Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Yotoqxona masalasini tugirlasin
Kvota masalasini yuqotsin
Darsliklar
Xalq ta'lim tizimida xam keskin o'zgarishlar bolmasa axvol og'irlashadi.....
Ayrim raxbarlar 1 soat darsni xam pulga sotadigan bolib, ta'lim sifati degan narsani unutib yuborgan....
☪ ℳนธนใ๗ลท ﷽̲
Yotoqxonaga masalasini yaxshilansa yaxshi bo'lardi,sababi har bitta oila kvartra to'lashga sharoiti yetmaydi .Hozirgi kunda eng arzon kvartra 250 -300$ unda xam 4 bola tursa qancha 600mingdan ortiqcha so'mdan tushadi ,buni har bir oila to'la olmaydi .Ayniqsa har bitta oilada 1 inson ishlasa ,bilmadim bu gaplar qayergacha yetib boradi, Insofni o'zlariga bersin avval
Talablar chet elnikiday buganiday, talabalarga waroit ham chet elnikiday qilinsa yaxwi bulardi. Uniformadan voz keciw, kredit modulga utildimi demak tuliq o’tilsin, ya’ni o’quvchi qaysi o’qituvchi maruza seminarlarini o’z xoxiwi bo’yicha tanlasin. Fanni endi bowlagan talaba o’qituvcha yaxwi yomonligini qayerdan biladi deysizmi, uwaning uchun 4-5 tagaca probnoy darslar qo’yilsin. Ekzamen savollari talabalarni yiqitiw ucun emas, malum standart asosida, institutdan tayyor kadr ciqariwga asoslansa yaxwi bulardi. Bu fikrlarni birov o’qiydimi yo’qmi xudo biladi yana.
Biror narsa o'zgarishiga ishonchim komil emas, lavozimdagi kimdir o'zgargani bilan psrinsiplar o'zgarmaydi
таъниш билишчиликни йўқатаолмайдиларку хеч бўлмаса камайтирсинлар.
Azimova
Ligotalar kamaytirilsin ballni legotalilar ko'tarib yubormoqda, nega legotasi bor o'qiydi yu legotasi yoq bir ball yetmasa ham o'qishdan yiqiladi qo'shimcha qilishga esa mablag'i yo'q. Otasi vayenni bo'lsa legota bilan kiradi zulfiyani olsa legota bilan kiradi otasi yo onasi bo'lmasa legota bilan kiradi iltimos legotalarni kamaytirilar kvotalarni ko'paytirish kerak. Bizni yurtimizda oliy ta'limga kirish qiyin ammo o'qish oson, Chet davlatlarda kirish oson ammo o'qish tizimi juda qattiq shu sababli karrupsiya ko'payib ketmoqda shu sababli savodsiz ko'payib ketmoqda. Shu masalani ham ko'rib chiqishsa yaxshi bo'lardi.
Oqitish tizimi eskirib ketgan intensiv o'tishlari kere kanspek keremas faqat shuni sorashadiyeee
🔱𝓜𝓾𝓻𝓪𝓭𝓸𝓿𝓪 𝓖𝓾𝓵𝓲🔱
Энг аввало шароитни яхшилаш керак таъмир талаб институт ва университетларни ремонт қилиш керак
Hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Ko'rasizlar
Foydasi bulmasa kerak. Yana bir (va bir necha) oila uz byudjetini mustahkamlab oladi
Modul degan narsani qayoqdan olib keldi bilmadimku lekin ham online ham modulni bajarish qaysi professorni kallasiga keldi tushunmadim.Og'zaki yaxshiroq manimcha modulni faqat ma'lumot olish uchun ishlatsak yaxshi bo'lardi.Chunki adabiyotlar judayam eski yangilarini esa tarjimasi rasvo.Ortiqcha sarf harajatlarning hammasi kitobga emas uyni g'ishiyu moshina olishga ketib yotibdi.Rag'batlantirishga esa 2 ta pechat va 3000 so'mga bitta qog'oz olib tadbircha qilib yuborishmoqda 👏👏👏👏
Абдукодирака тугри фикирлайдиган халол инсон. Тизимда тарбияга эхтиеж катта, яхши янгиликлар булади худохоласа.
