Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Korrupsiya va bazibir oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqitish tizimining eski - natijasiz shaklini oʻzgartirish. Bundan tashqari oliy taʼlimga kirishdagi har xil imtiyozlar sonini biroz boʻlsada qisqartirish kerak.
O‘zgarishlar haqida fikrim ijobiy.
A.Toshqulov g‘ayratli, bilimli va ishchan rahbar.
Ishni OTM larini xususiylashtirishdan boshlashi kerak.
Golden Boy
Oliy ta'lim tizimi va yangi tayinlangan raxbar atrofini bir almashtirish kerak
o'qishga kirishni osonlashtirish kerak kirgandan keyin 4 yilda bitirish shart emas Oliygohda korrupsiyani kamaytirish kerak tanish bilish (tanka)ni yòqotish kerak
Жуда иймон эътикодли инсон чунки фикрлари жуда тугри, бир брифингда айтган гапи жуда тугри гап, вазир булгандан сунг атрофидагилар таъсирида узгариб колмайди деган умиддаман,
Iloji boʻlsa, universitet darslarning leksiya qismi uchun ajratilgan vaqtini kamaytirish kerak, talabalar mustaqil oʻrganishi uchun sharoit yaratib bergan maʼqul
Lazizbek
Oliy talimda shafoflikni yanada kuchaytirish chora tadbirlarini hayotga tadbiq qilishi kk haqiqiy bilimli kadrlar yetishib chiqishi uchun bu jarayon judaham muhim deb hisoblayman
Ракобатни кучайтириш керак. 15% камров билан, сифатни ошириб булмайди, университет ва институтларни купайтириш керак ва олий таьлим муссассалар очилишни куллаб кувватлаш керак, солик имтиезлар, бинолар ва хоказо имтиезларни бериш керак
1. Sessiya va oraliq-yakuniylarni online qilish. Sababi qog'ozbozlik va karrupsizya o'z-o'zidan kamayib ketadi.
2. Imtiyozlarni umuman yo'q qilish va natijada ilmli insonlar o'z-o'zidan talaba bo'ladi.
3. Talabalar yotoqxonasini ko'paytirish natijasida talaba 50-60% oylik sarf qiladigan xarajatini ilm olish uchun tejab qolishi mumkin.
Xozircha shu taklifni amalga oshirsalar o'ylaymanki katta natijaga erishadilar.
Sobirjon
Янги вазирни шу пайтгача бир неча нутқлари ва интервьюларини кузатганман. Дунёқараши кенг, фикрлари теран ва асосийси сўзларидан эътиқодини мустаҳкамлиги ҳам сезилиб турарди. Шу сабабли тизимга янги ҳаво олиб киришига ишонаман. Лекин осон бўлмаслиги аниқ.
KARIMOV SAMANDAR
Men ham imtiyozlar haqida bo‘layotgan nohaqliklar to‘ri deb o‘ylayman imtiyozlar juda ham ko‘payib ketdi ota onasi harbiy militsiya bo‘lsa ham imtiyoz bizda emasku ayib ota onamiz biror lavozimda ishlamagan tibbiyotga militsiya va boshqa hodimlarni o‘g‘illari 70 bal bn ham bujetga kirdi men 160 bal bilan meditsinani kontarktiga ham ilina olmadim yana 2yili yana hozir tayyorlanishimga to‘ri kelmoqda dehqonni yoki qora ishchini o‘g‘li bo‘lsak bizda emasku ayib imtiyozlarni kamaytirish kerak abutturentlarni huquqini tenglash kerak
Yaxshi bo‘ldi. Talabalar yotoqxonalarini ko‘paytirish kerak. Universitetlarni alohida kampuslari bo‘lishi kerak.
Шаҳобиддин Муртозаев Бахриддинович
HAMROXO'JA MUHIDDINOV
Baho stavkalarini yôq qilish kerak. Hech bôlmasa arzonroq qilishdan boshlashi kerak ishni
haq gap qoģozbozlikni yòqotishdan
Abdullayev Jahongir
Yana shaxmatmi. TerDU rektori vazir bo‘pti, sobiq vazir O‘zMU ga rektor. Sobiq O‘zMU rektori esa TerDUga rektor. Dahshatuuu. Six ham kuymidi kabob ham
Bundan kattalari o'zgartira olmagan narsa. Manimcha yoshlar shunaqa o'rinlarni yaxshi bajaradi masalan sizni vazir qilish kerak Xushnudbek aka
Abdullayev Jahongir
Lekin yangi vazir menimcha eng munosib nomzod
Musobek
Fanlani kamaytirish kerak maksimal darajada
Абу Бакр
In Sho Alloh ta'lim tizimini karrupsiyadan ajratadi
Birinchi o'rinda ta'limga e‘tibor berib, poraxo‘r ustozlarni yo‘qotish kerak
Oliy talimga kirishda bolar bolmas imtiyozlarni olib tashlash kerak talim davomida sessiyalarda baxo uchun pul yigimlarini nazorat qilish kerak oliy talim jarayoni juda eski samarasiz
Iqro🌟Bismirobbik❗❗
Alloh bu kishiga ezgu ishlarida madadkor bulsin.
Ta'lim sifatiga e'tibor qaratish kerak.Albatta korrupsiya xam muhim urinda.Yangi kredit tizimlarni ishlash jarayonini nazorat qilish kerak.Kop joylarda ishlamayapti.Talabaning qiziqish xohish va istaklarini inobatga olinib uzi yoqtirgan uqituvchi va fan bilan shugullansin.Masalan men tilshunoslikda uqiyman.ingliz tilida.ikkinchi til sifatida nemis tili uqitiladi ammo men arab tiliga qiziqaman va shu fanda uzim xohlagan darajalarga yetishishimga ishonaman lekin nemis tilini uqigim kelmaydi.
Show next 100 comments