Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
Qaysi OTM talabasi bólishidan qatiy nazar
Talabalarni xardoim diplom, baxo, zachotka uchun óqish va óqitishga emas
Oddiygina, talabalar ózi tanlagan soxasiga bólga qiziqishni va shu soxa orqali yetarlicha etibor va pul topa olishiga qiziqtirish uchun
etiborni juda katta berishlarini sórardim....
Oliy taʼlimga saralab saralab faqatgina bilimlilarni olish kerak
Tibbiyot OTMlariga super kantraktni yoʻq qilish kk menimcha chunki bu kasb egalari insonlar hayotiga javob beradi ozgina xato qilsa bitta insonni umri kuyadi
1. Maktablar soni ko'paytirilsin. Bizning tumanda mustaqillik yillarida aholi soni ancha ortgan, lekin maktablar soni deyarli ko'paymagan.
2. Maktablarda 2 smenada o'quv yo'qotilsin, 1 smenada o'qitilsin.
3. Darsliklar sifati nazorati kuchaytirilsin.
4. Yo maktab formasi bekor qilinsin, yoki maktablardagi sinf xonalar, koridorlar, umuman maktablar binolari ichi qish kunlarida isitib berilsin. Ya'ni forma kiygan o'quvchi sovqotmasin.
5. O'qituvchilarning obro'si shu darajada oshirilsin-ki, o'qituvchi maktab direktori oldida emas, maktab direktori o'qituvchi oldida javobgar bo'lsin. (Albatta o'z me'yorida)
Яхши ниятдамиз албатта. Тизимни янгилаш кадрлар орқали амалга оширилади. Яхши "кадрлар сиёсати" ишлаб чиқиб, у асосида рахбарият ва мухим лавозимларда ўтирганларни элакдан ўтказиш керак.
Шу янги таркиб билан янги дастурни амалга ошириши керак.