Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Safarova Adiba
1. OTMlarda ortiqcha fanlarni qisqartirish. 2. Xususiy universitetlarni yana ham ko'paytirish. 3. Xususiy yotoqxonalarni qurish kerak. Turar joyi yaxshi bo'lmagan, sharoiti bo'lmagan talabalar o'qishni 2-darajaga quyib quyadi. Bizda talabalarni 50 foizi hozir shundan qiynalib yuribdi. Ijarani puli kontraktdan ham oshib tushyapti.
Xushnudbek .Sizdek yosh bilimli olovdek yonib turgan kadrlar kerak.Hozirda O'zbekiston OTMlari boshqa qo'shni davlatlarning OTMlaridan ancha orqada.Bizda korrupsiya yuqori darajada.Kontrakt qimmat.Ijodiy imtihonlarda korrupsiya avjida. O'qituvchilar bilimi past.OTM larda zamonaviy kompituter texnologiyasi juda kam. Bori ham ishlatilmaydi.
Qozoqistondan o'rnak olish kerak.Ular bizdan 10-15 yil oldinda.
Bizning vazirlar doim uyquda.
30 yil uxladik yana 30 yil uxlasak davlatimiz qo'shni davlatlarga qaram bulishi aniq .
Ассалом алейкум. Зерикарли марузаларини мажбурий булмаса яхши буларди. Форма еркинлиги тарафдориман.
Зокиржон Эркинов
Вилоятлардаги ОТМлардаги таълим йўналиши ва мутаҳассисликларни худудий холат, ишлаб чиқариш, корхона ва заводлардан келиб чиқиб мақсадли қилиб белгилаш керак. Техник йўналишларда ўқув жараёнини 5 кунлик қилиб, 6 кунни амалиёт тариқасида корхоналарда ташкил этиш, малака талаби, ўқув режаларни фақат Тошкентдаги ОТМлар эмас вилоятлардаги етакчи ОТМлар ҳам қилиши лозим. Вилоятдаги ОТМларда хам яхши мутахассислар бор.
Yevropa ta'limidek bolsin. Forma davomat eskilik sarqiti. Muhimi natija. Talaba ertaga nima ish qilishini kim bolishini bilmedi asosan. Shu narsaga barham berilsin.
Ramazon Xasanov
Talabalar yotoqxonasini taminlashni òylab kòrish kerak
Magistrlarga dars o'tadigan o'qituvchilarni ham to'liq attestatsiya qilish kerak ayrim o'qituvchilar faqat hangoma uchun keladi.
Avvalo hozirgi oʻqishni gbrit shakliga qaytarish kerak.Hozirgi paytda talabalar ham ota-onalari ham juda qiynalishyapti
Хар бир вилоятдаги университет ва институтларни Бирма бир кориши керак шунда киладиган вазифалари айон болади
Худо ҳоҳласа ўзгариш бўлади, ён атрофидагилар қўллаб қувватлаб туриши муҳим. "Ёлғиз отни чанги чиқмас чанги чиқсада донғи чиқмас" дийдилару
Maktablarda ta'lim sifatli bõmasa ,oliy ta'limda hech õzgarish bõmedi.Nimaga ripititor ga pul sarflamadi .unda maktabni nima keragi bor
Эски стипендия бериш тизимини қайтариш. Аълочи билан "3" га ўқидиганни стипендиядаги фарқи 100 минг сўмдан кам. Аълочи 2 баравар кўп пул олиши керак. Ҳар 100 та талабадан камида 3 тасини чет элга бепул тарзда ўқишга юбориш керак, 1 семестрга бўлса хам
Avvalo yotoqxona berishsin viloyatdan kelgan muhtoj talabalarga, keyin xotirjam oʻqib oʻrganadi.
Menimcha bizning fikrimizni ahamiyati yuq Hamma o‘zi bilganicha siyosat yuritadi. Uzbek xalqi hammasigachiqaydi😕
Vazir bolganlaridan keyin 1) xuddi muhtaram prezidentimiz kabi viloyatlardagi otm larga ozlari borib vaziyat bn tanishib chiqib yechimi topilib va o'sha rahbar masullarga bajariwga vaqt berish kk natijasini isboti ham tekwirilib koriliwi kk 2)Talaba ozi uchun oqiydi birov uchunmas ,ozim Talaba bolsam ham talabalarni tanqid qiliwga majburman bzni global muommomz bu----dangasalik tanish biliw korrupsiya deydiganla uchun albatta inkor etib bolmaydi lkn inson avvalo oziga nisbatan togri va xolis boliwi kk 3)kredit modul tizimi otmlarda toliq amaliyotga kiritilmagan ,borlarida namunali darajada emas .talabalarda bu haqida tushuncha va asosiysi amaliyot Kam .4)eng katta muommolardan biri darsliklar 70-80% darsliklar o'sha sssr davridagi kitoblar achinarlisi yangi avlod kitoblarida ham pichoqqa ilinadigani Kam shuni uchun Chet el darsliklarini tarjimalarini kopaytiriw va o'sha tillarni oqitiliwini 4kurs davomida muntazamligi taminlanishi zarur.deb oylimn. E,Tibor uchun rahmat
Tosheva.G.
Ota-onalar farzandi uchun javob bersin o'qishi, axloqi, tarbiyasi uchun ha deb o'qituvchilar javob berishi k.k emas. Qachonki ota-onalar ham farzandi uchun javob bersa o'shanda o'qituvchini mavqei ko'tariladi. Oliy ta'limda o'qishga kirgan talabalar uchun o'qishni kuchaytirish k.k. Talabalar o'qishga kirguncha o'qiydi o'qishga kirgandan so'ng umuman o'qishmaydi ko'pchiliklari shunday. O'qishni tugatib ishga joylashgandan so'ng judayam qiynalishadi.
Qachonki davlat tashkilotlarida oylik maosh oshsa(yetarli darajada) shundagi studentlarda ishda qolish malakali mutaxassis bulish uchun harakat buladi.

Faqat jazolash, cheklov bn biror narsaga erishib boʼlmaydi...

Korrupsiya masalasiga kelsak qanday yoʼqotishni kopchilik biladi...
Eng avvalo internet muammosini hal qilish kerak. Ikkinchi navbatda chet davlatlarning oliy talimidan namuna olishimiz kerak. Talabalar ozlari darslarni belgilashi kerak. Va albatta mutaxasislik fanlarni kopaytirish kerak. Talabalar bilimi koproq qadrlanishi kerak. Masalan fanlardan yuqori baho olib semestrni yopganlarga kontrakt bolsa kontraktiga chegirma va stipendiyasini kopaytirish. Faqat va faqat ozi oqibgina yaxshi baholar olsa. Agarda bundan talaba yantoqlanib keyingi semastr yaxshi oqimasa albatta yuqaridagilani ozgina teskarisi boladi. Bunda kontrakt kopaymaydi. Stipendiya kamayadi xolos. Yana har bir institut xususiylashtirilishi kerak. Shunda institutlar ortasida raqobat bola boshlaydi. Va institutlarda ijobiy ozgarishlar bila boshlaydi. Institutlardagi dekan rektor shunga oxshash mansab egalarini mansabini tez tez almashtirish kerak. Tez deganim oyiga emas 1yil yoki 8-9oylarda. Bunda nima uchun bunday chunki korrupsion holatlarni ham oldini olgan bolardik ozgina. Universitetlarda dars jarayoni esa zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holatda dars otish. Bu ayniqsa IT sohasida koproq foydalansa yaxshi bolardi.
Show next 100 comments