Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
𝐎𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐝𝐚 𝐱𝐮𝐬𝐮𝐬𝐢𝐲 𝐮𝐧𝐢𝐯𝐞𝐫𝐬𝐢𝐭𝐞𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐲𝐨𝐥𝐠𝐚 𝐪𝐨𝐲𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤
&! &!
Rektor va o'quv ishlari buyicha prorektorlarni saralashdan boshlash kerak.
Juda yaxshi xabar bölibti. Asosiy narsa öqish ya'ni ta'lim sifatini oshrish.
Husniddin .
Вазирларни умуман танимаймиз, улар халк билан очик мулокотлар утказишмайди, депутатларни энди таний бошладик бир иккитаси калла куйиб, ковун туширгандан кейин. Уларни халк овоз бериб сайлашни урнига йукоридагиларни курсатмаси билан сайланишган.
Nima bòlgandayam pora olmasa bòldi.
Ta'lim va Islomni birlashtirish kere
Ilxom
Университетларнинг моддий техник базасини яхшилаш керак йўналишлар бўйича амалиёт ўташ учун теник жихозларга эътибор бериш керак Хозирги кунда олий таълимга қамраб олиш ошгандан кейин бинолар етишмаябди, эски коллеждаги бинолар эса жуда ачинарли холда у ерда дарс ўтиш имконияти йук. Туманлардаги коллежларда очилаётган Университет филиалларида дарс жуда сифатсиз ўтилмоқда, назорат йук ачинарли холда.
Hamid
1. Stependiyani ko‘p ko‘p berish
2. Sessiyani bekor qilish
3. Hamma institutlaga to‘liq mustaqillik berish
4. Leksiyaga borishni majburiyligini bekor qilish ya‘ni o‘zimiz hoxlagan domlani leksiyasini eshitse
5. Yotoqxonalani ko‘paytirish
6. Yakuniyga kirganimizda Danyaga o‘xshab o‘zimiz xohlagan darslikni yoki kitobni yoki kalkulyatorni olib kirse
7. O‘qishga kirishdagi barcha imtiyozlarni bekor qilish
8. Majburiy fanlani kamaytirish.
Shu takliflarni bergan bo‘lardim
Yangi vazirimizni qadamlari qutlug‘ kelsin ishlariga rivoj martabalari bundanam ulug‘ bo‘lsin.
online talim qaytsin
Менимча порахорликни олдини олса хаммаси уз урнига тушади ИншаАллох
Арофатхон
Тавсияномаларни йук килилар илтимос!!!Биз оддий одамларни боласи нима килсин? Улар давлатимизга керак эмасми?Харбийларни,ИИБни,ЭСМБларни боласи бола-ю,бизники бола эмасми?
Bugungi kunda ayni paytda karantin sharoitidamiz, hali hech kim vaktsina olgani yoʻq. Bunday sharoitda barcha talabalar ananaviy oʻqishga bormoqda, bu yerda mantiq topa olmadim. Ustiga ustak kvartira topish muammo, Universitet TTJ da juda kam oʻrinli, Koʻproq yangi koʻp oʻrinli yotoqxona qurish masalasiga eʼtibor qaratish kerak. Ish oʻrinlariga keladigan boʻlsak bozor sharoitida barchamiz oʻz ishimizni topib ketamiz. Talablar uchun turar joy dolzarb, shuning uchun bu muammolarni vazirlik vazifa qilib olishi shart va zarur.
Mehriniso Sharopova Azamatovna
Assalomu alaykum!Avvalo buyruq va qarorlar ijrosi ta'minlansin.Online uqish u.n obyektiv sababi borlarni ham darsga an'anaviy darsga chaqirmasdan,avvalo talabani ijtimoiy ahvolini eshitishsin.
Яхши болдими йомонми корамиз кузатамиз олий талим йуксалса озгариш йукори болади йил сархисобида корамиз
Najmiddin Murtazayev
Assalom alaykum meni fikrim spes fanga asosiy etibor berilishi kerak deb oylayman chetki fanlarni otmasdan spesni yaxshi oqitish kerak
Men matemateka kirganman lekin matematekani organishga vaqt kam bolayapti faqat kanspek mustaqil ish biyalogiy kimyo Tarix h.k Bunda men 1 kursda faqat osha kimyoni biyalogiyani organamanmi
Lekin men matematekani yaxshi organishim kerak
Spes fanga etibor kuchaytirilsin degan bolar edim oshanda zor mutaxasis boladi
Yuqori bo‘g‘indan boshlash kerak ishni. Korruptsiyani yuqori bo‘g‘inda tugata olinsagina, rivojlanish bo‘ladi. Kredit-modul sistemasini haqqoniy tushuna oladigan rahbar kadrlarni ko‘paytirish (eskilarini almashtirish) va ular orqaligina quyi bo‘g‘inni informatsiya bilan ta‘minlash mumkin. Xorijiy davlatlar OTMlari bilan hamkorlikni jiddiy ko‘rib chiqish kerak.
Maksud Turayev
Тескари дунёни унглай олса, хаммаси яхши булади. ОТМларда суперконтрактга укишга кирганлар дарс бериб юрибди. Билимли, иктидорли кишилар магистратурага киришга пули булмай бошка сохаларга чикиб кетган. Дарслар халиягача эски тизимда. Барча ОТМлар рахбариятини кайтадан ташкиллаштириш керак. Одамларни, укитувчию талабаларни тинглай оладиган, асосли танкидларни кабул кила оладиган рахбарларни саралаш керак. Коррупцияга олиб келадиган омилларни бартараф этишдан бошлаши керак ишни.
Valiyev Sayot
Oddiy xalq talabi qondirilganmi o'zi bir ta'lim sohasi emas barcha sohalarda
Talabalar uchun yotoqxona masalalarini ko'rib chiqish kerak. OTM lar qabuli har yilgidanda oshirildi. Lekin yotoqxona masalasi ochiqligicha qolmoqda. Ko'rpaga qarab oyoq uzatish kerak!
Show next 100 comments