Раҳматли Худойберди Тўхтабоев ҳақида гап кетса, шубҳасиз, «Сариқ девни миниб» асарини ёдга оламиз. Бу асар ўзбек адабиётида бестселлер даражасига чиқа олган, мактаб дарслигига ҳам киритилган, бадиий фильм суратга олинган, Ҳошимжон ва Сеҳрли қалпоқча трендга айланган.

Унинг мантиқий давоми бўлган «Сариқ девнинг ўлими» ҳамда «Ширин қовунлар мамлакатида» асарлари ҳам бор.

Лекин Худойберди Тўхтабоев ижодидаги «Беш болали йигитча» асарини, шахсан мен ҳеч иккиланмай, ҳар бир ўзбек ўқиши керак бўлган ТОП-10 асарлар рўйхатига қўшган бўлардим.

Айниқса, қийинчиликлар ва ҳаёт ташвишлари олдида дарров таслим бўладиган ёшлар бу асарни ўқишлари керак. Сабр-қаноат, матонат, ака-ука, опа-сингилларига меҳр-муҳаббат ва ўзаро аҳиллик нималигини болалигидан тушунишлари учун ҳам фарзандларимизга шу китобни ўқитишимиз зарур.

Бу асарни ўқиганда ҳам мириқиб куласиз, ҳам бўғзингизга нимадир тиқилиб йиғлайсиз, якунда Аллоҳга шукроналар айтасиз.

Балки кўпчилик ўқигандир, мабодо ўқимаганлар бўлса, тавсия қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 8 more comments
Allohim öz rahmatiga olsin
Joylari Jannatlardan bölsin
Mungli kuzlar asari ham juda ta'sirli
Erkatoy
Juda ajoyib sanʼat asarlari darajasidagi kitoblarini bizga hadya etib ketdilar. Joylari jannatdan boʻlsin 🤲
Assalomu alaykum, judayam ajoyib asar! Menimcha yigʻlamay oʻqishni iloji boʻlmasa kerak...
G‘AYRAT MAMATQULOV
O‘zbek bolalar adabiyotida o‘z o‘rniga ega ijodkor inson edilar.Joylari jannatda bo‘lsin!
Öqiganman juda ajoyib tengi yöq asar!!!
Joylari jannatda boʻlsin,
Besh bolalik yigitcha ajoyib asar. Fikringizga qoʻshilaman, uni top 10 talikka qoʻshsa boʻladi
Жойлари Жаннатда булсин
Man oʻqiganman juda ham zoʻr asar ayniqsa bolaligimda oʻqiganimda onasidan ayrilgan joyi juda qattiq taʼsir qilgan😢
Баротжон Муроджонович
Ассалому алайкум
Жойлари жаннатларда булсин
uktam
Joyyi jannatda bulsin
joylari jannatda bo'lsin
Oʻqish kerak
Bloggerlar ko‘proq kitob tavsiya qilsa yaxshi ish bo‘lardi.
Bolalar adabiyotining yuksak nomoyondasi edilar. E'tirof erish kerakki J.Radari e'tiboriga tushgan. Yozgan asarlari uchun biz o'zbeklar mingdan ming rozimiz. Olloh mahfirat qilsin. Shoistayi jannat qilsin
Xudoyberdi bobo ning joylari jannatda bo'lsin.Jannati inson edilar.
Baxtiyor
Asar ham oʻz muallifi kabi juda koʻp maʼnolarni oʻzida mujassam etgan, bir soʻz bilan aytganda haqiqiy "oʻzbekona" edi.Adibning joylari jannatda boʻlsin.
Kelajak avlodga oltin meros qoldirib ketdi, juda samimiy inson edilar. Oxiratlari obod bo'lsin. Omin
🦋🦋🦋
Men ham o‘qiganman😊
suxrob umarov
Allohim oxirat hisob kitoblarini yengil qilsin
Show next 100 comments