Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
$ M. T. BOBOBEKOVA
Assalomu alaykum. Talabalari stependiyasini qayta kórib chiqilishi istar edim. Kontraktda óqiyotgan talaba bemalol olaveradi stependiyasini, lekin byudjetdan óqiyotgan talaba 3ta yaxshi baho olsa, stependiya ololmaydi 6 oygacha, Nima u kontraktda óqigotgan talaba bilimsiz bólsa ham mayliyu, byudjetdan óqigotgan talabaga boshqa óqutuvchi bilim berayapdimi. Stependiya talabalari orasidagi bilim raqobati edi, hozirda esa ???
Musayeva F
Assalomu aleykum Universitetlarni shart sharoitini o'rganib chiqishlari kerak. Men o'qiydigan Universitetda xonalar sovuq shuni qizdirish yo'lini topsalar yaxshi bo'lar edi. Qizdirishga harakat qilishadi Lekin qizdira yo'lini topa olomayabdilar.
Inshaaloh aytgan gaplari faqat gapda emas amlda bo'lsa hammasi yaxshi bo'lar edi. Qo‘shimchasiga tashqi pedevodni yo'q qilishlarini so‘rab qolardim. Yoki saralashni kuchaytirish kerak va tibbiyot institutlariga perevodni umaman yo'q qilish kerak.
Ислом динини танитса карупсия хам давлатни мулкига куз олайтириш уғирликлар булмайди исломни чуқур ургатиш керак
Munavvar Xayitbayeva
Ассалому алейкум ният киламиз умид киламиз узгартириш киритади деб аввало квота оширилади кувонамиз аммо хеч кайси ОТМда йотокхона сони купаймаяпти икки фарзандим талаба иккисиям контрактга укийди углим Жиззах политехника институти 2 курс талабаси хозирги кунда турар жойи йук кварт плата шароитига караб 150 мингдан 250 долларгача маошни котрактга етказайликми квартира туловигами йотокхона ковид касаллар учун йопилган хозиргача йопик ким бош котиради бу масалага
Oliy talim sifatini eski usullar bilan rivojlantirib bo'lmaydi. Innovatsion rivojlanishga ko'proq e'tibor qaratib, mablag' bilan ta'minlash kerak.
Gulzoda Jurayeva
Assalomu alaykum. Men judayam xoxlardim ta'limga Xadis ilmini kiritilishini.Shunda korrupsiyani ham òqituvchi òquvchilarni ham yòlga solish osonlashardi.Bizga shu ma'navoy bòshliqni tòldirish juda zarur.Men buni amalga oshishini juda ham xoxlayman va Ollohdan sòrab qolaman.
Феруза Мирзалимова
Яна бир таклифим шуки,олий таьлим профессор укитувчиларининг укитиш махоратини аниклашда талабалар иштирокини таьминлаш ва улар берган бахога кура домлаларга муносиб иш хаки тулаш тартиби йулга куйилса,адолатли булади.Афсуски,хозирда амалда булган 60,30 фоизли устама хак тулаш ректорат хамда деканатга алокадор ходимларга бериш оркали адолатсизлик булмокда.
Osiyo Usmonova
Akademik litsey o'qituvchilarining ham ish faoliyati munosib taqdirlansa edi,
Алижон ваГулмира
Юкорида университетни иситиш хакида ёзилибди.мактаблар совукку бошлангич синфлар болаларга рахмиз келади .мактабга келган кумирлар копланиб йуколади кетади ........
Chimirov.M,Husniya Chimirova
Assalomu aleykum oliy ta'limda amaliyot va nazariyani birga olib borishga ruxsat berishsa juda yaxshi ish bo‘lar edi O‘zbekistonda rivojlanib kelayotgan psixalogiya sohasi da bu uslubni qo‘llash juda zarur .Shunda psixalogiya ham tez rivojlangan bo‘lar edi
ASSALOMU ALAYKUM. ENG AVVALO OLIY TA'LIM VAZIRIMIZ YURTIMIZDAGI ISHLAYOTGAN BARCHA ÒRTA MAXSUS PEDAGOGLARNI INSTITUTDA ÒQISHI UCHUN QULAY SHART SHAROIT YARATIB BERISH KERAK. TÒG'RI SIRTQI QABUL BOR AMMO YANA MAXSUS SIRTQI QAYTADAN YANA OCHILSA NUR USTIGA A'LO NUR BÒLAR EDI. SHUNINGDEK ÒRTA MAXSUS XODIMLAR UCHUN ALOHIDA TEST SINOVI YOKI SUHBAT ORQALI QABUL QILINSA JUDA YAXSHI BÒLARDI. CHUNKI HOZIRGI VAQTDA 11 SINF ÒQUVCHISI HAM 15 YILLIK STAJGA EGA ÒRTA MAXSUS ÒQITUVCHI HAM BIR XIL TEST SAVOLLARI ISHLASHYAPTI VA BU ALBATTA ADOLATSIZLIK DEB ÒYLAYMAN
Ra'no Taxtaxodjayeva
Shaffoflik, odiona xalqparvar yurtboshimizday ishlasalar xalq ishonchini oqlaydilar xudo xolasa baraka topadilar.Doim yaxshiliklar ezgu ishlar kutamiz omad charchamang.Biz ishonamiz.
JAVOXIR YO‘LDASHEV
Katta o'zgarishlarni eng kichik pog'onadan boshlash kerak. Masalan bog'cha, maktab kabi.
Biz oldin oliy ta'limdagi ozgarishlarni emas boshlang'ich talimga e'tibor qaratishimiz kerak aslida bola boshidan deyishadku mashoyiqlar chirigan oliy ta'limda ozgarish qilgan bilan natija bo'lmasa o'zgartirishdan ne foyda hamma o'zgarishni bog'cha maktabda boshlash kerak aslida bu meni shaxsiy fikrim
Ra'no Taxtaxodjayeva
Bolali talabalarga 1 yoki 2 bolasi bor talabalarga qulaylik yaratilsa sharoitlari o'rganilsa ,onlayn yoki zoomda ham o'qisa bo'lyaptiku shu muammolarga ham e'tibor berilsa .
👍👍👍👍👍
Qosimjon Safarov
Assalomu alaykum. Avvalo oliy ta'lim o'qituvchilarini saralash kerak. Oliy ta'limda umrbod ishlaydiganlar ko'p bizda. Oliy ta'limda ishlash niyatida bo'lganlar bilishi majburiy bo'lgan mezonlar joriy qilishi kerak. Mezonlar albatta mutaxassisligidan bo'lishi kerak. Nomzodlar shu mezon asosida shaffof konkurs asosida saralab olinishi kerak. Oliy ta'limda ishlash muddati belgilanishi kerak. Masalan 5 yil. Keyin yana qayta saralash. Saralashda yangi nomzodlar ham qatnashishi kerak. Oliy ta'limda o'zlashtirishi past talabalarni grantmi, kontraktmi, baravar kontraktmi jazolanishi va o'qishdan chetlashtirilishini kuchaytirish kerak. Chunki jazoning yo'qligi eng yomon narsa. Albatta jazo hammaga baravar bo'lish kerak.
Bilamiz barbir bizani gap bir tiyinga ham olinmaydi. Shunga nima qo'llaridan kelsa shuni qilaversinlar. O'zlaridan bilib bilib)
Show next 100 comments