This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ижара азоби

Дўстимиз Феруз Муҳаммад ижара азоблари ҳақида яхши репортаж тайёрлабди. Ўзим қатнашганлигим учун яхши демаяпман. Аксинча, мен асосан ҳуқуқшунос сифатида ўз фикримни айтганман холос.

Лекин машҳур диний уламо Саййид Раҳматуллоҳ Термизий, маҳоратли журналист Нозима Воҳидова, маърифий чиқишлари билан танилган Абдукарим Мирзаев, актёр Аҳрор Қўшматов, "Азон китоблари" нашриёти бош муҳаррири Ҳусан Мақсуд каби юртдошларимиз ижарада туриш қийинчиликлари, ўз бошидан ўтган ибратли воқеалар ва фойдали насиҳатлар билан ўртоқлашган.

Ушбу репортажни ижара берувчиларга ҳам, ижарада турувчиларга ҳам кўришни тавсия этаман.

👉 Тўлиқ видео: https://youtu.be/ZH1W2P_YTCo

224 comments

Show 100 more comments
Gm
Rahmat Hushnudbek,hozirgi kudagi eng dolzarb muammoni yoritibsiz,Ijara muammosi Toshkentda juda qiyin masala.Prizident ,hokimlar,deputatlar,oliy talim boshliqlarining hammasi talaba bo'lgan,nega shu muammo haqida bosh qotirishmaydi,yoki "ular ham bizdek qiynalishsin,studentlik o'zi shunaqa bo'ladi " degan o'z qarashlari bordir. Ko'p qavatli uylar qurib soqqa qilishni biladi ,lekin oliygohlr turar joylarini yanada kengaytirih haqida o'ylab ham ko'rshmayd.6000 ta talabas bor oliygohning 1000ta o'rinli yotoqxonasi bor,xo'sh qolgan 5000tasi kvartirada palon summaga ijarada yashaydi. Xo'sh nima deb o'ylaysiz,quyidagi 5000nafar talaba o'qiydimi yoki ishlab pul topishga harakat qiladimi.Albatta ishlaydi,kop kotta yigirmadan oshgan erkak uydan pul suraydimi?adashasiz bunga talabaning g'ururi yo'l qo'ymaydi. Yana bir gap, o'tgan yili bitta kallali o'zicha qonun chiqargan:"Budjetga o'qiydiganlar smestrda fanlardan 30 foizini o'zlashtirolmasa 6 oylik stependiy berilmaydi" Savol tug'ilishi mumkun" grantda o'qiydigan ko'proq bilsinda kontrakt to'lamay o'qiyotgan bo'lsa" Tasavvur qiling matematikada o'qiyotgan talaba Fuqorolik jamiyati,tarix,yana qanaqadir mutaxassligi bo'lmagan fandan 3 baho oldi va unga stipendiy berilmydigan bo'ldi,Mutaxasislik fanlarinini 5 ga yopsa xam. Kiyin u nima qiladi ,pul kerak ishlaydi,o'qish uchun vaqt topolmaydi va undan buyuk kadr chiqadi. Yuqoridagi budjedchilar uchun chiqarilgan qarorni xatoligi mana shunda. Xullas studentlarni fikri xayoli o'qishda emas ,pul topishda bo'ladi.o'qishga Qiziqish ham qolmaydi,maqsad o'qishni tezroq tugatib diplom olish bo'lib qoladi. Ta'lim sohasida kamchilik juda ham ko'p,ta'limni rivojlantirishda faqat yaxshi bilim berishni tushunmaslik kerak,Talim oluvchilaring psixalogik ichki muhitini ta'lim olishga moslashtirish kerak.Ya'ni talaba o'quvchida muammolar va ular hosil qiladigan stress holatlar bo'lmasligi kerak. Bizning o'zbekistonda faqat soqqa qilishni o'ylashadi. Talabaning bir sum haqqiga ham ko'z olaytirishadi.(misol:budjetchilarga stipendiya tayinlash to'g'risidagi qaror.Bergani 40 $ ,boshqa davlatlarga o'xshab 500$ 600$ stependiya ajratganida bir joyi o'pirilib ketardi) Uzur boshqa mavzuda yozivorganim uchun
👍👍👍
Oʻzi talabalik davrlari eng qiynaladigan davr ekan ham kontrakt ham ijara haqqi yeb ichish exxee harajatlar juda koʻp pul esa kam ...
Алишер Кубаев
Эх зўр мавзу бўбди мен хам Тошкентда ижара масаласида жуда қийналганман хозир хам бу масаласа мени оғириқли нуқтам лекин нолимайман.
Энг ёмони МАКЛЕР деган харомхўрлар чиқган бировдан квартира олмоқчи бўёлсангиз маклер жанобларига 50% тўлайсиз. Ва унданда ёмони худди ўша маклерлар нархни белгилайди ва шу сабаб ижара пули қиммат
Universitetda biror kun ham yotoqxonada turmaganman. Yotoqxonada turishga xujjatlarimni topshirganimda "Sen byudjetda o'qiysan" degan javobni olganman.
Zor video bopti gap yo
Og'abek Solayev
Juda zo'r mavzu bolibdi men ham studentman ijarada turaman ijara haqqi juda qimmat qolganiniku aytmasa ham boladi bizni tushinib mavzu tayyorlaganlarga katta raxmat
Жилатдингиз🤧
Менам келганимдан бери квартира излайман.

