Раҳматли Худойберди Тўхтабоев ҳақида гап кетса, шубҳасиз, «Сариқ девни миниб» асарини ёдга оламиз. Бу асар ўзбек адабиётида бестселлер даражасига чиқа олган, мактаб дарслигига ҳам киритилган, бадиий фильм суратга олинган, Ҳошимжон ва Сеҳрли қалпоқча трендга айланган.

Унинг мантиқий давоми бўлган «Сариқ девнинг ўлими» ҳамда «Ширин қовунлар мамлакатида» асарлари ҳам бор.

Лекин Худойберди Тўхтабоев ижодидаги «Беш болали йигитча» асарини, шахсан мен ҳеч иккиланмай, ҳар бир ўзбек ўқиши керак бўлган ТОП-10 асарлар рўйхатига қўшган бўлардим.

Айниқса, қийинчиликлар ва ҳаёт ташвишлари олдида дарров таслим бўладиган ёшлар бу асарни ўқишлари керак. Сабр-қаноат, матонат, ака-ука, опа-сингилларига меҳр-муҳаббат ва ўзаро аҳиллик нималигини болалигидан тушунишлари учун ҳам фарзандларимизга шу китобни ўқитишимиз зарур.

Бу асарни ўқиганда ҳам мириқиб куласиз, ҳам бўғзингизга нимадир тиқилиб йиғлайсиз, якунда Аллоҳга шукроналар айтасиз.

Балки кўпчилик ўқигандир, мабодо ўқимаганлар бўлса, тавсия қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 100 more comments
Ha haqiqatan judayam chiroyli asar, bolalarni badiiy adabiyotga kirishi aynan Xudoyberdi To'xtaboyev asarlaridan boshlanadi. Man ham bu insonni asarlarini yoshligimda mazza qilib o'qiganman. Ilohim joylari jannatda bo'lsin
Shaxsan men ham o'qiganman ushbu badiiy kitobni,menga yoqqan👌
Yaxshi inson edilar joylari jannatdan bo'lsin
Ilohim joylari Jannatdan bolsin
Bu asarni har safar oqiganimda yigliman
Men bu asarni ancha yillar avval ko'zimda yosh bilan ta'sirlanib o'qigandim. Oxiratlari obod bo'lsin. Xudoyberdi To'xtaboyev bizning xotiramizda umrbod yashaydilar u kishining ovozlari qulog'imda xuddi hozir gapirgandek tuyulyapti xuddiki o'z bobomizdek yaqin bir insondek doim yonimizda yurgandek edilar. Hozir hech ishongim kelmayapti bu dunyodan o'tganlariga. Xuddiki doim bizga ibratli gaplari va qiziqarli hikoyalari bilan nasihat qilib turadigandek...... Olloh rahmatiga olgan bo'lsin sizni bobojon....
O‘tganmilar??? Oxiratlari obod bo‘lsin .Joylari jannatdan bo‘lsin ilohim.
Kamolova Zilola
Joylari jannatda bo'lsin ilohim oxiratlari obod bo'lsin.
Joylari Jannatdan oxiratlari obod bo'lsin!
Men ham bu asarni ancha oldin o'qigandim juda tasirli bolalarning taqdiri qolaversa yosh bo'lishiga qaramay asar bosh qahramoni Orifjonni zimmasiga olgan katta masuliyati tahsinga loyiq o'qimaganlarga o'qishni tavsiya qilaman yana shu aytib o'tmoqchiman asarni o'qish jarayonida siz shu asar ichiga tushib qolasiz bu adibning mahoratidan dalolatdir.
Ha albatta juda zor kitob. Men sevib oqigan kitoblarimdan bir
𝙿𝚊𝚛𝚍𝚊𝚢𝚎𝚟𝚊.𝙼.𝚇
Ха хакикатдан хам ажойиб асар
Ne'matova
Joylari jannatda bulsin. Bu asarlari ham yaxshi lekin menga eng yoqqan asari bu Mungli ko'zlar asari edi
O‘qimaganlar albatta o’qishsin!
Sh.M.J
Butun uzbek xalqining yoshligi edilar. Joylari jannatda bulsin.
Охиратлари обод булсин.Мен Худайберди Тухтабоев асарларини бундан 35 йил олдин укиганман.Лекин у асарлар номини эшитганимда худди кеча еки хозир тугатгандек тассуротларим янгиланади.
Jumaboyeva D
Öqimaganman albatta öqiyman
Mirabbos
Shu asarni kanlaga yubora olasizmi?
Шохида
Мен 5 болали йигитчани 1978 йилда 12 ешимда укигандим.У кищини асарларини укиб,китобга кизикишим ортган.Хар куни укиган сахифани синфдошларга айтиб берардим.
꧁͜͡࿇͜͡𖣐͜͡✵SARVINOZ☬✵͜͡ ͜͡𖣐͜͡࿇͜͡꧂
Assalomu alaykum Rost Xudoyberdi Toʻxtaboyev juda kuchli yozuvchi edilar, joylari jannatdan boʻlsin . Men ham besh bolali yigitcha asarini oʻqiganman . Juda katta taʼsirga ega va odamni oʻylantirib qoʻyadi desam mubolagʻa boʻlmaydi
Show next 62 comments