Супер-контрактга оид юзага келган масала юзасидан

Тест натижалари чиқишни бошлагач, абитуриентлардан табақалаштирилган контракт (халқ тилида "супер контракт") ҳақида саволлар кўпаяди. Жорий йилда ҳам супер-контракт бўлади ва ОТМларда 1 октябрга қадар аризалар қабул қилинади. Ҳозирча супер-контракт миқдорлари аниқ эмас, лекин тез кунларда эълон қилиниши кутилмоқда.

Бўлиб ўтган тест синовларида саволлар сони қисқаргани эвазига мутахассислик фанлари учун 3,15 балл берилиши белгиланган эди. Шу сабабли супер-контракт бўйича ҳам қизиқ бир ҳолат юзага келди.

Гап шундаки, қонунчиликда оширилган тўлов-контракт миқдори амалда ўрнатилган тўлов-контракт миқдорига нисбатан қуйидаги миқдорларда белгиланиши кўрсатилган:

➖ тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт бўйича қабул квоталари чегарасига 1 баллгача етмаган абитуриентлар учун — 1,5 баробар;
➖ 1,1 баллдан 2 баллгача етмаганлар учун — 2,0 баробар;
➖ 2,1 баллдан 3 баллгача етмаганлар учун — 2,5 баробар;
➖ 3,1 баллдан 4 баллгача етмаганлар учун — 3,0 баробар.

Аммо жорий йил вергулдан кейин 2 та рақамли қолдиқ билан 3,15 балл берилгандан сўнг, айрим абитуриентларда кириш балига 1,05 ёки 2,05, айримларида эса 3,05 балл етмай қолганини кузатиш мумкин.

❓Ва шу ўринда кўпчиликда савол туғилди: хўш, 1,05 балл етмай қолган абитуриент неча баробар супер-контракт тўлайди? Ахир Низомда бу ҳақда айтилмаганку. 1,05 балл 1 балл сифатида яхлитланиб, қабул қилинадими ёки 1,1 балл сифатида?

Очиғи бу каби саволларга қонунчиликда жавоб йўқ. Аммо мендаги маълумотларга кўра, Давлат қабул комиссияси ушбу масалани кўриб чиқмоқда ва тез орада ўз қарорини чиқаради.

Шахсан менинг фикримча, бундай вазиятда .05 балларни яхлит сон сифатида қабул қилиш керак. Яъни 1,05 балл етмаганларни 1 баллик категорияга, 2,05 балл етмаганларни 2 баллик категорияга, 3,05 балл етмаганларни 3 баллик категорияга тенглаштириш керак.

Чунки ҳуқуқшуносликда умумий принципиал қоида бор — мабодо қонунчиликда назарда тутилмаган бўшлиқлар, ноаниқликлар ва шубҳалар бўлса, унда масала фуқаролар фойдасига ҳал қилиниши керак.

Бу умумий қоида деярли барча ҳуқуқ тармоғида қўлланади. Масалан, Солиқ кодексининг 13-моддасида (солиқ тўловчининг ҳақлиги презумпцияси принципи) солиқ тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларидаги барча бартараф этиб бўлмайдиган қарама-қаршиликлар ва ноаниқликлар солиқ тўловчининг фойдасига талқин этилади, дейилган.

Шунингдек, Жиноят-процессуал кодекси 23-моддасида (айбсизлик презумпцияси) қонун қўлланилаётганда келиб чиқадиган шубҳалар гумон қилинувчининг, айбланувчининг, судланувчининг фойдасига ҳал қилиниши керак, деган қоида белгиланган.

Хуллас, ҳозирги вазиятда ҳам қонун ҳужжатларидаги ушбу бўшлиқ абитуриентлар фойдасига ҳал қилиниши ҳамда .05 балл етмай қолганлар арзонроқ даражадаги супер-контракт тўлаши керак, деб ҳисоблайман.

Албатта буларнинг барчаси ИМҲО. Аниғини Давлат қабул комиссияси қароридан сўнг билиб оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

497 comments

Show 100 more comments
Onleni boladi kompyuterda googldan kirib topshirdim telfondan topshira olmadim
❤❤❤❤❤❤❤❤Паруаз ❤❤❤❤❤❤❤❤
33.6 ballga qansha toliymiz Agrarga beletinler bolsa aytip jiberin
❤❤❤❤❤❤❤❤Паруаз ❤❤❤❤❤❤❤❤
Arizani qaytarip qalay alamiz
8 bal yetmasachi necha barobar Kim biladi iltimosga?
D.M.♡
Onlayn super kontraktga onlayn ariza topshirish uchun saytlar ishlamayaptiku . Yozma universitetga borib yozish kerakmi.
АХМЕДОВА_Z
Bu yil super muper bormi???
Menga 0.85 ball yetmagandi onlayn ariza topshirganimda esa 1.05 ball yetmay qolgan deb kelyapdi arizamda. Shu to'g'rimi lekin 1.05 ball amalda belgilanmagan va bu 1ballgacha bo'lgan toifaga kiritiladi shundaymi? Shartnoma qachon chiqarkan tezlashtirsin OTM lar
Artur😏😉😏
Assalomu alaykum Xushnud aka. Man 103.95 bal olganman. Super kantrakt uchun 91mln tulash kerak ekan. Nega bunchalik qimmat bulib ketgan. Utgan yili akam ham utgan yil super kontraktga kirgan hozir 2 kurs talabasi u hma kantrakt tulaydi man ham super kontrakt tulayman. Hech bulmasa talim kredit ajratish iloji si yuqmi.
Yulduz Arzieva
0,2 ball yetmagan maniki qancha to‘lanadi
6 balga qancha tulanadi
Iltimos wuni aytib bering
Iloji bulsa
Assalomu alaykum Yaxshimisiz Hushnud aka Men 5chi tanlagan yo‘nalishga o‘qishga kirdim 1chi tanlagan yo‘nalish ga supper kontrakt to‘lab o‘qisam bo‘ladimi
Kamoliddin Xudoyberdiyev
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni ayolimni kirish baliga 1,05 ball yetmadi 1-savol. Qancha miqdorda kontrakrt to'lovi to'lanadi? 2-savol. Yosh bolasi bor ayollarga ham ta'luqlimi 10% chegirma. Oldindan rahmat Sizga javobiz uchun.
Xayrulla
Assalamu alaykum Xushnudbek aka 4 baldan pasiga ham legota yuqmi oilada nogironligi bor inson bulsa supir kantrak narxlarini arzonroq qilib berishsa iltimos javob bervoring
ALHAMDULILLAHU ROBBIL ALAMIN.Yengillik berildi ​​​​#Talabaga_engillik_3

⚡️ ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! YANA BIR OʻTA MUHIM YANGILIK!!!

🔥Abituriyentlarga super kontrakt miqdorining amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan tartibi belgilandi

➡️ 2021/2022-oʻquv yili qabul uchun tasdiqlangan “Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi” baholash mezonlari oʻzgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

✅ Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022-oʻquv yilida tasdiqlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka siz bilan qanday boʻlgansa boladi
Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Shu taqsimotni boshqacha qilsa ko'proq talaba o'qishga imkon bo'lar edi.

Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,1 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,15 balldan 3,15 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,2 balldan 4,2 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Sababi ballar farqini o'rganib chiqilsa, 1.06 dan 2.05 gacha oraliqda deyarli hech kim yo'q. Unda nimaga kerak bu ball oralig'i ?
Show next 10 comments