ARMY OF UZBEKISTAN
Eng avvalo oʻqituvchilar oyligini oshirish boʻyicha harakat qilishi kerak
Respublika buyicha OTMlar 6rtasida raqobatni kuchaytirish kk, ana 6shanda dunyo miqyosida raqobatbardosh OTMlarimiz paydo buladi, raqobad un esa muhitni yaxshilash kk, OTMlar erkin bulsin 6zlari istagan tartibda talim olib borishsin yakunda Respublika reytingida oldingi 6rinda tursa buldi degan qoida yaratish kk, bu ishlarni pirovardida OTMlar mdernlashadi, ustozlar yangicha uslubga 6tishga majbur bulishadi, talabalar esa 6z OTMlaridan faxrlanib shunga yarasha javob qilishadi, OTMni 1 kuridan tortib Rektorgacha 6z OTM isi uchun izlanadi , ishlaydi va bizning OTMlarimiz 6z 6zidan Bemalol Jahon Universitetlari reytingida 6z 6rnini topadi.
Amaliyotni koproq qilish kk o'qiwni tugatib ishga kirgandan kn faqat maruza eshitib seminar yozgan talaba ishda o'zini o'nglab olguncha uni sir asrorlarini o'rganguncha kop qiynaladi
Энг аввало меҳнат бозорига талаб этилаётган мутахассис ва кадрлар келиб чиқиб, Олий таълимда мутахассислик квоталарини кўриб чиқиш мақсадга мувофиқ. Мисол учун, Бандлик вазирлиги билан йиллик ёки маълум давр учун қанча юрист, қанча молиячи, қанча педагог талаб этилишини ўрганиш керек. Бизда йиллик қанча молиячига талаб, қанча қурувчи муҳандисга талаб на Бандлик вазирлиги на Олий таълимда ушбу масалалар бўйича саволга жавоб йўқ. Коррупцияга келсак, бу масала биздаги энг оғриқли иллат. Олий тълимда коррупцияни жиловлаш бўйича тизимда амалий ва кескин чоралар олиб борилишига умид қиламиз.
Toshqulov bizni rektor edi, u kishi juda bilimli kuchli va halol inson, o'ylaymanki yangi lavozimda juda koplab ta'lim sohasida yangi o'zgarishlar qiladi, omad tilayman hurmatli Abduqodir Toshqulov
Fayziyeva G
Талабалар учун ётокхтналарни купайтириш керак
Хакикий укийдиган,укишга кизикадиган,хозирда степендиясиз укиётган талабаларни степендия Билан таминлаш керак
Талабаларни хам чет элда укиб малака ошириб келишларини давлат уз зиммасига олиши керак,Давлатга ишлаб бериш шарти Билан
Талабаларни степендиясини микдорини купайтириш керак
Бундан кейин та'лим тизимида Катта ,,портлаш "килиш керак,вакт бизни кутмайди
2 ва ундан ортик фарзандлари контрактга укийдиган оилаларга имтиёз бериш керак,университетлар томонидан.. масалан котрактларини тулаб бериш ва улар ишга киргандан кейин тулаб бериш шарти билан
Мени хам икки фарзандим контрактга укийди Тошкенда,мен хам хозир жуда кийналиб укитяпман,Янги Вазиримиздан бизни умидларимиз катта,илохим
кадамлари баракали булсин,Халкни педагогларни олдида кадрлари баланд булсин!
Shohruh_2022_🤲🥇🎖🏆🏆🥇🏅☝️
Oliy ta'limda umuman sportga E'tibor yo'q sportchi yoshlarni hech kim qo'llamaydi oliy ta'limda faqat natija ko'rsatsagina esiga tushib qoladi hammani
Show next 100 comments