❓…бўладими?

Муштарийлар томонидан берилаётган саволларнинг жуда кўпчилиги “бўладими?” деб тугайди. Унақа қилсам бўладими, бунақа қилсам бўладими ва ҳ.к.

Ўтган йили ҳам бакалаврга, ҳам магистратурага топширсам бўладими, деган саволларга амалий жавоб бериш учун ўзим ҳужжат топшириб, бўлиши мумкинлигини исботлаб кўрсатгандим. Яъни баъзан “бўладими?” деб ўйланиб ўтирмасдан, ўша ишни қилиш керак, шунда бўлиш ёки бўлмаслиги маълум бўлади.

Ҳозир эса энг кўп берилаётган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❓Ҳозир талаба бўлиб ўқиётганлар абитуриент сифатида яна ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Хорижда ўқиётган талабалар ҳам ўқишни кўчириш учун ҳужжат топшириб, ҳам бакалаврга абитуриент сифатида рўйхатдан ўтса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат иккала имтиҳондан ҳам муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Бакалаврни тугатган битирувчи талаба ҳам магистратурага, ҳам иккинчи мутахассисликка, ҳам бакалаврга ўқишни топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Фақат имтиҳонлардан муваффақиятли ўтса, биттасини танлаш керак бўлади.

❓Магистратурани тугатганлар яна бир бор бошқа мутахассисликка магистратурага топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади.

❓Ҳам техникумга, ҳам бакалаврга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Ҳам давлат ОТМларига, ҳам юртимиздаги бошқа хорижий ва хусусий университетларга ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Давлат ОТМларига 5 тагача топширса бўлади, хорижий ва нодавлат-хусусий ОТМларга эса исталганча, хоҳланг ўнтасига, хоҳланг юзтасига ҳужжат топшириш мумкин. Фақат охирида биттасини танлаш керак.

❓Ўзбек тилида таҳсил олган абитуриент рус тили гуруҳига ҳужжат топширса бўладими?
✅ Ҳа, бўлади. Батафсил мана бу ерда.

❓Бакалаврни давлат гранти асосида ўқиб тугатган битирувчи-талаба иккинчи мутахассисликка топширса бўладими?
❌ Йўқ, топшира олмайди. Батафсил мана бу ерда.

❓Давлат ОТМларида бешта йўналиш танлашда ҳам кундузги, ҳам сиртқини танласа бўладими?
❌ Йўқ, бўлмайди. Бешта йўналишнинг барчасида таълим шакли бир хил бўлиши керак.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
Shahlo Darmonova
Iltimos kimdir bilsa yordam bervorilar
......
Assalomu aleykum iltimos menga qanday qilib zaks qogozni tezroq olish mumkunligi haqida malumot bering oqishimni perevod qilish uchun tezroq olish imkoni bormi. Bazi sabablarga kora kechroq ariza bergandik
Shahlo Darmonova
Assalomu alaykum man birinchi yil hujjat topshirishim. Lekin manga 5100dan tolov qilin degan habar keldi. Dtm imda hech qanday tolov soralmagan ertaga muammo bolib qolmaydimi kim bilsa iltimos javob berilar. Bir OTMdan 2ta yonalishni 2ta OTM sifatida tanlasa boladimi. Oldindan rahmat.
Menimcha diz bitirgan yilingizni 2021 deb yozgansiz lekin avvalroq bitirgansiz 2020 dami shuni inobatga olingki bu yilgi bitiruvchilargagina bepul 5 yil oldin bitirib umuman topshirib kormagan bo'lssngiz xam birinchi topshirishdsa pul to'laysi chunki bu yil bitirmagan hisoblanasiz
Salom men 2 mutaxasislikka hujjat topshirmoqchiman hujjat ttopshirish tartibi qanday
Shahlo Darmonova
Mana shu yil bitirdim
Horijdan o‘qishni ko‘chirishda 5 ta OTM tanlash imkoni bormi
Horijdan o‘qishni ko‘chirishda 5 ta OTM tanlash imkoni bormi,
M.n boshlang‘ich ta‘lim fakultetini tanlab ,5 ta OTM tanlash imkoni
Abdusalom Ro`ziyev Qiziltepa 14-maktab MMIBDO'
Assalomu alaykum Xushnud aka iloji bo'lsa o'qishni ko'chirish Puli bo'yicha ovozli chat tashkillashtirsaiz zo'r bo'lardi. Savolim Samarqand veterinariya institutidan Navoiy pedagogika instituti biologiya yo'nalishiga ko'chirmoqchiman, to'lovi qancha bo'ladi. Fan yo'nalishlari bir xil. Oldindan rahmat !
Assalomu alaykum men bu yil FarDU ning Sotsiologiya yonalishini tamomladim boshlangichga perevod olay desam uzrli sababim yo super kontrakt miqdori baland agar shu yonalishdan ketadigan bolsam qayerlarda ishlashim mumkin hech kimdan aniq javob ololmadim hatto talim muassasamdagi ustozladan ham shu ish joyim aniq emasligiga perevod omoqchi edim iltimos tushuncha bersangiz oldindan rahmat
Rustam Yuldashov
Салом. Сирткидан кундизгига ички перевод учун пул туланадими.
Vakhitova Laylo 1814
Ikkinchi mutaxassislikka bu yil hujjatlar qay tartibda topshiriladi online yoki offline kn otkan yili davlar granti asosida oqigan talabalar ham 2- mutaxassislikka topwshirgandi bu yil tartib qanday boladi iltimos shu haqida batafsil malumot bering
Umidjon
Assalomu alaykum Men Farg’onalikman Samarqandda o‘qiman Toshkentga mos va turdosh yo‘nalisha ko'chirish uchun to'lov qilamanmi
Iltimos km biladi aytvorilar, iloji boricha tezroq
Umidjon
Ariza topshiradigan vaqt otib ketmasin
M.O.T
Musiqa talimiga 5 ta joyga topshirsa buladimi
Xushnid aka bo‘ladi bo‘maydi javoblarga aniq javob berganiyiz uchun ham obunachilar soni 350 minga yaqinlashdida aka.
Assalom allaykumm.Xushnudbek aka savol bor edi:
Oliy ta‘lim muassasasiga hujjat topshirganman.shaxsiy kabinetdan imtiyozlar bo‘limidan bilmasdan nogironlik imtiyozini belgilab yuborganman.Shu imtiyozni qanday bekor qilsa bo‘ladi.
Hammaga ma‘lumku nogironlardan to‘lov olinmaydi men esa yarim ish haqqi tarzda pul to‘lashim kerak.Nogironlik sertifikati qabul qilinmasa men to‘lov qilmaganman.
Endi nima qilishim kerak?
Shu haqida tezroq ma‘lumot bersangiz.Bugun hujat topshirishni oxirgi kuni
Assalom aleykum 1ta OTM ning oʻzida biologiyadan ona tili adabiyotga oʻtkazsa puli qancha boʻladi.
Assalomu aleykum men Qozogistonning chimkent tibbiyot akademiyasida oqiyman. Õqishimni kochirmoqchiman.Uyim Namanganda Namanganga ham tibbiyot yonalishi bu yildan ochildi. Men bu yil 2 kursni Namanganga kochirsam boladimi yoki faqat 1 kurslar olinadimi bu yil.Perevodda qayerga yozishni bilmayapman
Robiya
OTM ni davlat grantida o‘qigan talaba qayta tayyorlovda o‘qisa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum, davlat granti asosida OTMni bitirgan talaba ikkinchi mutaxassislikka topshirsa bo‘ladimi?
Show next 53 comments