Супер-контрактга оид юзага келган масала юзасидан

Тест натижалари чиқишни бошлагач, абитуриентлардан табақалаштирилган контракт (халқ тилида "супер контракт") ҳақида саволлар кўпаяди. Жорий йилда ҳам супер-контракт бўлади ва ОТМларда 1 октябрга қадар аризалар қабул қилинади. Ҳозирча супер-контракт миқдорлари аниқ эмас, лекин тез кунларда эълон қилиниши кутилмоқда.

Бўлиб ўтган тест синовларида саволлар сони қисқаргани эвазига мутахассислик фанлари учун 3,15 балл берилиши белгиланган эди. Шу сабабли супер-контракт бўйича ҳам қизиқ бир ҳолат юзага келди.

Гап шундаки, қонунчиликда оширилган тўлов-контракт миқдори амалда ўрнатилган тўлов-контракт миқдорига нисбатан қуйидаги миқдорларда белгиланиши кўрсатилган:

➖ тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт бўйича қабул квоталари чегарасига 1 баллгача етмаган абитуриентлар учун — 1,5 баробар;
➖ 1,1 баллдан 2 баллгача етмаганлар учун — 2,0 баробар;
➖ 2,1 баллдан 3 баллгача етмаганлар учун — 2,5 баробар;
➖ 3,1 баллдан 4 баллгача етмаганлар учун — 3,0 баробар.

Аммо жорий йил вергулдан кейин 2 та рақамли қолдиқ билан 3,15 балл берилгандан сўнг, айрим абитуриентларда кириш балига 1,05 ёки 2,05, айримларида эса 3,05 балл етмай қолганини кузатиш мумкин.

❓Ва шу ўринда кўпчиликда савол туғилди: хўш, 1,05 балл етмай қолган абитуриент неча баробар супер-контракт тўлайди? Ахир Низомда бу ҳақда айтилмаганку. 1,05 балл 1 балл сифатида яхлитланиб, қабул қилинадими ёки 1,1 балл сифатида?

Очиғи бу каби саволларга қонунчиликда жавоб йўқ. Аммо мендаги маълумотларга кўра, Давлат қабул комиссияси ушбу масалани кўриб чиқмоқда ва тез орада ўз қарорини чиқаради.

Шахсан менинг фикримча, бундай вазиятда .05 балларни яхлит сон сифатида қабул қилиш керак. Яъни 1,05 балл етмаганларни 1 баллик категорияга, 2,05 балл етмаганларни 2 баллик категорияга, 3,05 балл етмаганларни 3 баллик категорияга тенглаштириш керак.

Чунки ҳуқуқшуносликда умумий принципиал қоида бор — мабодо қонунчиликда назарда тутилмаган бўшлиқлар, ноаниқликлар ва шубҳалар бўлса, унда масала фуқаролар фойдасига ҳал қилиниши керак.

Бу умумий қоида деярли барча ҳуқуқ тармоғида қўлланади. Масалан, Солиқ кодексининг 13-моддасида (солиқ тўловчининг ҳақлиги презумпцияси принципи) солиқ тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларидаги барча бартараф этиб бўлмайдиган қарама-қаршиликлар ва ноаниқликлар солиқ тўловчининг фойдасига талқин этилади, дейилган.

Шунингдек, Жиноят-процессуал кодекси 23-моддасида (айбсизлик презумпцияси) қонун қўлланилаётганда келиб чиқадиган шубҳалар гумон қилинувчининг, айбланувчининг, судланувчининг фойдасига ҳал қилиниши керак, деган қоида белгиланган.

Хуллас, ҳозирги вазиятда ҳам қонун ҳужжатларидаги ушбу бўшлиқ абитуриентлар фойдасига ҳал қилиниши ҳамда .05 балл етмай қолганлар арзонроқ даражадаги супер-контракт тўлаши керак, деб ҳисоблайман.

Албатта буларнинг барчаси ИМҲО. Аниғини Давлат қабул комиссияси қароридан сўнг билиб оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

497 comments

Show 100 more comments
Javohirbek
Assalomu aleykum hurmatli bu yilgi DTM SAYTI hamda SHU ÒQISH MASALALARI BO'YICHA MAS‘UL INSONLAR !