Ака, ишга кириш масаласини ҳам кўтариб чиқинглар. Психолог бакалавриатига эгаман. Магистратурада ҳам ўқияпман. Шу сабаб менга ярим ставка иш беришяпти. Ўзи шундоқ ҳам психолог маоши кам. Энди ярим ставка қанча бўлишини тасаввур қилаверинг. Бу ҳам майликуя лекин ишга кириш учун ҳам бир ҳафтадан ортиқроқ сарсон бўлдим. Ишга кириш масаласини онлайн қилиш вақти етмадими? Мени ишга киришим кўп вақт олганига сабаб бу ИНСОН ФАКТОРИ.
Xosiyatov Xurshid
👍👍👍
Chamangul Raxmatova
Biza ham 4 bolam bilan 11 yil ijarada turganmiz.Kuz ochib yumguncha oy utar edi .Shu azobda 4 bolamni katta qildim.Xudoga shukur hozir uzimni uyim ishim bor.Yuqoridagi gaplarni uqib utgan kunlarimni esladim.
Yeshanov Sh
Ассалому алайкум! Бу хакда йозишнинг узи одам учун жуда азоб
O'zbekistonda eng kam oylik ish haqi =750000 ,kvartira 1 xonali=1500000,
Demak qo'shimcha Yana 750000ming ishlab topish kerak,undan tashqari yana qo'shimcha xarajatlar ham yitarli.

Yaponiyada eng kam ish haqi oyiga =1400$
Kvartira 1 xonali ,oyiga=500$
Qolgan 900$ esa boshqa xarajatlarga yitib ortadi.

Sezyabsizlarmi? O'zbekistonda yashash yildan yil qiyinlashib bormoqda,Davlat Xalqni siqib suvini ichyabdi.
Og'abek Solayev
Bir narsaga hayronman o'qish uchun talabalarga qanchadan qancha kvotalar ochilyapdi davalatimiz kanchadan qancha uylarni yangi kop qavatli do'mlarni qurib bitkazyapdi nahotki shulardan bittasini yoki 2 tasini har bitta oliy talimga talabalar foydalanishi uchun berish qiyin bolsa
Soqqani Kim qiladi unda
3 kishining duosi albatta qabul boʻlar ekan. Ota onaning farzandiga qilgan duosi, mazlum oʻta qiynalgan kishining duosi va uchinchisi Musofir kishining duosi. Ijarada turadigan odam-musofir boʻladi. Unga qoʻldan kegancha yordam berib duosini olishimiz kerak...
Сардор
16 yildan beri ijarada turaman. Qupol qilib aytganda vaqti kelganda itni azobini kurganmiz. Bir kvartirada yashaganimizda yozga uyga qishloqqa ketganmiz. 2 oydan ziyodga. Kelsak kvartora qulflangan. Uyni egalari qozoqiston fuqarolari edi. Qozoqqa junab yuborgan. Ex-xe bu bosh nimalarni kurmadi. Xudo xoxlasa professor uqituvchilarga xam uy berib qolar. 10 yildan beri institutda dars beramiz. Kim necha marta order berilgan kvartiraga. Faqat rektori uynashiyu sekretutkalariga berildi uy. Order professor uqituvchilarga berilgan bulsa xam
Show next 85 comments