Birdan oflayn qilmaslik kerak edi kimdadir moliyaviy tarfi yaqshi kimdadir puli yoq hoz ozi kvartiralarni narxi ham osmonda shu tarafini ham oylanglar qadirdonlar
Oka bu fikrni savol qb berishdan oldin bir narsani bilvoling odam oʻziga oʻzi sharoit qilishi kerak birnchida baribir oqish ochiladi siz nimadan qorqvos bilmiman lekin toshda karantin zonada ishliman sla oʻylaganchalik voxima yoq Toshkentda yongʻin suv masalasiga kelsak man oʻzim un extiyotimi qilaman xovotr omen bundan
Hushnidbek bu komentlarni iltimos tegishli joylarga korsating ozgina oylab ish qilishsinlar ular butun Òzbekiston talabalarini sarson qilmay.Meni taklifim Baxorgi semestr oherigacha online bolsin
Aslida 1 o‘rinda inson salomatligi turadi. To‘g‘ri online o‘qib balki ta‘lim sifati pasaygan bo‘lishi mumkin lekin vaziyat shuni taqazo etmoqda ku. Lekin salomatligimizni garovga qo‘yib off o‘qish to‘g‘rimikin?
Sessiyani oʻrtasidan hech kim xohlamidiyamda offlineni, hech boʻlmaganda 1 oy oldin aniq boʻlganida norm tayyorgarlik boʻlardi, birdan bunaqa vaziyatda offline deb turib olish aqlga sigʻmaydi. Endi borib uy topishimiz kerak keyin tayyorgarlik yakuniyga. Siz shularni ham oʻylang shu uchun talabalar qarshi bo'lishyabdi balki sizda bu muammolar yoʻqdir. Lekin koʻp kishi qiynaladi arzonroq kvartira qidirib, biz ijara uyni atmen qilganmiz 1 oy kelmaymiz undan keyini ham aniq emas dib, bunaqa paytda uy topolmay qimmat kvartirada turib bor pulimiz shularga ketadi. Qaror chiqaruvchilar ham shularni o'ylashmagan, vijdonlari yoʻq shekilli
Қовун тушди яна иш,
Бир янгилик бўлганмиш.
Еттинчи февраль санадан,
Ўқишлар бошланармиш.
Тайёр эмас ётоқ жой,
Топмаганмиз бирон иш.
Юқоридан хат келди,
Ўқишлар бошланармиш.
Устимда ёзги кўйлак,
Оёқда эски ковуш.
Шундай бир шароитда,
Ўқишлар бошланармиш.
Борсам агар шаҳарга,
Пулни керак сарф қилиш.
Бир тийин ҳам пулим йўқ,
Ўқишлар бошланармиш.
Ётоқхона муаммо,
Қийин жуда жойлашиш.
Квартира долларда,
Ўқишлар бошланармиш.
Қариндош йўқ шаҳарда,
Чиқмади ҳеч бир таниш.
Кўчада ётаманми?!
Ўқишлар бошланармиш.
Уйда яна сиқилиш,
Уйда яна ўйланиш.
Шароитни билмасдан,
Ўқишлар бошланармиш.
Майли айтса эртароқ,
Қилар эдик уриниш.
Уч кун олдин айтишди,
Ўқишлар бошланармиш.
Aёз кунлар авжида,
Олдимизда совуқ қиш.
Куртка учун пулим йўқ,
Ўқишлар бошланармиш.
Ким чиқарди қарорни,
Бу қанақа аҳмоқ иш.
Оддий халқни ўйламай,
Ўқишлар бошланармиш.
Эй, мансабдор оғалар,
Бир хил деманг ғам-ташвиш.
Биздаги дард сизда йўқ,
Ўқишлар бошланармиш.
©️ Шаҳзодбой