✅ Агар овозли чатда Сизнинг ўқишни кўчиришга оид масалангиз бўйича гапирилмаган бўлса, унда ушбу хабар тагига фақат саволингизни ўзини тушунарли қилиб ёзиб қолдиринг. Биз кўриб чиқишга ҳаракат қиламиз.
Лекин аввал албатта суҳбатни эшитиб кўринг.
👉 @xushnudbek 👈
Xullas,men QDUda filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili yo'nalishida 2-kurs talabasiman.Doimiy yashash joyim Samarqand viloyati.Otam II guruh nogironi bo'lganligi uchun oilada faqat onam ishlaydi.Bir oy avval onam Toshkent shahriga xususiy korxonaga ishga kirdilar,men ham o'qishimni Toshkent shahar o'zbek tili va adabiyoti universitetiga ko'chirishim kerak.Savolim shundan iboratki,o'qishni ko'chirish nizomidagi 3ta uzrli sababga onamni o'z ish joyini Toshkent shahriga ko'chirganligi kiradimi ya'ni ota-onasi davlat idorasiga ishini ko'chirgan bo'lishi shart emasmi?
Javob uchun oldindan minaddorman!
Javob uchuh oldindan rahmat😊
men fransuz tili yo'nalishidan yurispridensiya yo'nalishiga o'qishimni ko'chirmoqchi edim . Shunga nechinchi kursligimizni ahamiyati bormi? 3 kursdan Mana shu yurispridensiya yo'nalishiga o'qishimni ko'chira olsam keyin shu yo'nalishda 2 kurs qilib ko'chirishadimi? Mos va turdosh bo'lmagani uchun shunday bo'lsa kerag-a ? Umuman olganda mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chiruvchilar super kontrakt orqali o'qishini ko'chira olar ekan. Shu sababli taxminan mana shu fransuz tili yo'nalishidan yurispridensiya yo'nalishiga o'qishimni ko'chira olsam taxminan qancha super kontrakt to'lashimiz kerak bo'ladi va bu kontrakt to'lovini qancha muddatda berishimiz talab qilinadi? Shular haqida ozroq tushuncha bera olasizmi ? Javobingiz uchun va albatta vaqt ajratganingiz uchun oldindan katta rahmat! Javobingizni kutaman !