✅ Агар овозли чатда Сизнинг ўқишни кўчиришга оид масалангиз бўйича гапирилмаган бўлса, унда ушбу хабар тагига фақат саволингизни ўзини тушунарли қилиб ёзиб қолдиринг. Биз кўриб чиқишга ҳаракат қиламиз.
Лекин аввал албатта суҳбатни эшитиб кўринг.
👉 @xushnudbek 👈
1- savolim.Nahotki, barcha masalaga platformada oydinlik kiritish, ochiqlikning iloji yo'q? Hammasi oddiy, platformada ariza topshirguncha javob topsa bo'ladigan savollar bilan ham xalq juda qiynalyapti, chunki ochiqlik kam. Yaxshiyam, Xushnudbek Xudoyberdiyev deb qidirsa tegishli kanal chiqib keladii. Shunda ham , shu ovozli chatlar va ular ostidagi izohli bog'lanish orqaligina xalq savoliga javob olyapti.Mutasaddilarning o'zi shu savollarga o'rin qoldirmaydigan tizimni qachon yaratib, ishga tushirishadi yoki aqalli, ko'rsatib qo'ygan aloqa vositalarida chaqiriqqa javob berishadi?
2.¹ -asosiy savolim: Maqsadimiz, yo'nalishni emas, ta'lim shaklini o'zgartirish. Bunga uzrli sabab ham, to'lov ham kerakmas ekan. Bildik. Rahmat.Muammo shundaki, aynan o'qiyotgan yo'nalishimizda institutda sirtqi ta'lim yo'g'-u, ochilish ehtimoli bor, ikkinchi mutaxassislikka. Ulgurmasligimiz mumkin. Chunki 5- avgustdan keyin hujjat qabul qilinadi. Ungacha, bizning ariza topshirish muhlatimiz o'tib ketadi.
Shunga: rektoratga o'z yo'nalishimiz bo'yicha ochilayotgan sirtqi bo'limga o'tkazish uchun oldindan ariza tashlab qo'yishimizga imkon bormi?
2.²- qo'shimcha savol. Agar bunga imkon bo'lmasa, qanday yengillik bor? Yaqin viloyatdagi sirtqi bo'limga o'tkazish uchun o'z institutimizda sirtqi yo'qligi sabab bo'ladimi? Boshqa uzrli sabab va to'lov so'ralmaydimi?
3.Ta'lim shaklini o'zgartirishda ( hech bo'lmaganda kunduzgidan sirtqiga ko'chirishda) shu kabi muammolarni inobatga olib, yoki hududdagi, yoki ta'lim yo'nalishidagi cheklovni olib tashlash, yo bo'lmasa, talabga qarab, sirtqi bo'lim ochilishini ko'chiruvchilar manfaatini ham himoya qilgan holda ertaroqqa , yo ariza topshirishni mos holda keyinroqqa surishni maslahat berishingizni iltimos qilib so'rardik.
Balki, ba'zi hollarda aslida imkoniyat biz so'raganimizdekdir, ya'ni o'z yo'nalishimizda ta'lim shaklini o'tkazishda, hududimizda sirtqi yo'q holda, viloyatdan viloyatga o'tkazish uchun muammo yo'qdir. Lekin, bu kabi savollarga aniq javob beradigan boshqa ochiq manba yo'q. Iltimos, hamma savollarimizga mutasaddilardan javob olib bersangiz. Oldindan rahmat.
Sirtqiga o'tkazuvchilarning hammasida o'ziga xos uzrli sabablar bor va har birida shunga big'liq bir inson taqdiri, bir oila kelajagi bor. Ishonamizki, sirtqiga o'tkazish masalasiga chuqurroq yondoshiv, mufassal javob berasizlar.
Узбекистон нодавлат институтидан давлат институтига кучиришда (2 курсни битирб 3 курсга, турдош йоналишга) агарда, транскрипт олинган вактда, 3 семестрда битта фандан йикилиш болса, аммо хозирги вактда у карздорлик йопилган холатда, керакли бални йигиб, истутга кочира олсам, 2 курсни кайта окиб чикишим шарт эмасми? Ва Узбекистон нодавлат институтдан Узбекситон интитутига кочирилганда канака сабаблар узрли деб хисобланади? Жавоб учун олдиндан рахмат!
📌 @hasanovablog
Savolim shunaqa: man hozir 2 kursga òtdim va sirtqi "zaochni" qmoxchi edim , lekin mani yònlishimda sirtqi yòq ekan , endi man ozimmi turdosh yònalishimda sirtqisi boriga perevod qilib , òsha yònalishshi sirtqisiga bepul òtish imkonim bormi ? 58 mln. Sòm tòlagani sharoitmiz yòq
Javob uchun oldindan rahma
Savolim: Yoshim 24 da. 1- kursni bitirdim.Onamning yolg'iz farzandiman.
Sirtqiga o'tkazmoqchiman.
Bu juda zarur. Sirtqida o'qib, soham bo'yicha ishlab, ham tajriba orttirsam, ham shartnomani to'lashda onamga yordam bersam degandim. Qolaversa, oila qurishim , ro'zg'or boshqarishim uchun ham ishlashim kerak.
Lekin, mening yo'nalishimda o'qiyotgan institutimda ( Qashqadaryoda) sirtqi yo'q. Turdosh yoki noturdoshga esa superkontrakt to'lay olmayman. Surxondaryo, Navoiy, Toshkentda bor. Shu holatda, yaqin hududni , masalan, Surxondaryoni tanlay olamanmi, bunda boshqa uzrli sabab, to'lov so'rashmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.