳам бакалаврга абитуриент сифатида рўйхатдан ўтса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат иккала имтиҳондан ҳам муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Бакалаврни тугатган битирувчи талаба ҳам магистратурага, ҳам иккинчи мутахассисликка, ҳам бакалаврга ўқишни топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат имтиҳонлардан муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Магистратурани тугатганлар яна бир бор бошқа мутахассисликка магистратурага топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади.

❓Ҳам техникумга, ҳам бакалаврга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Ҳам давлат ОТМларига, ҳам юртимиздаги бошқа хорижий ва хусусий университетларга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Давлат ОТМларига 5 тагача топширса бўлади, хорижий ва нодавлат-хусусий ОТМларга эса исталганча, хоҳланг ўнтасига, хоҳланг юзтасига ҳужжат топшириш мумкин. Фақат охирида биттасини танлаш керак.

❓Ўзбек тилида таҳсил олган абитуриент рус тили гуруҳига ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Бакалаврни давлат гранти асосида ўқиб тугатган битирувчи-талаба иккинчи мутахассисликка топширса бўладими?
❌ Йўқ, топшира олмайди. Батафсил мана бу ерда.

❓Давлат ОТМларида бешта йўналиш танлашда ҳам кундузги, ҳам сиртқини танласа бўладими?
❌ Йўқ, бўлмайди. Бешта йўналишнинг барчасида таълим шакли бир хил бўлиши керак.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
Ismatov🌙
Assalomu alaykum men 1kursni tamomladm,uqish joym uzimni hududimdan uzoqda bulganligi un kunduzgidan sirtqiga uzmni yunalishimga kuchirmoqchiman.Sirtqi qilish ham transfer.edu.uz sayti orqali qilinadimi yoki dekanatga ariza yozish kkmi srogi qancha iltimos shu haqida ham malumot bervorila.
Bahodir.
Хушнудбек салом!! Мен урта маълумотлиман. Иш стадии 10 йилдан ортик электр тармокларида ишлайман. Кандай килиб ОТМнинг сиртки булимига хужжат топширсам булади. Олдиндан Рахмат!!!
🌞DILSO'Z🌞
Шахрия Яздоновна
Хато деяпти
Kodni aniq yozdizmi . Man shunday kiraman nomer va kodni terib
Шахрия Яздоновна
Шахрия Яздоновна
Мана ариза холатини текшириш учун Канака паролни териш керак
🌞DILSO'Z🌞
Ismatov🌙
Assalomu alaykum men 1kursni tamomladm,uqish joym uzimni hududimdan uzoqda bulganligi un kunduzgidan sirtqiga uzmni yunalishimga kuchirmoqchiman.Sirtqi qilish ham transfer.edu.uz sayti orqali qilinadimi yoki dekanatga ariza yozish kkmi srogi qancha iltimos shu haqida ham malumot bervorila.
Uziz kursatgan saytga kirasiz. Sirtqi kunduzgi kechki hammasi turdosh bulgan fakultetgami yoki boshqa hududgami qanaqa yunalishga va joyga pervot qilmoqchi bulsangiz shu saytda amalga oshirasiz. Ichki pervotning har qanday yunalishi shu saytda
Assalomu-alaykum Xushnud aka, men shu yil IIV qashqadaryo akademik litseyini imtiyozli diplom bilan tamomladim (viloyat bo'yisha o'tkazilgan huquqshunoslik fan olimpiadasida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritganman) va IIV akademiyasiga hujjatlarimni topshirgan edim to'plagan ballim ozroq kamligi sababli mandatdan o'ta olmadim, lekin shunday bo'lsada men ikkinchi imkoniyatimdan foydalangan holda jamoat xavfsizligi universitetining yurispredensiya yo'nalishiga hujjatlarimni topshirdim, savolim shundan iboratki:26.09.2017 yildagi VMQ-767 sonli qarorining 1- bandi 4-xatboshisiga ko'ra "IIV akademik litseylari bitiruvchilariga Yong'in xavfsizligi Instituti va Jamoat xavfsizligi universitetiga kirish imtihonlarida to'planishi mumkin bo'lgan ballning 10% miqdorida ball qo'shib berilishi belgilangan",lekin DTM.uz shaxsiy Kabinetimda bu imtiyoz kiritilmagan. Ushbu masalada kimga murojaat qilsam bo'ladi? Javob uchun oldindn rahmat!
Turdosh fakultetlar ro‘yhati bo‘lsa jo‘natilar iltimos
Assalomu aleykum savolim bor hozida men Termiz davlat texnika universitetida òqiman yònalishim elektr energetika kunduzgi talim shaklida òqiman.Men òqishni kòchirmoqchiman òzimni yashash joyimga yani Qoraqalpoqa shu òzimni yònalishimga lekin kunduzgimas sirtqi talim yònalishiga.shunga perevod qisam bòladimi yani birmartalik super kantrakt tòlamaymanmi shuasala bòyicha murojat qilyapman
✈🕋🕌
Assalomu alaykum ertaga yunalishini sirtqidan kunduzgiga uzgartirmoqchi edim shunga 22 kungachaku qabul qiladimi yo imkoni yumi
Shahlo Darmonova
Assalomu alaykum man birinchi yil hujjat topshirishim. Lekin manga 5100dan tolov qilin degan habar keldi. Dtm imda hech qanday tolov soralmagan ertaga muammo bolib qolmaydimi kim bilsa iltimos javob berilar. Bir OTMdan 2ta yonalishni 2ta OTM sifatida tanlasa boladimi. Oldindan rahmat.
Shahlo Darmonova
Iltimos kimdir bilsa yordam bervorilar
......
Assalomu aleykum iltimos menga qanday qilib zaks qogozni tezroq olish mumkunligi haqida malumot bering oqishimni perevod qilish uchun tezroq olish imkoni bormi. Bazi sabablarga kora kechroq ariza bergandik
Shahlo Darmonova
Assalomu alaykum man birinchi yil hujjat topshirishim. Lekin manga 5100dan tolov qilin degan habar keldi. Dtm imda hech qanday tolov soralmagan ertaga muammo bolib qolmaydimi kim bilsa iltimos javob berilar. Bir OTMdan 2ta yonalishni 2ta OTM sifatida tanlasa boladimi. Oldindan rahmat.
Menimcha diz bitirgan yilingizni 2021 deb yozgansiz lekin avvalroq bitirgansiz 2020 dami shuni inobatga olingki bu yilgi bitiruvchilargagina bepul 5 yil oldin bitirib umuman topshirib kormagan bo'lssngiz xam birinchi topshirishdsa pul to'laysi chunki bu yil bitirmagan hisoblanasiz
Salom men 2 mutaxasislikka hujjat topshirmoqchiman hujjat ttopshirish tartibi qanday
Shahlo Darmonova
Mana shu yil bitirdim
Horijdan o‘qishni ko‘chirishda 5 ta OTM tanlash imkoni bormi
Show next 68 comments