BIZNI HAM MUROJAATIMIZ MANA YUQORIDA AYTGANLARIDEK HOZIR qancha bolalarni muammosi bòlib turgan - Xorijga òqishga topshirgan talabalar haqida...
Jabborova Nilufar
Assalomu alaykum. Qachon chiqarkan qaror super kontrakt haqida
♡♥★★QUDRATOV☆☆♧♣ ♡♥☆☆SUNNAT★★♧♣
Yoq
Biror asos bormi iltimos boʻlsa korsatsez yaxshi boʻlardi.
Davronbek✓°∆
Assalomu alaykum.shunday boʻlsa yaxshi boʻlardi.
Chetdan perevodda medda 90 qolganman lekin menga super qabul qilinmaydi deyishayapti Samarqand meddagilar.Shu tugrimi
Xushnudbek aka iltimos vaksina olgan talabalarga kontraktdan 10% chegirma berilishi haqidagi hujjatni topsa bo'ladimi shu muammo bo'lyapti sertifikat ko'rsatsak asos so'rashayapti
Нархужаева Дилафруз Абдурашидовна
Мактабга укишга кирди деган маьлумотнома беришимиз керак суперни качон туласак шунда берадими
Шахсан менинг фикримча, бундай вазиятда .05 балларни яхлит сон сифатида қабул қилиш керак. Shaxsan man shu fikirim xam shundan iborat chunki manga 0.3 ball yetmagan lekin 1.5 yarim barobari deyishti unversitetdagilar😔😔 mayli
Jamshid
Bahrom
Assalomu Aleykum. Sizga Xorijda tibbiyot sohasida taxsil olayotgan talabalar va shaxsan ozim nomimdan yozayabman. Bu yil Xorijdan Oqishni kochirish DTM ga o'tdi. Ammo negadir Imtihonlarda haqqaqoniylik bo'lmadi, sabab: barcha viloyatga bir xil tipdagi va bir xil variantli testlar tushdi, va barchasi yangi testlar. Vaholanki DTM rahbari Majid Karimov bir intervyusida O'tgan yilgi testlarni tushiramiz degan edi, ammo bu narsa bolmadi. Aksincha bo'ldi. Bizni murojaatimizni mazmuni shuki, Tibbiyot sohasini ham o'tgan yilgidek 56.7 dan yuqori 100 balldan past ball olganlarni ham qabul qilishingizni soraymiz. Biz yoshlarning o'tgan yilgi talabalardan nima kamimiz bor? Qo'shni davlatda o'qiyitganlarni o'tgan yili imtihonsiz perevod qildi. Biz imtihon topshirdik bu yil, bizga ham shu yo'lni berishsin. oldingi yillarda viloyatlarga otish balli past bolgan, lekin bu yil barchasi baland. Men ozim bu yil perevod imtixonidan 96,20 ball topladim, viloyatlarga iloji bolsa kochirishingizni soragan bolardim. Tabaqalashtirilgan-kontrakt masalasini ni xam boshqattan korib chiqishlaringizni xoxlardik, nega deganda, masalan  oddiy oqituvchi farzandiga bu nixoyat katta mablagni yigib berishi juda qiyin. Xozirgi sharoit va pandemiya sababli mening arizamni toliq korib chiqing! Bu yil yoshlar yili, qolaversa hozirgi taxlikali davrda biz o'z yurtimizda bilim olishni hohlaymiz. Bizni qo'llab-quvvatlashlarini talab qilimiz Prezidentimizdan. Shu murojaatimizni ko'tarib chiqing Iltimos!
Mana shu fikrizga qushilaman juda zur fikr buldi inobatga olishganda zur bulardi
Javohirbek
Ular ham mana Perevod uchun imtihonga kirdilar .
Òqish istagi bòlgan bunday yoshlarimizga ham biroz yordam tariqasida bòlsin imkoniyat beringlar
MANA yuqorida aytganlariday - Imtihon savollari yana bolalarning karantin holatidan savollar , ballar yuzasidan xabardor bòlmaganligini aytib òtmoqchiydim .
Agar bilim olish saviyasi past bòlganida ular òqish uchun harakat qilmasdilar .
Iltimos shularga ham bir imkoniyat u e‘tiborlaringizni qaratsangizlar bizani bolalaram shu òzimizda òqib ishlasa edi iltimos aziz insonlar shu bolalar hurmati - ulani ota - onalari uchun hech bòlmasa ularniyam shu yerga bilim olishlariga imkoniyat yaratinglar .

Ular ham Kontrakt puli tòlaydilar baribir bundan Davlatimizga ham va ayniqsa shu yoshlarimizga yaratiladigan sharoitdir . Ular òqish bilan mashģul bòlishi ham òqib ishini òzini yòlini topib yashashi ustida boryapti bu murojaatimiz .
Iltimos aziz Xodimlar Yurtimizda hozir qancha talabalar bor shu bòyicha xabar va sizlarning yaratayotgan imkoniyatlaringizni kutmoqda .
Siddikova
3 barobar super kantrak tulab yana oddiy kantrak xam tulanadimi yoki ichidami shuni
Siddikova
3 barobar super kantrak tulab yana oddiy kantrak xam tulanadimi yoki ichidami shuni
Фақат 3 баробар оширилган контракт тўлайди, оддийсиям шуни ичида.
Bahrom
Jamshid
Mana shu fikrizga qushilaman juda zur fikr buldi inobatga olishganda zur bulardi
Xozirgi murojaatimizni va barcha shunga oxshagan murojaatlarimiz, Xushnudbek inobatga xam olmidi. Nega deganda ozbek talabalarini Uzbekistonga kochirishlarini va oqishlarini xoxlashmidi. Bu kabi insonlar xalq dushmani db xisoblimiz.Shu sababli izoxxam qoldirishmedi. Bu kommentlar e'tibor dan chetta deb oylashadi. Afsus bu mavzuni xatto ko'tarib kormaganlar xech qachon. Afsus...
dzhumabaeva_u
Институтка ва университетка һәм топширган болсак қайсы бирига ариза йозамиз хар биригами йо йокми
dzhumabaeva_u
Жавоб учун олдинан рахмат
Gulnoza
Meni murojaatim iltimos ham taklif hamdir Balki menga 5 bal yetmaydi lekin 56.7 dan 25 ball yuqori agar 56.7 ga teng qilib 10 baravar demay shuni 5 baravar desalar oilaviy sharoitimiz yaxshi bulmagani eng sunggi ilinj shu bir kunini kurib kelajagini qurish uchun ham menga uxshab ayrim yoshlarga zarurda Xushnudbek oddiy insonlardan xalqdan bizdan kura mana qarorni tasdiqlaydigan oliy talimga yaqinroq xalqni ishonchli vakili sifatida shu taklifni bir oliy talim vazirligiga yoki tegishli mutassadi insonlarga bildirsangiz
Show next 100 comments