Раҳматли Худойберди Тўхтабоев ҳақида гап кетса, шубҳасиз, «Сариқ девни миниб» асарини ёдга оламиз. Бу асар ўзбек адабиётида бестселлер даражасига чиқа олган, мактаб дарслигига ҳам киритилган, бадиий фильм суратга олинган, Ҳошимжон ва Сеҳрли қалпоқча трендга айланган.

Унинг мантиқий давоми бўлган «Сариқ девнинг ўлими» ҳамда «Ширин қовунлар мамлакатида» асарлари ҳам бор.

Лекин Худойберди Тўхтабоев ижодидаги «Беш болали йигитча» асарини, шахсан мен ҳеч иккиланмай, ҳар бир ўзбек ўқиши керак бўлган ТОП-10 асарлар рўйхатига қўшган бўлардим.

Айниқса, қийинчиликлар ва ҳаёт ташвишлари олдида дарров таслим бўладиган ёшлар бу асарни ўқишлари керак. Сабр-қаноат, матонат, ака-ука, опа-сингилларига меҳр-муҳаббат ва ўзаро аҳиллик нималигини болалигидан тушунишлари учун ҳам фарзандларимизга шу китобни ўқитишимиз зарур.

Бу асарни ўқиганда ҳам мириқиб куласиз, ҳам бўғзингизга нимадир тиқилиб йиғлайсиз, якунда Аллоҳга шукроналар айтасиз.

Балки кўпчилик ўқигандир, мабодо ўқимаганлар бўлса, тавсия қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 48 more comments
Умида Мадалиева
Sevimli adibimizning har bir asari kitobxonlar uchun juda qadrli. Oxiratlari obod bo‘lsin. O‘zbek bolalar adabiyoti uchun juda katta va og‘ir yo‘qotish.
Men ham o'qiganman. Insoniylik va mehr oqibat tushunchalarini uyg'otadigan asar. 18 yillar oldin o'qigandim. Haliyam eslab yuraman
Doston Abdullayev 509-gr 1-ped
Ulkan yozuvchi. Bolalar adabiyotidagi yagona ,, tirik'' yozuvchi edi. Joylari jannatda bòlsin.
Elektron versiyasini qanday topsa boʻladi
Sh.Sattorova
Joylari jannatda bōlsin ilohim
Assalomu alaykum. Joylari jannatda bo'lsin.oxirati obod bo'lsin
Илохим жойлари жаннатда булсин Зур езувчи эдилар
Nafosat284415369Ramashka Samadillayevna133225889Moychechagim
Ilohim
Nafosat284415369Ramashka Samadillayevna133225889Moychechagim
Joylari jannatda bo'lsin sevimli yozuvchilarimizdan biri edi
Назирахон
Hamma asarlaini juda sevib o'qiganman.Hayotiy yozganlar Joylari jannatda bo'lsin.Yotgan joyllarini Ollohim qur'on nurlari bilan yoritsin.
Oxiratlari obod bo‘lsin.Mungli ko‘zlar asari eng sevimli kitoblarimdan.Alloh ulardan rozi bo‘lsin🤲🤲
oxiratlari obod bo'lsin. joylari jannatda bo'lsin. 😔😔
Haqiqatan zo'r asarlar yozganlar
ikromov🦅
Ha zor kitob oqib chiqganman
Ирода Сатторова
Atoqli yozuvchimizning barcha asarlarini sevib oqiganman. ILOHIM Alloh òz Rahmatiga olgan bòlsin.Joylari jannatdan bolsin
Ohiratlari obod bo'lsin. Juda yaxshi adib edi. U insonni yozgan asarlarini juda sevib o'qiganman. Inna lillahi inna ilayhi rojiun🤲
Alloh rahmatiga olsin bu insonni. Besh bolali yigitcha asari yoshligimdagi eng sevimli va kop tasir qilgan asarlardan
Joylari jannatda bo'lsin, ohiratlari obod bo'lsin.
Besh bolali yigitcha asarini rahmatli enam aytib berar edilar kichik bolalik paytimda, u paytda uncha tushunib, tushunme eshitganmiz. Katta bo'ldik asarni o'qidik, albatta bu asar topdir. Barchaga tavsiya qilaman
Show next 100 comments